1. О’qituvchi nutq madaniyati” kursining maqsad va vazifalari


Download 79.96 Kb.
bet25/26
Sana18.06.2023
Hajmi79.96 Kb.
#1575146
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Нутқ маданияти фани

26. Nutqning tоzaligi,
Har qanday narsaga baho berilganda, avvalo, uning asilligi, boshqa keraksiz unsurlardan xoliligi, o’z mohiyatiga muvofiq toza tarkibga egaligi kabi me’yorlardan kelib chiqiladi. Soflik sifati nutqni ana shunday baholash me’yorlaridan hisoblanadi. Aytish lozimki, nutqning bu kommunikativ sifati nutq bilan adabiy til va nutq bilan jamiyat munosabatida namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra nutqning sofligini nutqning adabiy til me’yorlariga va jamiyatdagi mahnaviy — axlok qoidalariga yot bo’lgan unsurlardan xoliligi bilan belgilanuvchi kommunikativ sifat tarzida tahriflash mumkin. Aytish joizki, kishi nutqining sofligi uning mahnaviy — mahrifiy, lisoniy — madaniy saviyasini namoyon etadigan ko’rsatkichlardan biridir. Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiylari sifatida quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish maqsadga muvofik: 1) shevaga xos so’z, ibora, grammatik shaqllar, urg’u va talaffuz; 2) o’rinsiz qo’llangan chet so’z va so’z birikmalari (varvarizmlar); 3) jargon va argolar; 4) dagal, haqorat so’z va iboralar (vulgarizmlar); 5) "ishlamaydigan" yoki parazit so’zlar; 6) idoraviy so’z va iboralar (kanselyarizmlar) va sh.k. Nutq tuzuvchi o’z nutqining sofligi haqida qayg’urar ekan, albatta, mazkur unsurlarni qo’llashdan tiyilishi lozim.Ma’lumki, shevaga xos so’zlar adabiy tilning leksik me’yorlaridan tashkarida, shuning uchun ham uning nutqda ishlatilishi soflik sifatining bo’zilishiga olib keladi. Bu esa hatto nutqning to’g’ri tushunilishiga ham halakit beradi.
O’zbek adabiy tilida esa bu so’zning muqobili halimdir. Dialektizmlarning ekspressivligi ma’lum darajada ularning qo’llanish o’rni, ya’ni asarning kaysi qismida, personaj nutqidami, muallif nutqidami, manzara tasviridami va x.k. qo’llanishi bilan ham bog’lik. Masalan, badiiy asarning nomida qo’llangan dialektizm alohida va yorqin ekspressivlikka ega bo’ladi. Ularning ma’nosi bir so’z doirasidan chiqib, o’zida ramziy bir umumlashmani paydo qiladi. Ulkan so’z ustasi A.Qahhor qissalaridan birini "Sinchalak" deb atagan. Ma’lumki, sinchalak Fargona shevasiga xos so’z bo’lib, uning adabiy tildagi mukobili chittak so’zidir. Andijon shevasida uning jiqarcha tarzidagi muqbili ham bor (Jinqarchaday qamma vakt va har kayda ko’rinib qoladigan bu "asl mingboshi"ga salom bermokdan bellaringiz toladi. Cho’lpon, "Kecha va kunduz" romani). Ammo bu uch so’z semantik —uslubiy jihatdan bir-biri bilan aynan teng emas, ular muayyan ma’no nozikliklari va shunga ko’ra ekspressivligi bilan farqlidir. Sinchalak so’zining ma’no strukturasida bu so’z ifodalagan qo’shning noziklik, pimjonlik belgisi asosiy o’rinda turadi. Nutqning sofligiga soya solishi mumkin bo’lgan yana bir so’zlar guro’hi jargon va argolardir. Bunday so’z va iboralar, yahni muayyan kichiq ijtimoiy katlam (savdogarlar, o’grilar, qimorbozlar kabi) va kasbiy doyra vaqillari orasidagina tushunarli bo’lgan, sunhiy yoki shartli tarzda yaratilgan birliklar o’zbek tilida u kadar ko’p emas. Masalan, ba’zii ana shunday ijtimoiy guruhlar orasida yakan, loy ("pul" ma’nosida) kabi so’zlar qo’llanadi. Yoki ba’zian bolalar o’yin uchun guyo boshqalar tupgunmaydigan "til" yaratadilar, bunda so’zning har buginidan oldin yoki keyin zi, ra, ba, sa kabi tovushlarni qo’shib aytadilar Umumtilda dagal, hakorat so’z va iboralar z>am mavjud. Ammo tilshunoslikda vulg’garizmlar nomi bilan yuritildaigan bunday so’z va iboralar jamiyatda barkarorlashgan mahnaviy — axloqiy qoidalarga zid bo’lgani uchun ularni nutqka kiritish nutqning sofligini tamoman izdan chiqarishi bilan bir qatorda jamiyat ahzolarining hamiyatiga ham dahl qiladi. Nutqda vulg’gar so’zlarni ishlatish nutq tuzuvchining tarbiyalanganlik darajasining tubanligini ko’rsatadi, zotan, tarbiyalanganlikning mozsiyati shaxsning jamiyatdagi mavjud ijtimoiy -iqtisodiy, madaniy - siyosiy va mahnaviy — axlokiy tartibotlarga so’zsiz va muntazam hurmat bilan karashi va demakki, qat’iy amal qilishidan iboratdir. Ming yillik milliy anhalarimizda ham, ma’naviy – ma’rifiy tarbiya davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylangan bugungi kunimizda ham sukinib gapirish insonga behurmatlik, nopisandlik, hatto bezorilik sifatida baholanadi. Aytish lozimki, fakat badiiy nutq ba’zian bunday so’zlarga o’z tarkibidan joy ajaratadi. So’z sanhatkorlari badiiy asarlarda, albatta, muayyan me’yorga amal qilgan xolla qahramon harakteri, ichki dunyosi, hissiy holati kabi jihatlarni kabarik, aniq, ochiq ifodalash maqsadida vulg’gar so’z va iboralardan ham foydalanadilar

Download 79.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling