1. О’qituvchi nutq madaniyati” kursining maqsad va vazifalari
Nutq va nutq madaniyati tushunchasi
Download 79.96 Kb.
|
Нутқ маданияти фани
2. Nutq va nutq madaniyati tushunchasi.
Nutq madaniyati - tilning tuganmas boyligini egallashdir. Nutq madaniyatini egallash orqali kishi yetuklik sari bir qadam tashlagan bo’ladi. Insoniyat umummadaniyatining kata tarkibiy qismini nutq madaniyati tashkil etadi. Nutq madaniyati atamasi adabiyotlarda asosan ikki xil ma’noda ishlatiladi: birinchidan, nutq madaniyati de-yilganda, nutqning fazilatlari (sifatlari) yig’indisi, bu fazilatlarning tizimi tushuniladi; ikkinchidan, nutq madaniyati atamasi namunaviy nutq sirlarini egallash haqidagi ta’limotni anglatadi. O’qituvchi nutqi madaniyati - amaliy jihatdan o’qituvchi nutqining xilma – xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan. Pedagogika institutlarida tilshunoslikning nazariy kurslaridan olingan bilimlarga suyangan holda to’g’ri va chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til, til me’yorlari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo’lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning ko’rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi. O’qituvchi nutqi madaniyati fan sifatida o’z tekshirish obyekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutqning kommunikativ (aloqaviy) fazilatlaridir. Bu fazilatlar har qanday nutqda bir xil darajada bo’lmaydi. SHuning uchun turli kishining nutqi tinglovchi tomonidan turlicha qabul qilinadi. Hatto bir kishining turli mavzuda so’zlagan nutqi ham har xil bo’lishi mumkin. Ma’lumki, har qanday fan ham u yoki bu tomonlari bilan boshqa fanlar bilan bog’langan bo’ladi, unda ko’tarilgan masalalar, muammolar boshqa fanlar tomonidan ham o’rganiladi, ba’zan ularning ham tekshirish ob’ekti bo’ladi. Ba’zan esa ma’lum bir muammoni hal qilishga boshqa - boshqa fanlar o’z xususiyatlaridan kelib yondoshadi va uni ana shu xususiyatlardan kelib chiqib hal qiladi. Jumladan, uslubiyat ham tilshunoslikning, ham adabiyotshunoslikning tekshirish ob’ekti bo’la oladi. Faqat tilshunoslik nuqtai - nazaridan boshqa yo’sinda, adabiyotshunoslik nuqtai - nazaridan boshqa yo’sinda tekshiriladi. Uslubiyatga har ikki fan o’z xususiyatlaridan kelib chiqib yondashadi, ikki xil munosabatda bo’ladi. O’qituvchi nutq madaniyati fan sohasi sifatida shakllangan ekan, u albatta, boshqa fanlar bilan munosabatda bo’ladi. Nutq madaniyati ta’limotining lingvistik va nolingvistik fanlar o’rtasida tutgan o’rnini belgilashda uning boshqa fanlarga qay darajada aloqasi borligini, poetika, uslubiyat, me’yoriy grammatika kabi ta’limotlar bilan aloqasini ular orasidagi umumiy tomonlar va tafovutlarni aniqlash katta ahamiyatga egadir. Rus tilshunosi B.N.Golovinning fikricha: «...bu soha tilshunoslikning barcha bo’limlariga, shuningdek ruhshunoslik, mantiqshunoslik, estetika, sotsiologiya, pedagogika fanlariga tayanib ish ko’radi. Nutq madaniyati, ayniqsa stilistika bilan yaqin munosabatdadur. Ba’zi mutaxassislar nutq madaniyatini uslubiyatga singdirib yubormoqchi bo’lishadi. Holbuki, uslubiyatning o’z predmeti va o’ziga xos vazifalari bor». Ko’rinadiki, o’qituvchi nutq madaniyati alohida soha sifatida shakllangan va o’quv rejalariga alohida fan sifatida kiritilgan bo’lishiga qaramay, bu soha ayniqsa tilshunoslik fani bilan juda mustahkam aloqadadir. Nutqning aloqaviy sifatlari ichida nutqning to’g’riligi eng asosiy belgilardan hisoblanadi. Namunaviy nutq birinchi navbatda to’g’ri tuzilgan nutq bo’lishi kerak. Nutq to’g’riligi esa adabiy til me’yorlariga to’la amal qilishga asoslanadi. Demak, nutq madaniyatida asosiy narsa nutq to’g’riligi bo’lsa, bu esa adabiy til me’yorlariga amal qilish orqali yuzaga keladigan bo’lsa, o’z – o’zidan har bir xalq nutqiy madaniyatining, u haqidagi ta’limotning asosini shu xalq tilining me’yoriy grammatikasi, shu xalq tili sistemasi tashkil etadi. Nutq madaniyati sohasi til hodisalariga boshqa tomondan yondashadi: Grammatik hodisalar, grammatik kategoriyalar, til qurilishi kabi masalalar bilan shug’ullanmaydi. Nutq madaniyati grammatik hodisalarga, til dalillariga asosan shu til adabiy me’yorlariga mos kelish –kelmasligi nuqtai – nazaridan yondashadi. Qanday holatda me’yorga qat’iy amal qilish juda zarur bo’lib, qanday holatlarda undan chekining mumkinligi, unga yo’l qo’-yilishi mumkinligi nuqtai - nazaridan baholaydi. Download 79.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling