1. О’qituvchi nutq madaniyati” kursining maqsad va vazifalari


Download 79.96 Kb.
bet23/26
Sana18.06.2023
Hajmi79.96 Kb.
#1575146
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Нутқ маданияти фани

24. Nutqning to`g`riligi,
Nutqning to’g’riligi nutq madaniyati haqidagi tahlimotning markaziy masalasidir. Madaniy nutqning boshqa barcha kommunikativ sifatlari ayni shu to’g’rilik mavjud bo’lgandagina yuzaga kela oladi. Zotan, tufi bo’lmagan nutqning aniq yoki mantiqiyligi, ifodaliligi yoki boyligi haqida gapirish mumkin emas. Aytish joizki, nutqning to’g’riligi boshqa barcha kommunikativ sifatlarning poydevori vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham nutqning to’g’riligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi bo’lib, maktab ona tili tahlimining asosiy maqsadi qam o’quvchilarda aynan to’g’ri nutq tuzish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga karatilgan.
To’g’rilik sifati nutq tarkibi va ko’rilishining amaldagi adabiy til me’yorlariga tula mosligi asosida yuzaga keladi. Adabiy til me’yorlariga amal qilinmasdan tuzilgan nutq to’g’ri nutq bo’la olmaydi.
O’zbek adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyoti juda qadim zamonlarga borib taqaladi.Bizning ming yillik umumxalq tilimiz bor, adabiy tilimiz ana shu umumxalq tilimiz bag’rida rivoj topgan.
Tabiiyki, umumxalq tili -tabiiy va tarixiy tarakkiyot jarayonlari ichidagi, ammo “andavalanmagan", "randalanmagan" til. U o’z go’zalligini qanday bo’lsa, shundayligicha asrlar osha asragan, ataylab pardozlanmagan, me’yor degan qat’iy qoidalar zanjiridan ozod, muayyan hududga mansub goh behad nozik, gohida mundayroq o’ziga xosliklarni, ya’ni shu til doirasidagi barcha shevalarni ham qamragan tildir. Adabiy til esa ana shu xalq tilining, ta’bir joiz bo’lsa, tarbiyali, ko’rkli va komil yagona "farzandi"dir. O’zbek adabiy tili o’zbek xalq tili zaminida tarkib topgan, u xalq tilining tegishli konuniyatlar asosida me’yorlashtirilgan, sayqallangan, oro berilgan shaklidir. O’zbek adabiy tilining shakllanish asosi ham, boyish va oziqlanish manbasi ham ayni shu xalq tilidir. Bugungi o’zbek adabiy tilimizning boyligi va favqo’lodda ifoda imkonlariga egaligi aslida xalq tilining rasoligi va ravonligi bilan izohlanadi.
Adabiy tilning tirik tirgagi adabiy me’yorlardir, chunki ularsiz adabiy til tushunchasi mohiyatini yo’qotadi. Bu me’yorlar kishilar nutqiy axloqining boshqaruvchisi, sozlovchisi sifatida xizmat qiladi. Ayni me’yorlar bu tildan foydalanuvchilarning barchasi uchun majburiy bo’lganligidan so’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi axborot almashuv jarayonida til belgilarining to’g’ri, adekvat, bir xil anglanishini tahminlaydi (albatta, bunda boshqa «vositalar ham ishtirok etadi). Shunday ekan, adabiy til me’yorlari masalasi nutq madaniyati haqidagi ta`limotda alohida ahamiyatga molikdir. Madaniy nutq malakasini puxta egallamok, muayyan nutqning to’g’rilik sifatini xolis baholay bilmok uchun adabii me’yorlarning mazkur tiplari, ularning asosiy qoidalari va bu qoidalarning bo’zilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nutqiy xatolarni yetarli darajada tasavvur qilmok maqsadga muvofikdir. Ayniqsa, adabii til me’yorlarining kuchsiz tiplari, agar yetarli darajada egallanmagan bo’lsa, nutqda bo’zilishga moyil bo’ladi. O’zbek tili dunyodagi qadimiy va rivojlangan tillardan biri sifatida benihoya boy leksik xazinaga ega. Bu xazinadagi so’zlarning ba’zilari eng qadimgi davrlardan beri yashab kelayotgan bo’lsa, ba’ziilari nisbatan keyinroq paydo bo’lgan, yana ayrimlarining ma’nosi miqdori ortgan, boshqalarida esa bu miqdor kamaygan. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotida yuz bergan tarixiy o’zgarishlar tilning eng avvalo lutat boyligida o’z aksini topadi.
Nutqning grammatik jihatdan to’g’riligi nutq madaniyatida ayricha o’rin tutadi. To’g’rilik degan kommunikativ sifat uchun grammatik to’g’rilik asoslarning asosidir. Grammatik to’g’rilik esa nutqda grammatik me’yorlarga qat’iy amal qilish orqali namoyon bo’ladi.
O’zbek adabiy tilining grammatikasi, yahni morfologiya va sintaksisi tilshunoslikda nazariy jihatdan anchayin batafsil tadkik etilgan, tilning morfologik va sintaktik qurilishiga xos qonuniyatlar umumlashtirilgan, deyarli barcha holatlar qoidalashtirilgan. Ular tilshunosligimizdagi ko’plab ilmiy tadqiqotlar, normativ grammatikalar, o’zbek tili bo’yicha o’rta va oliy maktablar uchun yaratilgan darsliklar, o’quv qo’llanmalarida o’z aksini topgan. Ana shu asosda o’zbek tilida so’z shakllari, qo’shimchalarning qo’llanishi, so’zlarning qo’shilishi, so’z birikmalari va ran tuzilishi bilan bog’liq qoidalarning jami grammatik me’yorlar sifatida e`tirof etilgan.



Download 79.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling