191-guruh (sirtqi) Rustamova yulduzning hozirgi adabiy tildan mustaqil ta`lim ishi


Download 15.43 Kb.
bet1/6
Sana29.03.2023
Hajmi15.43 Kb.
#1305741
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
191-guruh (sirtqi) Rustamova yulduzning hozirgi adabiy tildan mu-fayllar.org


191-guruh (sirtqi) Rustamova yulduzning hozirgi adabiy tildan mustaqil ta`lim ishi

191-guruh (sirtqi) Rustamova yulduzning hozirgi adabiy tildan mustaqil ta`lim ishi

Nutqda so’z birikmasi qoliplarining kengayishi .So’z birikmasi qoliplarining nutqiy kengayishi.



LSQ


nutqiy hosila


Umumilik


Alohidalik


Mohiyat


Hodisa


Imkoniyat


Voqelik


Sabab


Oqibat

Lisoniy sintaktik birlik esa so‘z birikmasi va gap hosil qilish qolipidir. Lisoniy sathga tegishli bo‘lganligi uchun ularni lisoniy sintaktik qolip (qisqacha LSQ) deb ataymiz.


LSQ g‘isht qolipiga o‘xshaydi. Inson ongida ham so‘zlash, nutqni shakllantirish maqsadida leksemalarni so‘z birikmasi shakliga keltirish, gap hosil qilish qolipi mavjud. Ular LSQ, model, konstruksiya, qurilma deb nomlansa-da, aslida bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, kitobni o‘qimoq kabi cheksiz birikmani chiqaradigan ot tushum kelishigi + fe’l - so‘z birikmasi qolipi qanday nomlanmasin, uning mohiyatiga ta’sir qilmaydi.
Ma’lum bo‘ladiki, LSQ jamiyat a’zolari ongida yashaydi va moddiy qiyofaga ega emas. Uni sezgi a’zosi asosida bilib bo‘lmaydi. Qolipdan chiqqan nutqiy hosilani esa aytish, eshitish, yozish va o‘qish mumkin ekan, bu ularning moddiylikka egaligini ko‘rsatadi. O‘zbek tilida so‘zlashuvchi kishi nutq jarayonida so‘z birikmasi tuzishga ehtiyoj sezar ekan, bunda LSQning yuqorida aytilgan ma’lum bir turidan foydalanishga majbur. Ularning LSQni o‘zgartirishiga, yangi-yangi LSQ tuzishiga tilimiz qonuniyati yo‘l qo‘ymaydi. Biroq nutqiy so‘z birikmasi yaratishda so‘zlovchi erkin. Qolip va nutqiy hosila o‘zida dialektikaning bir-biriga nisbatlanuvchi kategoriyalari munosabatini aks ettiradi. Buni jadvalda quyidagicha aks ettirish mumkin (27-jadval):
LSQning shakliy tomoni umumiylik xususiyatiga ega. Chunki u nutqda voqelangan cheksiz birikmalar umumiy shaklining sintezi. Xususiy shakl sifatida nutqiy so‘z birikmalari namoyon bo‘ladi. Demak, xususiy shakl deganda moddiy shaklda – so‘z va qo‘shimcha vositasida ifodalangan, o‘qilishi, yozilishi, aytilishi, eshitilishi mumkin bo‘lgan shakl tushuniladi.
LSQning mazmuniy tomoni. LSQning o‘ng tomoni - uning mazmuniy jihati. Yuqorida keltirilgan [Ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi = qaratuvchi-qaralmish qurilishli so‘z birikmasi] qolipining o‘ng, ya’ni mazmuniy qismini «lisoniy tobe qaratuvchi va hokim qaralmish orasidagi rang-barang ma`noviy munosabatlarni ifodalovchi so‘z biriklamasi» yoki «lisoniy tobe qaratuvchi va hokim qaralmish orasidagi rang-barang ma`noviy munosabatlarniifodalovchi atov birligii» tashkil etadi. «Rang-barang munosabat» deganda har bir nutqiy so‘z birikmasidan anglashiladigan turli ma’no va munosabat tushuniladi. Masalan: mening kitobim – «qarashlilik» stolning oyog‘i – «butun-qism» e’tiborsizlik oqibati – «sabab-oqibat» yashashning zavqi – «holat va uning natijasi».
LSQni ajratishning ahamiyati. Tabiatda sof narsa uchramaydi. Har bir modda turli-tuman narsalarning qorishmasidir. Biroq sofmoddani ajratib olish maqsadida uzoq vaqtlar davomida tadqiqotlar olib borilgan. Shu tariqa tozalangan atom ximiya fanidagi buyuk «topilma» bo‘ldi. Bu D.Mendeleyev davriy jadvalida o‘z aksini topdi. Til hodisalarini ham «tozalangan» holda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Tozalangan atomlardan tabiatda uchramaydigan, lekin zarur bo‘lgan turli-tumansun’iy moddalar hosil qilinganidek, «tozalangan» LSQ ham boshqa «tozalangan» fonetik, leksik, morfologik hodisalar kabi, bugungi kunda tilni «mashinalashtirish», ya’ni kompyuter orqali matn tarjima qilish, tuzatish, tekshirish kabi zamonaviy «yumush»larda muhim qimmat kasb etadi.


Download 15.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling