1. O‘quvchilar jamoasining ahamiyati
Download 92 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-amaliy mashg\'ulot 4
5-amaliy mashg’ulot: O‘quvchilar jamoasi bilan ishlash. O‘quvchilarni rag‘batlantirish usullari. Iqtisodiy tarbiya berish usullari. Reja: 1. O‘quvchilar jamoasining ahamiyati. 2. Tashkilotchining jamoa bilan olib boradigan pedagogik faoliyati. 3. O‘quvchilar jamoasi bilan ishlashning shakl va metodlari. 4. O’quvchilarni tarbiyalshda rag’batlantirishning o’rni. 5. O’quvchilarni rag’batlantirish turlari. 6. Insonni shakllantirishda iqtisodiy tarbiyaning pedagogik ahamiyati. 7.Iqtisodiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umum milliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish hususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog'lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim hususiyatlaridir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g'oyaviy yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini lopishi muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kunda pedagog-olimlar (L. I. Novikova va boshqalar) bolalar jamoasi rivojlanishi jarayonini tahlil qilar ekanlar, uni quyidagi ikki bosqichga bo‘ladilar: a) jamoani dastlabki jipslashtirish; b) jamoani shakllantirish uning har bira'zosini inlividual rivojlantirishning qurolidir. Jamoa hayotidagi har bir bosqichlarni ajratib ko‘rsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shahsning rivojlanignida jamoaning yetakchi ahamiyatini ta'kidlaydi. Jamoani shakllantirishda jamoa a'zolari va ularning faoliyatlariga qo‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talab o‘quvchilaming dars jarayonidagi, tanaffus. Guruhdan tashqari ishlar vaqtidagi jamoat joylari hamda uydagi xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi. Qo‘yilayotgan talablar o‘quvchi shaxsini hurmat qilish bilan qo‘shilishi kerak. Qo‘yilayotgan talablar muayyan o‘quv yurti yoki guruhdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo‘yilishi lozim. O‘quvchilaming tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar, ularda ma'naviy madaniyatni shakllantirishga hizmat qilishi shart. O‘qituvchi tomonidan qo‘yilayotgan talablar hajmi, tizimini bilibgina qolmasdan, talab qo‘yish metodikasini ham o‘zlashtira olgan bo‘lishi kerak. O‘quvchilarga talablar qo‘yish metodikasi bolalarni talablar mazmuni bilan tanishtirib ularning ahamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish hamda ularning muntazam suratda nazorat qilib borishdan iborat. O‘quvchilarni talablar bilan tanishtirish ko‘pincha umumiy majlislarda amalga oshiriladi, bunda ta'lim muassasasi direktori yoki o‘quv ishlari bo‘yicha director o‘rinbosari istiqbolli rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar mazmuni bilan o‘quvchilami tanishtiradi. Batafsil tanishtirish ayrim hollarda amalda ko‘rsatish, keyinroq guruhlar bo‘yicha guruh majlislarida, mahsus suhbatlar uyushtirish gohida amalga oshiriladi. Xulq-atvor tarkib toptirishga yunaltirilgan talablar bilan tanishtirish mazkur talablar ustida mashq qildirish bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Xulq-atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda murakkab ish. O‘quvchilar talablar mohiyatini yaxshi anglashlari mumkin, biroq aksariyat hollarda ularga rioya qilmaydilar. Shu bois muntazam ravishda mashq qildirish madaniy xulq-atvomi odatga aylantiradi. Talablarning qo‘yilishi jarayonida ularga o‘quvchilaming amal qilishi ustidan nazorat o‘rnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shartlar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, xulq-atvor jurnalini yiiritish, guruhdagi navbatchilik uchun stendda baholarni qayd etib borish va boshqalar. Nazorat haqqoniy va muntazam bo‘lish kerak. Uning natijalaridan o‘quvchilami ogoh etib borish lozim. a) jamoani uyushtirish va jinslashtirish. Unda faolni tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liq. G‘arb bir pedagogning jamoani shakllantirish borasidagi harakati jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi. Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi. Ishonchli. ishchan jamoa faolini yaratish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini, ularning jamoa ishlari ishtiroki, xulq-atvorini kuzatib borishi har bir o‘quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini aniqlashi zarur. Jamoa faolini shakllanlirishda o‘quvchilarnint jamoadagi obro‘sini ham inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o‘zlari, albatta, pedagog ishtirokida va rahbarligida tanlasa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Pedagog jamoa faoli bilan maslahatlashishni tashkil etadi. Jamoa faolining har bir a'zosi zimmasiga muayyan vazifa yuklash, ma'lum davrda ana-shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish lozim. Pedagog aynan shu faolga oshirilgan talab qo‘yadi. O‘quvchilar jamoasida faol rahbarligida o‘z-o‘zini boshqarish jamoa a'zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. Shu bois, pedagog faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim. O‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish, bu pedagoglar tomonidan tashkil qilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshqarishda o‘quvchilarning faol ishtirok etishidir. O‘z-o‘zini boshqarishning shakllari orasida jamoa a'zolarining yig'ilishi, konferentsiyasi hamda turli komissiyalar faoliyati o‘rin tutadi. a)o‘quvchilar jamoasini shakllantirishda an'analar muhim o‘rin tutadi. Jamoa an'analari bu barqarorlashgan odat bo‘lib. ulami jamoa a’zolari birdek qo‘llabqo‘vvatlaydilar. Jamoa an’analari mazmunida munosabatlar hususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi. Jamoa an'analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi : a) kundalik faoliyat an'analari; b) bayram an'analari. Kundalik faoliyat an'analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyati (o‘zaro yordam turlari) ni mehnat faoliyati (ko‘chatlar o‘tkazish. hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi. Bayramlarga turli voqea va hodisalar bilan bog'liq sanalarni nishonlash xususan, «Alifbe bayrami», Mustaqillik, Navro‘z bayrami, Xotira va qadrlash kuni va boshqalar kiradi. An'anaviy bayramlar o‘quv muassasalarida turlicha o‘tkaziladi. O‘quvchilar an'analar mohiyatini anglasalar, ularga nisbatan ongli munosabatda bo‘lsalargina uning ta'sir kuchi yuqori bo‘ladi. An’analarning yuzaga kelishida o‘quvchilarning unga nisbatan munosabati katta ahamiyatga ega. O‘quv yurti rahbariyati va o‘qituvchilar bolalar jamoasiga u yoki bu ortiqcha an'anani yuklamasliklari kerak. Ularning vazifasi oshkor bo‘lmagan holda hamda o‘quvchilar yaratish zarurligini tushuntirish tadbirlarni uyushtirish va o‘tkazishda birgalikda ish olib borish, o‘quvchilarni an’analarni davom ettirishga o‘rgatishdan iborat. Ilmiy tadqiqotlar shaxs va jamoa o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi borasida quyidagi andozaning yaratiligini ta’minladi. Tarbiya jarayonining mohiyatini chuqur bilib, uni tashkil etishda tashabbus ko‘rsatish, ishbilarmonlik va epchillik. Barcha yangi va ilg'or narsalarni amalda samarali qo‘llay bilish maktab o"quvchisi shaxsini rivojlanlirish jarayoniga rahbarlik qilish prinsiplaridan biridir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlaming umummaktab rejasini ma'naviy va ma'rifat bo‘yicha direktor o‘rinbosari rahbarligida. sinf rahbarlari, metodik birlashmasi, tajribali o‘qituvchilar, maktab kutubxonasi. o‘quvchi-yoshlar tashkiloti, o‘quvchilar uyushmasi. ota-onalar komiteti hamda to‘garak rahbarlarining faol ishtirokida tuzish hamda uni maktabning yig'ilishida muhokamadan o‘tkazib tasdiqlash maqsadga muvofiqdir. Direktor o‘qituvchilar. sinf rahbarlari, tarbiyachilar va o‘quvchilarga nisbatan tutgan prinsipial yo‘li va faoliyatida birlik bo"lishiga erishadi, maktabning oila, kattaiarning mehnat jamoalari, jamoat, tashkilotchilari bilan uzviy hamkorlik qilishga intiladi. Maktabning tarbiyaviy jarayoniga rahbarlik qilishda direktor boshlang'ich va o‘quv sinflar tarbiyaviy ishida izchillikka rioya qilishga alohida e'tibor beradi, bu bilan ta'lim jarayonida ham, shuningdek. darsdan tashqari vaqtda ham tarbiyaning uzluksizlik va prinsipini amalga oshiradi. Sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasi bu majburiy pedagogik hujjatdir. Ish reja choraklik, yarim va bir yillik tuzilishi mumkin. Hozirgi sharoitda tajribalarning ko‘rsatishiga binoan yarim yillik rejasidan foydalanish ancha samara bermoqda. Rejalashtirishda quyidagilar nazarda tutilsa, uning samarasi oshadi: 1. Reja mahalliy sharoitga qarab, maktabning joylashagan o‘rni, albatta, o‘quvchilarninrg saviyasi, yoshtga qarab mumkin qadar mos tuzilishi kerаk. 2. Reja muayyan maqsadga qaratshshshi va real (aniq) bo‘lishi zarur. 3. Bolalar va o‘smirlar uyushmasi bilan kelishilishi lozim. 4. Rejada o‘quvchilarning kuzgi, qishki, bahorgi va yozgi ta'tillarida qiladigan ishlari aksetishi kcrak. 5. O‘tkaziladigan tadbirlarning bajaruvchi shaxslari, muddati va bajarilishi turi aniq, ko‘rsatilishi lozim. 6. Reja maktab direktori o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib, direktor tomonidan tasdiqlanishi sharti. Rag‘batlantirish o‘quvchining ruhini, kayfiyatini ko‘taradi, ularni tetiklantiradi, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi, o‘z kuchiga ishonchini orttiradi. Maktab tajribasida rag‘batlantirishning turli shakllari qo‘llaniladi: ma‘qullash, ko‘ngilni ko‘tarish, ishonch bildirish, maqtash, yozma tashakkur, mukofotlash. Bundan tashqari jamoat tashkilotlari faoliyatida raqbatlantirish shakllari mavjud, Ma’qullash: boshni qimirlatib ma‘qullash yuv va qo‘l harakatlari bilan "balli", "barakallo", "rahmat", "juda soz" kabi so‘zlar orqali. Ko’ngilni ko’tarish, dalda berish ba‘zan o‘qishda va ishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytda o‘quvchilar ko‘nglini ko‘tarish va dalda berish kerak bo‘ladi. Download 92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling