II. Asosiy bosqich
(55 daqiqa).
|
2.1. “O’ylang-juftliklarga bo’lining-fikrlar bilan almashing” texnikasini (1-ilova) qo’llab talabalarni faollashtiradi: Ijtimoiy tarixning ijtimoiy jarayonda tutgan o`rni qanday?
2.2. Berilgan javoblarni qabul qiladi va uyga berilgan topshiriqni eslatadi: ma’ruza matnini Insert texnikasini qo’llash bilan mustaqil o’qib kelish. Talabalarga o’qish davomida matn hoshiyasida qo’yilgan belgilardan foydalanib savollarga javob berishlarini taklif etadi: “Matnni o’qish davomida sizlarda qanday savollar paydo bo’ldi”, “Ushbu o’quv mashg’uloti mavzusi bo’yicha siz avvaldan nimalarni bilasiz?”, “Siz yana nimalarni bilishni istardingiz?”. Tezkor-so’rov o’tkazadi. Va bunda bir necha javoblarni eshitadi va ish kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.
2.3. Talabalarni ixtiyoriy belgi bo’yicha kichik guruhlarga bo’ladi va topshiriq beradi:
(1) B/BX/B (shaklni ekranga chiqaradi) jadvalini ikki ustunini matnda bayon etilgan axborotdan yoki (ma’ruza rejasiga muvofiq) lavhadan foydalanib to’ldirish (2-ilova); (2) ish natijalari taqdimotiga tayyorlanish (baholash mezon va ko’rsatkichlari ekranga chiqariladi) (3-ilova).
2.4. Guruhlarda ishlash qoidasini eslatadi (4-ilova.)
2.5. Guruhlarda ish boshlashga ruxsat beradi.
2.6. Kuzatadi, yo’naltiradi, nazorat qiladi.
2.7. Taqdimot boshlanishini ma’lum qiladi.
2.8. Ma’ruza rejasiga muvofiq mavzuning umumlashtiruvchi sharhini o’tkazadi,taqdimot vaqtida hal etilmagan savollarga javob beradi, talabalar diqqatini asosiylarga qaratadi (5-ilova). Javdalni uchinchi ustunini to’ldirishlarini aytadi.
|
Savollarga javob beradilar.
Diqqat qiladilar.
Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Kichik guruhlarda taqdimot materialini tayyorlaydilar. Fikr almashadilar.
Guruh sardorlari A32 varag’ida to’ldirilgan jadvalni yozuv taxtasiga biriktiradilar va uni sharhlaydilar
Tinglaydilar
Jadvalni to’ldiradilar.
|