Biznes huquqi. Mustaqil ish
Download 116.5 Kb.
|
Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Utemuratova G
NAVOIY INNOVATSIYALAR INSTITUTI Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi.Biznes huquqi.MUSTAQIL ISHMavzu:Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga solinishi. Bajardi: 1-bosqich, 12- guruhi talabasiUtemuratova GQabul qildi: Shaymanov J.NAVOIY 2023 y.Mavzu: Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga solinishi. REJA1. Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasi va uning huquqiy asoslari. 2. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari va ularning turlari. 3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish usullari. 4. Xulosa. 1. Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasi va uning huquqiy asoslari. Maʼlumki, har bir mustaqil davlatning muhim faoliyatlaridan biri tashqi munosabatlarish aniq va toʻgʻri belgilashdir. Oʻzbekiston Respublikasi ham davlat mustaqilligiga erishganidan boshlab, oʻzining tashqi munosabatlarini mustaqil belgilab oldi, Chet el davlatlari bilan teng huquq asosida hamkorlik oʻrnata boshladi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi bayon hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisidagi qonun muxim huquqiy hujjat boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi yangi tahrirda 77-II-sonli 2000-yil 26-mayda qabul qilingan Qonuni tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishning zaminini yaratdi, shuningdek ushbu Qonunning asosiy vazifalari sifatida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash, uning iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot rivojini ragʻbatlantirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizi- miga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish deb belgilandi. Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro foy- dali iqtisodiy aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanishga haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasida tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari oʻz aksini topgan: tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi; tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi; savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yoʻl qoʻyilmasligi; tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan oʻzaro manfaatdorlik; tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi. Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqgisodiy aloqalarning ishtirokchilari sifatida roʻyxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqgisodiy faoliyat bilan shugʻullanishga haqli. Binobarin, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayetgan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari hisoblanadi. Download 116.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling