1. О’qituvchi nutq madaniyati” kursining maqsad va vazifalari
Download 79.96 Kb.
|
Нутқ маданияти фани
1. О’qituvchi nutq madaniyati” kursining maqsad va vazifalari. O’zbek nutqi madaniyati va uslubiyati masalalarini tadqiq qilish o’zbek tilshunosligi oldida turgan eng dolzarb muammolardan biridir. Chunki notiqlik san’ati sirlarini o’rganish, o’z fikrini bayon qilayotgan lisoniy materiallardan to’g’ri foydalanish, har bir til vositasini keraqli va lozim bo’lgan o’rinda mantiqan va grammatik jihatdan to’g’ri qo’llash ijtimoiy hayotning barcha sohalarida xizmat qiluvchi har bir mutaxassis uchun, umuman har qanday madaniyatli kishi uchun hayotiy zarurat deb hisoblanishi kerak. Har bir shaxsning nutqi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bir kishining nutqi tinglovchiga yaxshi tushuniladi, voqea – hodisalar haqida aniq, ravshan ma’lumot beradi, o’zining til qurilishi bilan tinglovchining xulqiga ta’sir etadi. Boshqa bir kishining nutqidan tinglovchi asosiy narsalarni ajratib ololmaydi. Bunday nutqning til qurilishida grammatik - uslubiy nuqsonlar bo’ladi. Tilga olingan nutqlarning birinchisi to’g’ri, madaniyatli nutq, keyingisini nuqsonli nutq deyish mumkin. Tor ma’noda nutq madaniyati - til me’yorlarini egallamoq, ya’ni talaffuz, urg’u, so’z ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilmoq, shuningdek, tilning tasviriy vositalaridan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish, ifodali o’qish madaniyatini egallash demakdir. Nutq madaniyati - tilning tuganmas boyligini egallashdir. Nutq madaniyatini egallash orqali kishi yetuklik sari bir qadam tashlagan bo’ladi. Insoniyat umummadaniyatining kata tarkibiy qismini nutq madaniyati tashkil etadi. Nutq madaniyati atamasi adabiyotlarda asosan ikki xil ma’noda ishlatiladi: birinchidan, nutq madaniyati de-yilganda, nutqning fazilatlari (sifatlari) yig’indisi, bu fazilatlarning tizimi tushuniladi; ikkinchidan, nutq madaniyati atamasi namunaviy nutq sirlarini egallash haqidagi ta’limotni anglatadi. O’qituvchi nutqi madaniyati - amaliy jihatdan o’qituvchi nutqining xilma – xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan., Pedagogika institutlarida tilshunoslikning nazariy kurslaridan olingan bilimlarga suyangan holda to’g’ri va chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til, til me’yorlari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo’lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning ko’rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi. O’qituvchi nutqi madaniyati fan sifatida o’z tekshirish obyekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutqning kommunikativ (aloqaviy) fazilatlaridir. Bu fazilatlar har qanday nutqda bir xil darajada bo’lmaydi. SHuning uchun turli kishining nutqi tinglovchi tomonidan turlicha qabul qilinadi. Hatto bir kishining turli mavzuda so’zlagan nutqi ham har xil bo’lishi mumkin. Ma’lumki, har qanday fan ham u yoki bu tomonlari bilan boshqa fanlar bilan bog’langan bo’ladi, unda ko’tarilgan masalalar, muammolar boshqa fanlar tomonidan ham o’rganiladi, ba’zan ularning ham tekshirish ob’ekti bo’ladi. Ba’zan esa ma’lum bir muammoni hal qilishga boshqa - boshqa fanlar o’z xususiyatlaridan kelib yondoshadi va uni ana shu xususiyatlardan kelib chiqib hal qiladi. Jumladan, uslubiyat ham tilshunoslikning, ham adabiyotshunoslikning tekshirish ob’ekti bo’la oladi. Faqat tilshunoslik nuqtai - nazaridan boshqa yo’sinda, adabiyotshunoslik nuqtai - nazaridan boshqa yo’sinda tekshiriladi. Uslubiyatga har ikki fan o’z xususiyatlaridan kelib chiqib yondashadi, ikki xil munosabatda bo’ladi. O’qituvchi nutq madaniyati fan sohasi sifatida shakllangan ekan, u albatta, boshqa fanlar bilan munosabatda bo’ladi. Nutq madaniyati ta’limotining lingvistik va nolingvistik fanlar o’rtasida tutgan o’rnini belgilashda uning boshqa fanlarga qay darajada aloqasi borligini, poetika, uslubiyat, me’yoriy grammatika kabi ta’limotlar bilan aloqasini ular orasidagi umumiy tomonlar va tafovutlarni aniqlash katta ahamiyatga egadir. Rus tilshunosi B.N.Golovinning fikricha: «...bu soha tilshunoslikning barcha bo’limlariga, shuningdek ruhshunoslik, mantiqshunoslik, estetika, sotsiologiya, pedagogika fanlariga tayanib ish ko’radi. Nutq madaniyati, ayniqsa stilistika bilan yaqin munosabatdadur. Ba’zi mutaxassislar nutq madaniyatini uslubiyatga singdirib yubormoqchi bo’lishadi. Holbuki, uslubiyatning o’z predmeti va o’ziga xos vazifalari bor». Download 79.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling