1. О’qituvchi nutq madaniyati” kursining maqsad va vazifalari
Nutqning kommunikativ (aloqaviy) sifatlari
Download 79.96 Kb.
|
Нутқ маданияти фани
22. Nutqning kommunikativ (aloqaviy) sifatlari.
23. Nutqning kommunikativ sifatlari, хususiyatlari, Nutqning kommunikativ sifatlari, хususiyatlari: 1. Nutqning to`g`riligi. Nutqning to’g’riligi nutq madaniyati haqidagi tahlimotning markaziy masalasidir. Madaniy nutqning boshqa barcha kommunikativ sifatlari ayni shu to’g’rilik mavjud bo’lgandagina yuzaga kela oladi. Zotan, tufi bo’lmagan nutqning aniq yoki mantiqiyligi, ifodaliligi yoki boyligi haqida gapirish mumkin emas. Aytish joizki, nutqning to’g’riligi boshqa barcha kommunikativ sifatlarning poydevori vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham nutqning to’g’riligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi bo’lib, maktab ona tili tahlimining asosiy maqsadi qam o’quvchilarda aynan to’g’ri nutq tuzish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga karatilgan. To’g’rilik sifati nutq tarkibi va ko’rilishining amaldagi adabiy til me’yorlariga tula mosligi asosida yuzaga keladi. Adabiy til me’yorlariga amal qilinmasdan tuzilgan nutq to’g’ri nutq bo’la olmaydi. O’zbek adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyoti juda qadim zamonlarga borib taqaladi.Bizning ming yillik umumxalq tilimiz bor, adabiy tilimiz ana shu umumxalq tilimiz bag’rida rivoj topgan 2. Nutqning aniqligi. Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifоdalash qоbiliyati bilan, nutq prеdmеtining ma’nоsi bilan, nutqda ishlatayotgan so`z ma’nоlarini bilish bilan bоg`liq bo`ladi. Agar nоtiq o`zi fikr yuritmоqchi bo`lgan nutq prеdmеtini yaхshi bilsa, unga mоs so`zlar tanlasa va o`zi tanlagan so`zlarning ma’nоlariga mоs vazifalar Yuklasa nutq anio`lishi tayin. Aniqlik ikki хil bo`ladi: narsaning aniqligi va tushuncha aniqligi. Mantiqiylik nutqning tinglovchi tomonidan to’g’ri va tulik anglanishi uchun zaruriy bo’lgan sifatlardan biridir. Mantiqiylikdan maxrum bo’lgan biron — bir nutq kishilar urtasidagi tayinli aloqani tahminlai olmaydi. Nutqning mantiqiyligini to’g’rilik va aniqlik sifatlaridan ajralgan holda ham tasavvur etib bo’lmaidi, chunki to’g’ri va aniq bo’lmagan nutq hech kachon mantiqiy bo’lishi mumkin emas. Zotan, to’g’ri va aniq bo’lmagan nutqdan mantiqiylikni izlab topib bo’lmaidi. 3. Nutqning tоzaligi. Har qanday narsaga baho berilganda, avvalo, uning asilligi, boshqa keraksiz unsurlardan xoliligi, o’z mohiyatiga muvofiq toza tarkibga egaligi kabi me’yorlardan kelib chiqiladi. Soflik sifati nutqni ana shunday baholash me’yorlaridan hisoblanadi. Aytish lozimki, nutqning bu kommunikativ sifati nutq bilan adabiy til va nutq bilan jamiyat munosabatida namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra nutqning sofligini nutqning adabiy til me’yorlariga va jamiyatdagi mahnaviy — axlok qoidalariga yot bo’lgan unsurlardan xoliligi bilan belgilanuvchi kommunikativ sifat tarzida tahriflash mumkin. Aytish joizki, kishi nutqining sofligi uning mahnaviy — mahrifiy, lisoniy — madaniy saviyasini namoyon etadigan ko’rsatkichlardan biridir. 4. Nutqning ta’sirchanligi. Har qanday nutqning asosiy maqsadlaridan biri tinglovchi yoki o’quvchi ongiga tahsir etishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirishda esa nutqning muayyan bir sifati emas, balki barcha kommunikativ sifatlari u yoki bu darajada ishtirok etadi. Zotan, to’g’ri yoki aniq bo’lmagan, boy yoki mantiqiy bo’lmagan, sof yoki jo’yali bo’lmagan nutqning tahsirchanligi haqida gapirib bo’lmaidi. Lekin ayni paytda nutqning tahsirchanligini tahminlashda ifodalilik sifatining alohida, hatto hal qiluvchi o’rin tutishini tahkidlamok joiz. Nutq tinglovchi yoki o’quvchining ko’ruk qo’logini emas, balki kalb ko’rgonini, aql kalhasini zabt etmogi uchun, eng avvalo, uning tarkibi va ko’rilishi dikkatni tortadigan, kizgin kizikish uygotadigan bo’lishi lozim. Bu esa ayni ifodalilik sifatining moxiyatini tayin etadigan xususiyatdir. Boshqacha qilib aytganda, ifodalilik nutqning tarkibiy tuzilishi va boshqa lisoniy xususiyatlariga ko’ra tinglovchi yoki o’quvchi dikkatini o’ziga jalb qila olishdan iborat kommunikativ sifatidir. Download 79.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling