1. O‘quvchilar jamoasining ahamiyati
Download 92 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-amaliy mashg\'ulot 4
Ishonch bildirish. O‘quvchi kuchi yetadigan biror vazifani topshirish. Masalan, nazorat ishini yig‘ishtirish va h.k.
Qayd etish. O‘quvchilar xulqinnng yaxshilanib borayotganligini qayd etish. Devoriy gazeta, maktab uzelida va h.k. Maqtash. Kishini maqtash juda foydali deydi M.Gorkiy, chunki bu narsa uning o‘ziga bo‘lgan hurmatini oshiradi, o‘z kuchiga ishonchni orttiradi. Sinf yig‘ilishi hurmat daftariga, maktab hurmat taxtasiga yozish, rasmini qo‘yish shakllari ham mavjud. Mukofotlash. Yoshma tashakkur va minnatdorchilik xatlari. O‘quvchilarni tarbiyalash metodlari orqali majbur etish, jazolash tadbirlari ham mavjud. Turli odobsizlik, jaholatlardan o‘zini tiyish, o‘zini tuta bilish faqat ishontir ish yo‘li bilan emas, balki majbur etish va turli jazo choralarini qo‘llash yo‘li bilan ham tarbiyalanadi. Maktabda qo‘llanadigan jazo choralari: o‘qituvchi, sinf rahbari, maktab direktori va o‘rinbosarlarining tanbehi, parta sinf doskasi yoniga tikka turkizib qo‘yish, bajarilmagan topshiriq yoki uy ishini darsdan so‘ng bajartirish uchun olib qolish, pedagogika kengashiga chiqarish xulqiga quyilgan bahoni pasaytirish, sinfni iflos qilgani uchun uni tozalashga majbur etish, bir sinfdan boshqa sinfga va maktabga o‘tkazish va hokazo. Bundan tashqari do‘q-po‘pisa qilish, uyaltirish qizartirish, qopalash yo’llari ham qo‘llaniladi. O’z-o’zini tarbiyalash metodlari . Pedagogika darsligida 1990 yil olimlaridan V.A.Slastyonin, S.P.Baranov, L.R.Bolotinalar o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari tarkibiga o‘quvchilarning shaxsiy majburiyat olishlari, o‘z ishlari haqida hisob ot berishlari, o‘z harakatlarini tahlil eta bilishlari, o‘z-o‘zini nazorat eta olishlari hamda o‘z-o‘ziga baho bera olish kabi usullarni tavsiya etganlar. Inson insonni va insoniylikni qanchalik ko‘p tushunsa, shuncha ko‘p darajada o‘z-o‘zining tarbiyachisi bo‘lib yetishadi. O‘z-o‘zini tarbiyalashga undovchi tarbiya ishonchim komilki - degan edi mohir pedagog V.A.Suxomlinskiy - bu haqiqiy tarbiyadir. O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya‘ni o‘zi ustida ongli, batartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bo‘ladi. O‘quvchilarni, ayniqsa o‘rta va katta o‘quvchil arni o‘z bilim va malakalarini mustaqil oshirish va erkin fikrlashga yo‘llash kerak. O‘quvchilar o‘qishda, tarbiyada, dam olishda o‘z-o‘zini tarbiyalash usullaridan foydalanadigan. O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchini tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi. O‘z-o‘zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo‘lganda, u o‘zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mustaqil faoliyat ko‘rsata boshlagan vaqtda paydo bo‘lidi. Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari .O‘quvchilarda qarashlar va e‘tiqodlar tizimini shakllantirish maqsadida ularning ongi, his tuyg‘ulari va irodasiga har tomonlama ta‘sir ko‘rsatadi o‘z ifodasini topadi. Bu metodning mohiyati shundan iboratki, ularning vositasi bilan yosh avlodga nisbatan qilayotgan talablar bola ongiga yetkaziladi. "Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo‘li ishontirishdir, o damning e‘tiqodiga esa faqat ishontirish bilan tasir qilish mumkin". K.D.Ushinskiy: 1. Tushuntirish o‘quvchilarda e‘tiqod hosil qilishning eng keng yoyilgan metodidir. Tushuntirishdan maqsad - bolaga xatti-harakatlar, voqealar va hodisalarga nisbatan u yoki bu talablarning ijtimoiy, ma‘naviy, estetik mazmunini ochib berishdan, o‘quvchiga xulq-atvorga va ijtimoiy munosabatlarga to‘g‘ri baho berishni shakllantirishda ko‘maklashishdan iborat. 2. Hikoya va suhbat. O‘qituvchining jonli so‘zi orqali hamisha bola shaxsini g‘oyaviy va ma‘naviy shakllantirishning ta‘sirchan metodi bo‘lib kelgan. Hikoya uchun mavzu tanlayotganda uning sinf uchun aktualligiga, u bolalarda ma‘naviy ishonch, kechinma, his-tuyg‘uni yuzaga keltirishi shart. Suhbat turli mavzularda: etika (insonning yurish turin xaqida), estetik, siyosiy bilim beruvchi bo‘lishi mumkin. Suhbat vaqtida o‘quvchilar tinglovchilar emas, balki muhokama qilinayotgan voqealarning faol qatnashchilari bo‘lishi kerak. Suhbatda o‘qituvchi bolalarning hissiy tajribasiga, ularning konkret bilimlariga tayanadi. Mashq va o‘rganish A.S.Makarenkoning ta‘kidlashicha, tarbiya - to‘g‘ri hattiharakatga o‘rgatuvchi mashqdan boshqa narsa emas. Mashq bolalar hayotini oqilona bir maqsadga qaratiladi,har taraflama faoliyatini jamiyatda qabul qilin- gan normalar va qoidalarga muvofiq, tashkil etishdir. Mashq muayyan harakatlar va ishlarni ko‘p marta takrorlashni o‘z ichiga oladi. Bola uchun mashq ongli ijodiy jarayondir. Mashqlar natijasida malaka va ko‘nikmalar, odatlar, yangi bilimlar hosil qilinadi, aqliy qobiliyat rivojlantiriladi. O‘yin sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o‘t oldiruvchi uchqundir", - degan V.A. Suxomlinskiy. O‘quvchilar hayotida, ayniqsa boshlang‘ich sinflarning o‘quvchilari qayotida o‘yin faoliyati katta o‘rin tutadi. "Bola uchun o‘yin - voqyelik, n deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, binobarin, uning tevarak atrofidagi voqyelikdan ko‘ra qiziqar -liroq voqyelikdir. U bolaga, xususan tushunarli bo‘lgani uchun qiziqdir, o‘yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o‘zi yaratgan narsa bor". Bola o‘yinda qanday bo‘lsa, u katta bo‘lganida ishda ham ko‘p hollarda o‘shanday bo‘ladi, deb bildirgan. Makarenkoning so‘zlarida katta pedago- gik mazmun bor. O‘yin - bolalar jamoani jipslashtiradigan va rivojlantiradigan faoliyat turlaridan biridir. Bolalar o‘yiniga e‘tibor bilan razm solinsa, ularning o‘yinlarida kattalar dunyosi qanday aks etishini qanday bilib olayotganliklarini ko‘rish mumkin. Bola uchun mashq - ongli, ijodiy jarayondir. Mashqlar natijasida malaka va ko‘nikmalar, odatlar, (tajriba) bilimlar hosil qilinadi, aqliy qobiliyat rivojlantiriladi. K.D.Ushinskiy tarbiyaning vazifasi har xarakterni shakllantirishdan hamda hayotda hosil qilingan e‘tiqod va odatlardan tarkib toptirish deb hisoblagan. Odat, Ushinskiyning fikricha, e‘tiqodni maylga aylantiradigan va fikrni ishga aylantiradigan jarayondir . Iqtisodiy tarbiya ham shaxsning barkamol shakllanishining zarur shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi. Bozor iqtisodiga o‘tayotgan bir sharoitda va keyingi rivojlanishda ham yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhimdir. Bu sohada hukumatimiz g‘amho‘rlik ko‘rsatmoqda va pedagoglarimiz tadqiqotlar olib bormoqda.Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob qilish qobiliyatini shakllantiradi. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitilib, ilmiy asoslab kelingan. Bu borada Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o‘rin tutishini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o‘z ishiga puxta bo‘lishi kerak. Shunda u o‘z mehnatining (o‘zgalarning ham) natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarida shunday yozadi: “Inson o‘z mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi”. A.Avloniy “Iqtisod deb, pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur” yana “Hozirgi zamonda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bo‘lmoq uchun ilm va mol lozimdur” kabi qimmatli g‘oyalarni olg‘a surgan. Masalan, uning quyidagi fikrlarini ko‘raylik: “Amerikaliklar bir dona bug‘doy ekib, yigirma qadoq bug‘doy olurlar, yevropaliklar o‘zimizdan olgan 5 tiyinlik paxtamizni o‘zimizga 25 tiyinga soturlar. Ammo biz osiyoliklar, xususan, turkistonliklar, dumba sotib, chandir chaynaymiz: qaymoq berub, non o‘rniga kesak tishlaymiz, so‘zning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof tugamas sa’i, bitmas g‘ayrat lozimdir”. Ahmad Yugnakiy “Hibbatul haqoyiq”da: “Mol-mulksiz kishi uchun bilim – bitmas-tuganmas mulkdir, kambag‘al uchun bilim hisob – xatosiz hisobdir”. Bu fikrdan shuni anglash zarurki, inson o‘zining ilmi bilan ijtimoiy hayotga tejamkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi va o‘z hayotini oqilona tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o'tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash, ayniqsa, juda muhim. Avvalo o'quvchilar iqtisodiy tarbiya haqida mukammal, to'la tushunchaga ega bo'lmog'i darkor. Iqtisodiy tarbiya o'quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni vaqtda shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan asosli boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Suso Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o'rin tutishini alohida ta'kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o'z ishiga pishiq bo'lishi kerak. Shunda u o'z mehnatining natijalarini o'lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Ta'limning barcha darajalari ta'lim oluvchilarning iqtisodiy ta'limi hamda tarbiyasini takomillashtirish», zarurligi (45-bet) a'lohida ta'kidlangan. Barkamol inson, avvalo, iqtisodiy tarbiya olmog'i shart. Chunki iqtisodiy tarbiyasiz, unga bog'liq ko'nikmalarsiz, odatlarsiz haqiqiy mukamml inson bo'lishi mumkin emas. U eng avvalo o'z mehnati va boshqalar mehnatini qadrlaydigan, uni hayotda tadbiq qilishning ta'limiy asoslarini ilmiy bilmog'i zarurdir. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta'lim negizida quriladi. Tarbiya esa kundalik turmushda yuqoridagi sifatlarni qo'llash jarayonida o'z ifodasini topadi. Bu muammo esa boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'ziga xos tarzda, ya'ni sodda shaklda tashkil etiladi. Chunki kichik o'quvchilarda iqtisodiy ma'lumotni, madaniyatni, ongni, ko'nikma va odatlarni birdaniga tarkib toptirish mumkin emas. Shuning uchun kichik o'quvchilarda dastlab iqtisod haqida tasavvur, tushuncha va ularni turmushda qo'llash bilan bog'liq ko'nikmalarni tarkib toptirish muhim vazifa hisoblanadi. Kichik o'quvchilarning barkamol insonga xos bo'lgan iqtisodiy bilimlari bosqichma-bosqich ular yoshining ortib borishi bilan uzviy bog'liq holda tashkil etiladi. Iqtisodiy ong, madaniyat birdaniga tarkib toptirilmaydi. O'quvchilarning bu sohadagi tasavvurlari bevosita ta'lim jarayonida tarkib toptirilib borishni talab etadi. Bunday mas'uliyat boshlang'ich sinf o'qituvchisi zimmasiga to'g'ri keladi. Bu ish boshlang'ich ta'limning to'rt yilli davrida amalga oshiriladi. Tejamkorlik. Abu Nasr Forobiy «Baxt-saodatga erishish haqida» asarida shunday yozadi: «Inson o'z mablag'ini to'g'ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg'anchiqlik qilish, xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka etaklaydi». Ko'rinib turibdiki Sharq mutafakkirlari maktab va oila sharoitida bolalarning iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni tejamkorlikka, tashabbuskorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga o'rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga asosiy e'tiborni qaratganlar. Xalq ongiga singib ketgan «Iqtisod bilan ishlagan kishilar faqir bo'lmaslar» degan hadis bor, unga quyidagicha izoh berish mumkin: «Kirimiga qarab chiqimini tuta bilmagan kishi bor davlatini bitirib, oxiri xo'rlikka tushgani holda, kirimiga qarab chiqimini tuta bilgan kishi boy bo'lmasada, o'zini faqirlikdan saqlay oladi». (Yuz bir hadis. T., «Mehnat», 1991 y, 38-bet). Iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog'liqdir. Bas, shunday ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta'lim-tarbiya berish kerak. Bu ishni o'quvchi bevosita maktab ta'limi davrida oladi. Shuning uchun o'quvchida ilk iqtisodiy tushuncha asoslari va ko'nikmalarni tarkib toptirishga alohida e'tibor berilishi shu kunning muhim muammolaridan biridir. Isrof so'zining lug'aviy ma'nosi bu – molni gunoh ishlarga sarflash yoki o'zi va bola-chaqasi uchun hech narsa qoldirmay, bor-yo'g'ini mayda-chuyda, ikir-chikirlarga sarflab yuborish ma'nolarini anglatadi. Isrof – u qaysi ko'rinishda bo'lmasin kishining bor-yo'g'ini sovuradi, yakson qiladi, degan fikr ilgari surilgan (Al-adab al-mufrat. Imom Ismoil al-Buxoriy. 131-bet). «Yaxshi sayrat, chiroyli hay'ot va har bir ishda iqtisodchilik etishi hislatlardan bir bo'lagidir» (216 bet, 468 hadis). Yana bir hadisda «Sizlarning uchta ishingiz uchun olloh taolo rozi va uchta ishingiz uchun g'azabda bo'ladi. Molni noo'rin erlarga sarf qilib zoe qilganingiz shularning bittasidur, deydilar» (206 bob, 131 bet). Birovdan qarzdor bo'lsangiz, va'da qilg'an kuningizda topshiring», deb ta'kidlanadi Qobusnomada. Haqiqatdan ham inson mol, mablag', boylik uchun o'zini xavf-xatarga qo'ymasligi shart. Albatta har bir inson uchun mol, mablag', boylik zarur, bu hayotning talabi. Ammo uni topishda O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va boshqa me'yoriy hujjatlarda ko'rsatilgan qoidalarga rioya qilish oilaning, davlatning, jamiyatning rivojlanishiga to'siq bo'lmasligi darkor. Bu sohada tadbirkorlik, tashabbuskorlik, halollik, adolat, xalq, davlat manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilsa samarali natijalar keltiradi. O'quvchilarga iqtisodiy tarbiyani olib borishning shakllari. O'quvchilarga iqtisodiy tarbiya avvalo dars jarayonida singdiriladi. O'qituvchi qaysi sinfda qaysi predmetdan dars berishidan qat'iy nazar o'rganilayotgan materialning mazmunidan, uning xususiyatlaridan kelib chiqib, o'quvchilarga iqtisodiy ta'lim, tarbiya elementlarini singdirib, kerakli ko'nikma, odatlar haqida ma'lumot beradi. Masalan, adabiyot, tarix, geografiya darslarida biror yozuvchining asaridagi mazmunni bayon qilishda mazkur mahsulotni yoki boylikni ishlab chiqaruvchilar mehnati evaziga bunyod bo'layotganligini, ular mehnatini qadrlash, mehnat ahllarini hurmatlash har bir odamning o'z mehnatini qadrlashligini badiiy obrazlar vositasida o'quvchilar ongiga singdiriladi. Geografiya kursini o'qitish asosida tabiiy boyliklar, ularning turlari, ularning davlat rivojidgi hissasini uqtirish orqali mazkur boyliklar har bir kishiga kerak ekanligini, ularsiz inson hayoti farovon bo'lishi mumkin emasligini tushuntiradi. O'quvchi mazkur fanlardan olgan bilimlarini qiyoslab, taqqoslashtirish aasosida birinchi navbatda o'z mehnatini, so'ng o'zgalar mehnatini qadrlashga o'rganadi. Shu asosda o'quvchilarda iqtisodiy ma'lumot, ko'nikma va odatlar tarkib topadi. O'quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar samarali ta'sir ko'rsatadi.Masalan, «Mohir qo'llar» to'garagi ishtirokchilari o'qituvchi-usta rahbarligida turli xil buyumlar, kiyim-kechaklar, o'yinchoqlarni tayyorlash bilan bog'liq ko'nikmalarni o'rganadilar, ya'ni biror bir mahsulot ishlab chiqarishni o'rganadilar. Ana shu mahsulotlar ishlab chiqarilmasa odamlar ularni bozordan xarid qilishlari zarur bo'ladi. Demak, ishlab chiqargan buyumlar kishilarning shu sohaga bo'lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi, ya'ni ta'minlaydi. Xullas, bu mahsulotlar mablag', ya'ni pul hosil bo'lishiga asos soladi. Pul esa o'z navbatida o'quvchilarni iqtisodiy fikrlashga va shu haqda to'g'ri xulosa chiqarishga undaydi. Oilada tejamkorlik tarbiyasi. Pul ham tarbiyalaydi. Bungga befarq qaramaslik darkor. Pul muomalasiga mensimay qarash, ko'pincha ikki tomonlama muammoga olib keladi. Tekinxo'rlik va oilaning iqtisodiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati tarbiyalanadi. Ikkinchidan, pul ochko'zlik, pul jamg'arishga intilishni tarbiyalashi mumkin. Ilk yoshlikdanoq bolani oilaning xo'jalik ishlari bilan tanishtirib borish zarur. Bola oila mablag'ini bilishi, oila hayotining bir oylik, bir kunlik «taxminiy smetasini» bilishi lozim. U asosiy oziq-ovqatlarning – non, yog', sut, go'sht, baliq, sabzavot va boshqalarning narxini bilishi kerak. Bola kamolga etib borgan sari uni buyumlar (kiyim, poyafzal, televizor va hokazolarning) qimmati bilan tanishib bormog'i lozim. Agar ota-ona qo'shimcha ish olib ishlayotgan bo'lsa, bola shuni tushunishi kerakki, onasi va otasi oilada hamma yaxshi yashashi uchun mehnat qilayopti. U shunday mantiqni tushunmog'i lozim: Har kim oila hayotini yaxshilashga o'zining qo'lidan kelgan hissasini qo'shishi kerak. Bola sizga qancha ertaroq yordam bera boshlasa, shuncha yaxshi bo'ladi. TOPSHIRIQ: 1. Sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasini yozing! 2. Jamoa an'analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi: a) kundalik faoliyat an'analari; b) bayram an'analari. Shularga misol keltiring. Ularni qay tartibda rejalashtirish mumkin. 3.O’quvchilar jamoasida tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lgan bolalarini qanday aniqlaysiz? 4.O’quvchilar jamoasi bilan ishlash metodlarini yozing. 5.O’quvchilar jamoasini shakllantirishda qanday psixologik yondashasiz? 6.Raqamli iqtisodiyot deganda nimani tushunasiz? 7. Iqtisodiy tarbiya tushunchalari ishtirok etgan krossvord tuzing. 8. Sharq allomalarining iqtisodiy tarbiyaga oid fikrlarini yozing. 9. Siz o’zingiz qanday iqtisodiy tarbiya usul va metodlardan foydalangan bo’lardingiz? 11.O’quvchilarni rag’batlantirish uchun tarqatma materiallar tayyorlash. 12.O’quvchilarni rag’batlantirish usullariga misollar keltiring. 13.“Avesto” kitobida keltirilgan rag’batlantirish usullarini yozing. 14. Mavzuga mos “Krassvord” tuzing. Download 92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling