1. O‘quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o‘rni
Matematik ekskursiyalarning
Download 199.06 Kb.
|
2-kurs MO`M majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 13-Mavzu: O‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar bilan ishlash; o‘quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga qo‘yilgan talablar. Reja
Matematik ekskursiyalarning maqsadi-konkret hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish. Bular o‘quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish yo‘li bilan olinadi.
Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda muhimdir. Bolalar oldindan nima qilishlari va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. Maktabning joylashgan o‘rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, jamoa xo‘jaligi dalalariga va boshqa joylarga ekskursiyalar o‘tkaziladi. Nazorat savollari 1.Hozirgi zamon darslarining mazmuni va o‘tkazish metodlariga qo‘yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat? 2.Yangi pedagogik texnologiyalarning tatbig‘i deganda nimalarni tushunasiz? 3.Sinfdan tashqari ishlarning tashkilqilish xususiyatlari va ularning turlari haqida nimalarni bilasiz? 4.Sinfdan tashqari ishlarning turlari bo‘yicha namunaviy mashg‘ulot tayyorlang. 13-Mavzu: O‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar bilan ishlash; o‘quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga qo‘yilgan talablar. Reja: Boshlang‘ich sinflarda matematikadan uy ishlari. O‘quvchilar bilimini reyting baholash va baho normalari 2. O`zlashtirmaydigan o`quvchilar bilan ishlash Uy ishlari bu o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil, individual ishlarini tashkil qilish formalaridan bittasi. Uy ishining bajarilishida u yoki bu material takrorlanibgina qolmay, balki muhim malaka va ko‘nikmalar shakllanadi, bu esa o‘quvchilar mustaqil faoliyatining eng muhim qismidir. To`g`ri tashkil qilingan va mustaqil bajariladigan uy ishining borishida va natijasida shaxsning afzalligi va mehnnatsevarligi, uyushqoqligi, intizomliligi, batartibligi, topshirilgan ish uchun mas’uliyatni xis etishi shakllanadi va rivojlanadi, o‘z faoliyatini rejalashtirish malakasi, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalari mukammallashadi. Uy ishlarini tashkil qilish ushbu talablarga javob bermog`i kerak. Uyga beriladigan vazifalar o‘quvchilarning kuchlari va bilimlariga mos kelishi kerak. Shu sababli birinchi sinf o‘quvchilarida mustaqil ish ko‘nikmalarini hosil qilish ma’lum vaqt talab qilinishini hisobga olib o‘quv yilining birinchi yarmi davomida uyga vazifa berilmaydi. Ikkinchi yarim yildan boshlab uyga beriladigan vazifalar sinfda bajarilganlaridan soddaroq va o‘quvchilar uddalay oladigan bo`lishi kerak. Uyga qiyinroq vazifalar berilishi o‘quvchilarga og‘irlik qiladi, natijada ular bu vazifalarni boshqalarning yordamisiz bajara olmaydilar. Uy vazifalarini sistemali ravishda berish kerak. Haftaning oxirgi kunlari va bayram oldi kunlari bundan mustasnodir. Uy vazifalarining xajmi hamma predmetlar bo`yicha ularni bajarishga ajratilgan ma’lum vaqt normasidan oshmasligi kerak: I sinfda hamma vazifani bajarishga 1 soatgacha; II sinfda 1,5 soatgacha; III sinfda 2 soatgacha ajratiladi.: Matematika uchun bu vaqt 20 minutgacha bo`lishi mumkin. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga uy vazifasini qanday bajarishga doir instruktiv ko‘rsatmalar berish zarur. Eng oldin o‘quvchi uchun uy vazifasining maqsadi aniq bo‘lishi kerak.O‘qituvchi o‘quvchilarga uyda nima qilish kerakliginigina ko‘rsatib qolmay, balki nimaga alohida e’tibor berish kerakligi, uchragan qiyinchiliklarni qanday bartaraf qilish, misol va masalalarning yozilishi qanday bo‘lishini, bajarilgan vazifani o‘quvchining o‘zi qanday tekshirishi mumkinligiga oid ko‘rsatmalar ham berishi kerak. Hap qanday uy ishi o‘qituvchi tomonidan tekshirilgan bo‘lishi kerak (uy vazifalarini tekshirish formalari haqida yuqorida gapirilgan edi), Uy vazifasini tashkil qilishga nisbatan muhim talab uning ko‘rinishi va mazmuni turli-tuman bo`lishidir. Uy vazifasi faqat, misollar va masalalar yechishnigina emas, balki topshiriqlarning boshqacha turlarini ham o`z ichiga olishi kerak. Bu turlar ushbulardan iborat: ifodalarni taqqoslash, tenglamalar yechish, geometrik xarakterdagi topshiriqlar va hokazolar. Uy vazifasiga ijodiy xarakter berish va o‘quvchilarda unga qiziqish uygotish uchun uyga beriladigan topshiriqlarning mazmuniga muammo xarakteridagi topshiriqlarni, masalalarni har xil usullar bilan yechishni, masalalar tuzish va ularni almashtirishlarni va hokazolarni kiritish kerak. Ravshanki, yuqorida aytib o‘tilgan topshiriqlarni uy vazifasiga kiritish uchun sinfda tegishlicha tayyorgarlik ko`rishi kerak. Shu bilan birga beriladigan topshiriqlar asosan ushbu funksiyalarni bajarishlari lozim: -bilimlarni va amaliy malakalarni mustaxkamlash imkonini berishi kerak; -olingan bilimlarni umumlashtirish va ijodiy qo‘llanishga yordam berishi kerak; -navbatdagi darslarda yangi materialni o‘zlashtirishga o‘quvchilarni tayyorlashi kerak. Uy vazifasida beriladigan topshiriqlar dars materiali bilan qanday munosabatda bo`lishi kerak. «Bu masala, deb yozishadi M. I. Moro bilan A. M. Pishkalo, — har bir konkret xolda har xil xal qilinishi kerak: masalan, darsda yangi, ammo nisbatan oson xisoblash usuli qaralgan va shu bilan birga o‘qituvchi kiritilgan usulni mustaxkamlashga xam ulgurgan bo‘lsin. O‘qituvchi bolalar yangi materialni tushunganliklariga va shunga uxshash mashqlarni mustaqil bajara olishlariga ishonch xosil qiladi, deylik. Bu xolda uy vazifasiga darsning uzida qarab chiqilgan mashqlarga o‘xshash mashqlarni kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quvchilarning uy ishlari darsda bajarilgan ishning tabiiy logik davomi bo`ladi va unda olingan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Agar darsda o‘zlashtirilishi uchun o‘qituvchi rahbarligida uzoq vaqt ishlashni talab qiladigan qandaydir yangi, bolalarning tushunib olishlari uchun qiyinlik qiladigan tushuncha, qoida, masala birinchi marta kiritilayotgan bo‘lsa, unda ish boshqacha bo‘ladi. Bu holda o‘qituvchi bolalarning uy ishlariga yangi materialni kiritib xatoga yo`l qo‘yishi mumkin. Uy ishi uchun mashq tanlashda ilgari o‘tilgan materiallardan qo‘yishlari keyingi darsda yoki undan keyin o‘tiladigan darslarda kerak bo‘lishini, hozir qaralayotgan masalalarni yaxshi tushunishga asos bo‘ladiganini o`ylab ko`rish kerak. Shu munosabat bilan mavzular rejasini tuzayotganda bolalarning uy ishlarini rejalashtirish haqida gapirish mumkin»5. Hamma o‘quvchi, o‘z imkoniyatiga qarab har doim topshiriq olishi uchun uy ishlarini individuallashtirishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Topshiriqning hajmi, maqsadi, bajarilish usulini individuallashtirish mumkin. Masalan, butun sinfga bitta masalaning o`zini berish, ammo o‘quvchilariing bir guruhiga (kuchliroq o‘quvchilarga) masalani yechishdan tashqari masala savolini, u ikki amal bilan emas, balki uch amal bilan yechadigan qilib almashtirish vazifasini ham taklif qilish mumkin, yoki hamma o‘quvchiga uyda kvadratni 4 ta teng bir xil uchburchakka bo`lishni, bir guruhiga (bo`sh o‘quvchilarga) bu qismlardan qandaydir yangi bitta figura tuzishni, boshqa bir guruhga (o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga) ikkita yangi figura tuzishni, uchinchi guruhga (kuchli o`quvchilarga) ko`p sonda yangi figuralar tuzishni taklif qilish mumkin. O‘quvchilar uy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarining muhim sharti ota-onalarga o‘quvchilarga o`z kuchlari yetganicha va maqsadga muvofiq yordam berishlari haqidagi tushuntirishlardir. Nazorat savollari: 1.Uy vazifalarini tashkil qilish bo`yicha qanday ma`lumotga egasiz? 2. oquvchilar uy vazifasini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun qanday shartlar mavjud? 3. uy vazifalarni tekshirishda qanday usullardan foydalanasiz? 1 Download 199.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling