1-Mavzu: Harf elementlarini bilan tanishtirish


- sinf husnixat darsi namunasi Fan:Ona tili


Download 269.25 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi269.25 Kb.
#1549142
1   2
Bog'liq
2-Mavzu Ona tili o`qitish metodikasi

3- sinf husnixat darsi namunasi Fan:Ona tili Mavzu: So’z tarkibi Maqsad: a) O’quvchilarga o’zak va o’zakdosh so’zlar haqida ma’lumot berish; b) O’quvchilarni toza va chiroyli yozish malakasini rivojlantirish d) O’quvchilarni nutqini o’stirish. Dars tipi: aralashgan Dars uslubi: tushuntirish, hikoya. Dars jihozi: mavzuga oid ko’rgazma!ar.
Darsning borishi I tashkiliy qism. II Husnixat daqiqasi. Maqsad:katta va kichik g harfini va ular ishtirokidagi so’zlami husnixat asosida yozish. Kichik va katta g harfini yozish tushuntiriladi. a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash. Hozir sizlarni rasmga qarab kimni va nimalarni ko’ryapsizlar? Mana shu so’zlarni bosh harfi G dan boshlanar ekan. Bugungi darsimizda husnixatdan Gg harfini o’tamiz. G G G G G g g g g g Gul, gulchi, guldor, gulzor, gulla. Guldonda gullar bor.
III O’tilgan mavzuni so’rash baholash. 1. Gap deb nimaga aytiladi? 2. Gaplar maqsadiga ko’ra necha turga bo’linadi? Darak gap deb nimaga aytiladi? So’roq gap deb nimaga aytiladi? 1 35-mashqni tekshirib baholab chiqdim. IV O’tilgan mavzuni mustahkamlash yakunlash. 1. Darak, So’roq, undov gaplarga 2 tadan misollar keltiringlar. 2. Bosh bo’lak va ikkinchi darajali gaplarga misollar keltiring. 3. Ikkinchi darajali bo’lak gapda nima uchun kerak.
V Yangi mavzu bayoni. Bolajonlar bugun mavzumiz o’zak va o’zakdosh so’zlar. Tilimizda minglab so’zlar bor. Shular orasida ma’no jihatdan bir-biri bilan yaqinlik sezilib turadi. Masalan: Husnixatdan yozgan gul, gulchi, guldor, gulzor, gulla so’zlariga e’tibor bersak ular uchun bosh, gul qismlari umumiy ekanligini ko’ramiz. 137-mashqni bajaringlar. Juftlab berilgan so’zIar nimasi bilan bir-biri bilan o’xshaydi? Ularni yozing, umumiy qism o’zak deb nomlanadi. O’zaklari bir xil bo’lgan so’zlar o’zakdosh so’zlar deyiladi. 138-mashqni matnlardagi o’zakdosh so’zlarni toping. Ularni yonma-yon yozing. O’zakni odatdagidek belgilang.
VI Yangi mavzu mustahkamlash va baholash. 1. O’zak deb nimaga aytiladi? 2. Misollar keltiring? O’quvchilami mashqlarini tekshirib baholaniladi. Hozir sizlar bilan yangi o’yin o’ynaymiz. VII Yakunlash. Uyga vazifa. O’zak va o’zakdosh so’zlarga misollar topib kelinglar. 5 tadan. Uyga vazifa 139-140-mashqlar.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 269.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling