Qishlоq хo`jаligi dа mulkchilik munosabatlari vа tаdbirkоrlik shakllari. Reja
Download 39,44 Kb.
|
4-mavzu Qishlîq õo`jàligi dà mulkchilik munosabatlari và tàdbirkîrlik sh
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qishloq xo’jaligida mulkiy munosabatlarni yanada takomillashtirish
QISHLОQ ХO`JАLIGI DА MULKCHILIK MUNOSABATLARI VА TАDBIRKОRLIK SHAKLLARI. Reja: 1. Qishloq xo’jaligida mavjud mulk shakllari va ularning o’ziga xos xususiyatlari. 2. Qishloq xo’jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari, ularning tashkil etilishi va rivojlanishi.3. Qishloq xo’jaligida mulkiy munosabatlarni yanada takomillashtirishyo’llari.
1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan va 1993-yil 7-mayda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan “O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida”gi qonunning 1-moddasiga binoan mulkdor o’z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo’lmagan har qanday hattiharakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan har qanday xo’jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. Ushbu qonunning 5-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida, shu jumladan qishloq xo’jaligi tarmog’ida quyidagi mulk shakllari mavjud:
Jumladan, davlat va jamoa mulkining o’zaro birikishi natijasida aralash mulk tashkil bo’ladi. Aralash mulk mulkdorlarning moddiy va pul mablag’larini birlashtirish yo’li bilan hosil qilinadi. Aralash mol-mulkka egalik qilish hissaviy ishtirok etish tamoyili asosida ham, shuningdek o’z mablag’larini birlashtirgan mulkdorlar o’rtasida daromadlarni qo’shgan ulushiga qarab taqsimlash asosida va tomonlarning kelishuvi bilan ham amalga oshirish mumkin. Aralash mulkning o’z mablag’larini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har xil turlari bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning, turli yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini birlashishidan aralash mulk shakllanadi.
Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida sobiq ittifoq davrida asosan davlat mulki va qisman jamoa mulki mavjud bo’lgan. Lekin jamoa mulkiga asoslangan jamoa xo’jaliklarida ham davlatning ta’siri kuchli bo’lib, ushbu xo’jaliklarning mulki tom ma’noda jamoa mulki bo’lmagan. Mustaqillikka eishganimizdan so’ng mamlakatimiz iqtisodiyotida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Shu jumladan, qishloq xo’jaligida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga alohida e’tibor berildi. Chunki davlat mulki bozor munosabatlari talablariga javob bermaydi, ya’ni iqtisodiyot subyektlarida o’z faoliyatlarini rivojlantirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, mahsulot sifatini oshirish kabi jarayonlarga undovchi mexanizm mavjud emas. Shu sababdan mamlakatimiz qishloq xo’jaligida mustaqillikning ilk davridan boshlab davlat mulkini xususiylashtirishga va bozor munosabatlari sharoitiga mos mulk shakllarini joriy etishga alohida e’tibor berildi. Shu maqsadda mamlakatimiz qishloq xo’jaligi tarmog’ida jamoa mulki va xususiy mulkchilikka ustuvorlik berildi. Download 39,44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling