1. O‘quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o‘rni


Download 199.06 Kb.
bet1/58
Sana03.02.2023
Hajmi199.06 Kb.
#1155956
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
2-kurs MO`M majmua




1-Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi fan sifatida, fanlararo bog‘liqligi. Metodik tizimning asosiy komponentlari: o‘qitish maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadi va vazifalari.


Reja:
1.O‘quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o‘rni.
2.Ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv va matematik kompetensiya.
3. Matematika o`qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
1. O‘quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni
Asosiy tayanch tushunchalar:
Mеtodika; o’qitish prеdmеti; o’qitish mеtodlarining boshqa fanlar bilan bog’lanishlari; mеtodika fanida foydalaniladigan ilmiy – tadqiqot mеtodlari;
Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
Amaliy-tajriba va sinov mashqlarida matematika darslarda kundalik faoliyatda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka, mehnatni yengillashtirishga va unumdorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim.
Ushbu o‘quv dasturida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar kiritilgan.
Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi:

Download 199.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling