1. О’qituvchi nutq madaniyati” kursining maqsad va vazifalari
Umumiy va xususiy me’yorlar
Download 79.96 Kb.
|
Нутқ маданияти фани
11. Umumiy va xususiy me’yorlar
Tilshunoslar o'zbek tili doirasidagi me’yorlarni ikkiga bo'lib o'rganishni tavsiya qiladi: 1. Tilning umumme'yori yoki umumiy me'yor. Umumiy me’yor ma’lum tilning barcha ko'rinishlarida qo'llanayotgan me'yorlar yig'indisidan iborat 2. Tilning xususiy me'yorlari yoki xususiy me’yor. Xususiy me’yor — umumiy me’yorning nutq ko'rinishlari shakllaridagi, til shakllaridagi aniq ko'rinishidir. O'zbek tilining quyidagi xususiy me’yorlari haqida to'xtatamiz: 1. O'zbek adabiy tili me’yori. 2. O'zbek lahja va shevalar me’yori (dialektal me’yor). 3. O'zbek so'zlashuv nutqi me’yori. O'zbek tilining ijtimoiy tarmoqlari, ya’ni ijtimoiy dialektlar, "ijtimoiy argolar" me'yori (jargonlar, professional nutq ko'rinishlari argoning boshqa ko'rinishlariga xos me’yorlar). "Til me'yori, — deb ta’kidlaydi A.Skvorsev, — fan tomonidan ishlab chiqilmaydi, ular obyektiv ravishda mavjud bo'ladi. Lug'atlarda, grammatikalarda, umuman, til haqidagi fanda me’yorlashgunga qadar paydo bo'ladi." Xullas, normativlik adabiy tilning yashash shartlaridan biridir. Adabiy tilda mavjud bo'lgan barcha hodisalar me’yorga buysunishi kerak. Ana shu qonun-qoidalarning buzilishi, unga amal qilmaslik tilda me’yorning buzilishi, unga amal qilmaslik deb baholanadi. O'zbek tilining aniq me’yorlari quyidagicha tasnif qilinadi: 1) leksik-semantik me'yorlar — leksikl (so'z qo'llash] me’yorlari; 2) talaffuz (orfoepik) me'yorlar; 3) aksentologik (so'z va formalarda urg'uning to'g'riligi) me'yorlari; 4) fonetik me’yorlar; 5) so'z yasalishi me'yorlari; 6) grammatik (morfologik va sintaktik) me'yorlar; 7) imloviy me'yorlar; 8) yozuv (grafika) me'yorlari; 9) punktuatsion me'yorlar; 10) uslubiy me'yorlar. Me’yor deganda til unsurlarining xalq o'rtasida ko'pchilikka ma’qul bo'lgan variantini qo'llash tushuniladi. Me’yor til taraqqiyoti bilan bog’liq bo'lgan turg'unlik kasb etuvchi uzoq muddat yashovchi hodisa. Biroq bu o'zgarmas hodisa ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Qiyoslang: jumhuriyat//respublika; nohiya//rayon//tuman; kulliyot//fakultet; dorilfunun//institut; internatsional//baynalminal; partiya//firqa; muxtoriyat//avtonomiya yoki domla so'zining diniy va dunyoviy ma’nolari va b. Odatda, me’yorni faqat adabiy tilga nisbat berib tushuniladi. "Me’yor hodisasi, — deydi V.A.Itskovich, — tilning barcha yashash shakllari uchun xosdir. Dialektizmlar, sheva unsurlari, jargo va argolar, kasb-hunarga oid ko'pgina so'zlar xalqning hammasiga tushunarli bo'lmasa ham, o'sha sheva va lahjalarda so'zlashuvchi kishilar yoki ma’lum ijtimoiy guruh uchun tushunarlidir." Masalan, do'ppini Samarqandda qalpoq, Xorazmda takyo, Buxorada kalapo'sh, Farg'ona va Toshkentda do'ppi deyish — me’yor. V.A.Itskovich yozadi: Me’yor bu — so’zning ma'lum paytda, ma'lum jamoada obyekti bo'lgan ma’nosi, uning fonetik tuzilishidir, so'z yasash va so'z o’zgartirish qoliplari hamda ularning real ko’rinishlari, sintaktik birikmalar, so'z birikmalari, gaplaming real ko'rinishlaridir”. S.I.OIegov fikricha, me'yor bu — ijtimoiy jarayonda va birga mavjud bo'lgan, bor bo'lgan, yangi paydo bo'lgan yoki o'tmishning kam o’rganilgan til unsurlarini (lug'aviy, talaffuz, morfologik, sintaktik kabi) tanlashning natijasi sifatida shakllangan, jamiyatga xizmat qiladigan foydali (to'g'ri, ma’qul) til vositalari yig’indisidir, keng ma'noda, bu unsurlarni baholashdir. Download 79.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling