1. О’qituvchi nutq madaniyati” kursining maqsad va vazifalari
Download 79.96 Kb.
|
Нутқ маданияти фани
25. Nutqning aniqligi,
Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifоdalash qоbiliyati bilan, nutq prеdmеtining ma’nоsi bilan, nutqda ishlatayotgan so`z ma’nоlarini bilish bilan bоg`liq bo`ladi. Agar nоtiq o`zi fikr yuritmоqchi bo`lgan nutq prеdmеtini yaхshi bilsa, unga mоs so`zlar tanlasa va o`zi tanlagan so`zlarning ma’nоlariga mоs vazifalar Yuklasa nutq anio`lishi tayin. Aniqlik ikki хil bo`ladi: narsaning aniqligi va tushuncha aniqligi. Mantiqiylik nutqning tinglovchi tomonidan to’g’ri va tulik anglanishi uchun zaruriy bo’lgan sifatlardan biridir. Mantiqiylikdan maxrum bo’lgan biron — bir nutq kishilar urtasidagi tayinli aloqani tahminlai olmaydi. Nutqning mantiqiyligini to’g’rilik va aniqlik sifatlaridan ajralgan holda ham tasavvur etib bo’lmaidi, chunki to’g’ri va aniq bo’lmagan nutq hech kachon mantiqiy bo’lishi mumkin emas. Zotan, to’g’ri va aniq bo’lmagan nutqdan mantiqiylikni izlab topib bo’lmaidi. Adabiy til me’yorlariga zid tarzda tuzilgan va tegishli birliklar noo’rin tanlangan nutqka mantiq begona bo’lishi tabiiy. Fikr tarkibi va ko’rilishining to’g’ri ifodalanishi nutq mantiqiyligining asosi deyish mumkin. Nutqda til vositalarining mantiq va to’g’ri tafakkur konuniyatlariga moe tarzda mazmuniy birikishi nutq mantiqiyligini baholashning bosh ulchovi hisoblanadi. Ana shunga ko’ra mantiqiylik sifatini nutqda so’zlar va gaplar urtasidagi semantiq aloqalarning fikrning mantiqiy moxiyati hamda uning rivojlanib borishiga kathiy mosligi tarzida tahriflash maqsadga muvofikdir. Aytish mumkinki, nutqning mantiqiyligi struktura nuktai nazaridan ko’prok tilning sintaktik satxi bilan bog’likdir. Boshqacha qilib aytganda, nutq tuzuvchi nutqning mantiqiyligiga erishishi uchun til birliklarining sintagmatik (qo’shilish) imkoniyatlarini yaxshi bilishi lozim. Lekin buning o’zigina yetarli emas. So’zlovchi (yozuvchi), eng avvalo, bayon etmokchi bo’lgan fikrini, bildirmokchi bo’lgan xabarini va u bilan bog’liq tafsilotlarni, ayni paytda mantiq konuniyatlarini yetarli darajada tasavvur etmas ekan, u mantiqli nutq tuza olmaydi. Bu o’rinda nutq tuzuvchining tafakkur qobiliyati juda —juda muhimdir. Ko’rinadiki, nutqning mantiqiy bo’lishi uchun ham lisoniy, ham g’ayrilisoniy omil ishtirok etadi. Nutq madaniyati tushunchlarini ifodalovchi so’zlarga terminologik ma’no yuklashga alohida ehtibor karatgan B.N.Golovin narsa mantiqiyligi va tushuncha mantiqiyligini farklash maqsadga muvofikligini tahkidlaydi. Uning ko’rsatishicha, narsa mantiqiyligi nuqdagi til birliklari mazmuniy aloqalari va munosabatlarining real borlikdagi narsa — hodisalar aloqalari va munosabatlari bilan mutanosibligidir. Tushuncha mantiqiyligi esa mantiliy fikr tarkibi va uning mantiqiy rivojining nutqdagi til unsurlarining semantiq aloqalarida to’g’ri aks etishidir. Mantiqiylikning bu ikki ko’rinishi bir —biri bilan bog’liq va konkret nutqda ular birlikda namoyon bo’ladi, lekin ertak, badiiy fantastika, majoziy asarlar kabi alohida nutq ko’rinishlarida narsa mantiqiyligidan ataylab voz kechilishi mumkin.Masalan, ertaklarda hayvonlar, turli buyumlar, o’simlik va shunga o’xshashlarning odamlarday gapirishi,kulishi, o’ylashi va boshqa harakatlarida narsa mantiqiyligi ataylab buzilgan bo’ladi, ammo tushuncha mantiqiyligi saqlanadi. Mavjud an’anaga ko’ra bunday holatlardagi nutqda mantiqiylik buzilgan deb qaralmaydi, mazmun to’g’ri anglashilaveradi. Mantiqiylik nutqning maqsad nishoniga bexato yetishini, bu nishonni ortikcha o’rinishlarsiz zabt etishini tahmin etadigan sifatlardandir. Mantiqiy nutq fikr tarkibini to’g’ri va aniq aks ettirishi bilan tahsirchanlik kasb etadi, ayni paytda u tinglovchi idrokini zo’riktirmaydi. Har qanday mantiqiy fikr kanchalik murakkab bo’lmasin, nutq tuzuvchining mahoratli kumagi bilan o’ziga loyiq va yarashikli, demakki, mantiqiy libosini kiya bilsa, tinglovchi shuuri uni osonlik bilan o’z bagriga oladi.Badiiy nutqda mantiqiylikka qo’yiladigan talablar tamoman o’ziga xosdir. Albatta, bu badiiy adabiyotning obrazli tafakkur maxsuli ekanligi bilan aloqadorligini har kim biladi. Download 79.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling