1-Mavzu: Harf elementlarini bilan tanishtirish


Download 269.25 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi269.25 Kb.
#1549142
  1   2
Bog'liq
2-Mavzu Ona tili o`qitish metodikasi

Jizzax davlat pedagogika universiteti

709 guruh talabasi Ro‘ziqulova Ma‘muraning

Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan bajargan

Amaliy topshirig‘i


Mavzu: Husnixat darslarini tashkil etish metodikasi
Boshlang ich sinflarda husnixat darslarini ham ilg'or pedgogik texnologiyalar asosida tashkil qilish davr talabi. Husnixat darslarining umumiy ko rinishini keltiramiz 1. O'quvchilami yozuvjarayoniga tayorlash. 2. Yozilishi o rganilgan harflami yozishni takrorlash va mustahkamlash. 3. Yozilishi o rgatiladigan harflar, so zlar va gaplar yozish yuzasidan og'zaki suhbat. 4. Yozishni mashq qilish. 5. Darsda o rganilganlarni umumlashtirish. 6. O'quvchilami rag'batlantirish. 7. Uyga vazifa berish.
Mavzu: Kichik “q” harfmi yozishga o’rgatish Maqsad: O’quvchilami kichik “q” harfini to’g’ri va chiroyli yozishga o’rgatish Darsning jihozlari: “Yozish vaqtida to’g’ri o‘tir” nomli plakat kichik “q” harfining yozilish qoidalri ko’rsatilgan jadvallar, unga doir rasm Darsning rejasi: 1. Darsning tashkiliy qismi. 2. Chiroyli yozuv qoidalarihaqida suhbat. 3. Panja va barmoq muskullarining harakatini o’stiruvchi mashqlar. 4. Kichik “q” harfining elementlarini doskagayozib ko’rsatish. 5. Kichik “q” harfining yozma va bosma shakllarini taqqoslab ko’rsatish. 6. Harflaming shaklini daftarga yozdirish. 7. Badantarbiya mashqlarini o’tkazish. 8. Kichik “q” harfini qo’l harakatini uzmasdan bog’lab yozishga o’rgatish. 9. Kichik “q” harfining boshqa harflar bilan bog’lanishini mashq qilish. 10. Uyga vazifa berish. 11. Yaxshi yozgan o’quvchiIarning ishlarini ko’rsatish va rag’batlantirish.
Darsning borishi. 1. O’qituvchi o’quvchilaming tayyorgarligini har bir o’quvchining oldida daftar, avtoruchka borligini tekshirib yozuv daftarlarini ham ko’rib chiqadi. 2. Sinfda osib qo’yilgan “Yozish vaqtida to’g’ri o’tir” nomli plakatdan foydalanib, o’quvchilaming o’tirishini tekshirib chiqish, parta ustidagi qiya chiziqlariga daftarning holatini to’g’rilab oldi. 3. O’quvchilarga barmoqlarining harakatlarini o’stiruvchi mashqlar bajariladi. Bunday mashqlarni partada o’tirgan holda bajartirish mumkin. Qo’llarimizni oldinga uzatib, barmoqlarimizni ochamiz, ikki deganda barmoqlarimizni ochamiz, yana yopamiz. (bu mashq 5-6 marta takrorlanadi. 4. O’quvchilarga quyidagi topishmoqlar aytilib javobini topish so’raladi. O’zi bitta qulog’i to’rtta. (qozon) Barmog’i bor-u tirnog’i yo’q. (qo’lqop) Doskaga topishmoqlar javobi yozilgan ko’rgazma qo’yilib, quyidagicha suhbat qilinadi. -Bolalar doskadagi so’zlarni diqqat bilan kuzatting. Aytingchi, bu so’zlardagi o’xshashlik nimada? Bu so’zlarda q tovushi ishtirok etgan so’zdan q tovushining o’rni aniqlanadi. Qozon- Q tovushi so’z boshida kelgan. Qopqop- Q tovushi so’z boshida, so’z o’rtasida kelgan.
5. Bugun kichik “q” harfini yozishni mashq qilamiz. O’qituvchi doskada kichik k‘q” harfi kattalashtirilib yoziladi yana shunga doir plakatdan foydalanib uning elementlarini va qanday yozishni tushuntirib beradi. Shundan so’ng “q” harfmi doskada yozib ko’rsatadi. O’quvchilar esa uning yozilishini diqqat bilan kuzatadilar. 0 ’qituvchi doskada harf elementlarini tushuntirib, uni toMiq yozishni ham eslatib o’tadi. 6. O’qituvchi yozma va bosma “q” harfini bir-biri bilan solishtirib ko’rsatadi. O’quvchilarga kichik “q” harfining yozma va bosma shakllarining bunday taqqoslab ko’rsatilishining ahamiyati katta chunki ko’p o’quvchilar harflarni kitobdagigao’xshab yozishga harakat qiladi. Ko’rgazmali quroldan foydalanib o’quvchilarga uni yozma va bosma shakllarini, elementlarini ko’rsatib tushuntiriladi. q -bosma shakli q-yozma shakli
7. O’qituvchi kichik “q” harfining birinchi elementini yana qayta doskada www.ziyouz.com kutubxonasi ko’rsatib beradi. Bu harfni yozishda pastdan yuqoriga qiya chiziqcha chizilafi, yuqoridan pastga kichik tayoqcha tushuriladi va qo’l harakatini uzmasdan turib yana tagi ilmoqli ikkinchi kichik tayoqcha tushiriladi
8. O’quvchilami o’midan turg’azib oldin o’rganilgan batan tarbiya mashqlaridan 2-3 tasini bajartiriladi. Bu mashqlar 2-3 daqiqa davom etishi kerak. Mashq tugagandan so’ng yana yozuv mashqlari davom ettiriladi.
9. O’qituvchi doskada kichik “q” harfining elementlarga ajratmay butun shakldayozib ko’rsatadi. O’quvchilar shu asosda davom ettiradilar.
10. Bolalarga kichik “q” harfining bir necha kichik harflari bog’lanishi ko’rsatiladi, so’ng ular o’z daftarlariga yozib mashq qiladilar.
11. Mustaqil ish. Sinf o’quvchilari ikki guruhga ajratiladi. I guruh yuqoridagi bo’g’inlar ishtirokida so’zIar aytadilar. Masalan: qish, qor, qaychi, qishloq.
II guruhdagi o’quvchilar esa shu so’zlar ishtirokida gaplar tuzadilar. Masalan: oppoq qor yog’di. Tuzilgan gaplardan ikkitasi doskaga va daftarga yozdiriladi.
12. Uyga vazifa. Daftarga ikki qator “q” harfini va shu harf bilan bog’langan so’zIardan yozib kelish. O’qituvchi uy vazifalarini bajarish vaqtida ham yozuv qoidalariga rioya qilishlari kerakligini eslatib o’tadi.
13. Dars jarayonida toza va chiroyli yozgan o’quvchilami daftarlari namuna qilib ko’rsatilib rag’batlantiriladi. Husnixat mashg’ulotlarini to’g’ri uyushtirish, chiroyli va to’g’ri yozish malakasini hosil qilish, o’quv fanlarini puxta o’zlashtirishga yordam beradi.

Download 269.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling