Dramatik asarlarda gap bo’laklarining qo’llanishi
Gap bo‘laklari [Pm] ma’nosi bilan uzviy bog‘liq. Shu boisdan gap bo‘laklarini ko‘rib o‘tish uchun bevosita gapning «jon»ini, markazini shakllantiruvchi vosita – kesimlik kategoriyasining tarkibi, ma’nolari va ifodalanish usullariga qisqacha sharh berishi zarur. Zero, gap kengaytiruvchilari tushunchasi, ularni belgilash, shu asosda gapning struktur zaruriy va ixtiyoriy tarkibiy qismlarini ajratish gapning «yuragi», gapning gap ekanligini ta’minlovchi kesimlik kategoriyasi va uning ko‘rsatkichi, ifodalanish xususiyati bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli, gapning gapligini, ya’ni bir nisbiy tugal fikrni boshqalarga yetkazish, ular tomonidan to‘g‘ri anglanishining eng muhim omili bu nutq bosqichida nutq sharoiti, lisoniy bosqichda esa kesimlik kategoriyasidir.
Uyushgan gaplar bo’yicha interaktiv mashqllar
Uyushgan gaplarning qolipi
S1 S2
| |
(W1 Q W2)
tarzida berilishi shart va zarur. Lekin har gal bu qolipdan foydalanish uchun imkoniyatimiz yo‘q. Shuning uchun ham [{(S1-W1),(S2-W2) } Q Pm] qolipini
S1 S2
| |
(W1 Q W2)
tarzida tushunish kerakligini ta’kiddashni lozim topdik. Masalan, Ukasi rasm chizar edi; singlisi televizor ko‘rar edi misoli ikki ega (ukasi, singlisi), ikki kesim (chizar edi, ko‘rar edi)dan iborat. Kesim tarkibidagi ko‘rsatkichlardan biri – edi to‘liqsiz fe’li ikki marta qo‘llangan. Mana shu kesimlik ko‘rsatkichini bemalol “qavsdan tashqari”ga chiqarish mumkin:
Demak, bu gapning to‘liq qolipi [{(S1, – T1-W1),(S2-T2–W2)}Pm]dir. Bunda ko‘proq uyushgan gaplarning eng kichik qolipi bilan ish ko‘riladi, ya’ni zarurat bo‘lmasa, to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchilar tushirib qoldiriladi: [{(S1 - W1), (S2 -W2)}Pm]. Gapda bir xil so’roqqa javob bo’lib,bie xil sintaktik vazifani bajarib ,teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi bilan bog’langan ran bo’laklari
Bunday bo’laklar gapda birdan ortiq holda qator kelishi mumkin
Va bu gaplar uyushiq bolakli gaplar hisoblanadi
Misol uchun Toboro ko’tarilayotgan quyosh o’rik,olma,shaftoli va giloslarning shoxlarida o’zining ertalabki yog’dusini sepmoda
Do'stlaringiz bilan baham: |