1. О’qituvchi nutq madaniyati” kursining maqsad va vazifalari
Download 79.96 Kb.
|
Нутқ маданияти фани
27. Nutqning ta’sirchanligi,
Har qanday nutqning asosiy maqsadlaridan biri tinglovchi yoki o’quvchi ongiga tahsir etishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirishda esa nutqning muayyan bir sifati emas, balki barcha kommunikativ sifatlari u yoki bu darajada ishtirok etadi. Zotan, to’g’ri yoki aniq bo’lmagan, boy yoki mantiqiy bo’lmagan, sof yoki jo’yali bo’lmagan nutqning tahsirchanligi haqida gapirib bo’lmaidi. Lekin ayni paytda nutqning tahsirchanligini tahminlashda ifodalilik sifatining alohida, hatto hal qiluvchi o’rin tutishini tahkidlamok joiz. Nutq tinglovchi yoki o’quvchining ko’ruk qo’logini emas, balki kalb ko’rgonini, aql kalhasini zabt etmogi uchun, eng avvalo, uning tarkibi va ko’rilishi dikkatni tortadigan, kizgin kizikish uygotadigan bo’lishi lozim. Bu esa ayni ifodalilik sifatining moxiyatini tayin etadigan xususiyatdir. Boshqacha qilib aytganda, ifodalilik nutqning tarkibiy tuzilishi va boshqa lisoniy xususiyatlariga ko’ra tinglovchi yoki o’quvchi dikkatini o’ziga jalb qila olishdan iborat kommunikativ sifatidir. Nutqning turli uslublari bu kommunikativ sifatga turli darajada extiyoj sezadi. Masalan, rasmiy ish kogozlarida ifodalilikka nisbatan kamrok ehtibor qilinsa, ilmiy uslubda o’rni bilan bir kadar bu sifat kerak bo’ladi. Ayniqsa, ijtimoiy —gumanitar fanlar muammolari yoritilar ekan, nutqning ifodaliligi ayricha ahamiyat kasb etadi. Til nazariyasi va poetika masalalari bo’yicha fundamental tadkikotlar yaratgan mashxur rus, keyinchalik amerika filologi R.O.Yakobson poetika va uslubshunoslikdan uzoq tilshunos ham, lingvistika muammolariga lokayd karaydigan adabiyotshunos ham o’zini chamonaviy olim deyishga haqli emas deb hisoblagan. Uning ijodini o’rgangan olimlar "uning nazariy va metodologik konsepsiyasidagi ichki ziddiyatlar qisman shuning uchun hamisha ham tadkikotchilar ehtiborini tortmagan bo’lishi mumkin"ligini ta’kidlaydilar. Tabiiyki, tashvikot harakteridagi mahro’za yoki dars jarayonidagi bayon nutqida ham ifodalilik alohida zaruriyatga aylanadi. O’qituvchi dars mavzusini tushuntirar ekan, o’z nutqining ifodaliligiga ehtibor bermasa, ifodalilikni ta’minlaydigan vositalardan foydalanmasa, nutqi ko’ruk, shirasiz, jozibasiz bo’ladi va natijada bunday nutq o’quvchi dikkatini torta olmaydi. Mavzu asli sabab o’quvchida tayinli kizikish uygonmaydi, dars tinglovchi uchun zerikarli bir yumushga aylanadi. O’z —o’zidan o’quvchi bunday darsning tezroq tugashini kutadi, undan qutulish umidi bilan vaqt o’tkazadi. Ifodalilik, ayniqsa, chinakam badiiy nutqning benihoya zaruriy sifatlaridandir. Zotan, tahkidlab utilganidek, aynan badiiy nutqda tilning estetik vazifasi birinchi planga chiqadi, butun qo’lami bilan namoyon bo’ladi. Bu vazifaning amalga oshishida esa aynan nutqning ifodalilik sifati favqo’lodda muhim o’rin tutadi. Tilda ifodalilikni yuzaga keltirishga xizmat qiladigan imkoniyatlar juda ham ko’p va xilma —xil. Bunday imkoniyat hech bir istisnosiz tilning barcha satxlarida mavjud. Tilning tovush ko’rilishi, so’z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari, intonasiya, uslub kabilarning har biri nutq ifodaliligining bitmas — tutanmas manbalaridir. Nutq tuzuvchi bu manbalarning moxiyati, tabiati va ularni unumli ishga solish usullaridan yetarli xabardor bo’lsa, nutqning ifodalilik sifatini tahminlashga qiynalmaydi. Alohida estetik maqsad bilan qo’llangan bir tovush, butin, y’rg’y kabi fonetik birliklar nutqda ifodalilikka xizmat qiladigan vositalarga aylanadi. Masalan, qo’rqnayman jumlasi va uning Qo’rq-may-man] tarzida bo’ginlab aytilgan varianti o’rtasida ifodalilik jihatidan ancha - muncha farq bor, albatta, butinlangan jumla sezilarli darajada ifodali, demakki, tahsirli. Yoki adabiyotshunoslikda alliterasiya, assonans deb yuritiladigan unli va undoshlar takrori natijasida nutqda yuzaga keladigan ifodalilikni eslaylik. So’z ustasi E.Voxidovning ushbu turtligidagi k undoshining takroridan tugilgan ifodalilik, dilbar bir oxangdorlik ham dikkatga, ham xayratga molik: K,aro qoshing, quyuq qoshing, qiyiq qayrilma qoshing, qiz, hilib qatlimga qasd, qilich qayrar qotil qaroshing, qiz. Qafasda qalb qushin qiynab, qanot qokmoqa quymaysen, harab quygil qiyokim, qalbni qizdirsin quyoshing, qiz. Tilning so’z xazinasi nutriy ifodalilikning o’ziga xos asosiy manbalaridan biridir. Download 79.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling