Qishlоq хo`jаligi dа mulkchilik munosabatlari vа tаdbirkоrlik shakllari. Reja


Download 39.44 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi39.44 Kb.
#1621692
1   2   3
Bog'liq
4-mavzu Qishlîq õo`jàligi dà mulkchilik munosabatlari và tàdbirkîrlik sh

2018

2019

2020

2021

Biriktirilgan yer maydoni, ming gektar

5806,2

6207,6

6310,2

6313,5

Qishloq xo’jaligi mahsuloti (amaldagi narxlarda), mlrd. so’m

34271,1

43358,1

48667,0

60394,7

Jami ekin ekilgan maydon, ming gektar

3137,8

2911,4

2773,9

2623,2

Shu jumladan:





donli ekinlar

1442,4

1410,7

1398,7

1334,1

texnik ekinlar

1312,2

1234,3

1099,1

1009,5

shundan: g’o’za

1255,6

1192,1

1068,7

972,9

kartoshka

18,1

9,6

12,5

11,0

sabzavotlar

75,3

55,0

60,9

53,7

poliz

31,7

23,4

23,4

23,9

ozuqa ekinlari

257,7

178,2

178,6

190,4

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ming tonna:





don

6640,4

5733,1

5155,9

6257,5

paxta

2944,3

2837,8

2198,0

2491,8

kartoshka

544,0

429,3

411,6

499,8

sabzavotlar

3328,8

2995,2

2598,3

3179,7

poliz

1013,5

953,4

673,6

884,6

meva va rezavorlar

1017,1

963,2

1037,0

1072,6

uzum

815,2

740,7

692,0

683,7

pilla

24,9

11,4

14,3

15,7

go’sht

62,2

69,3

109,5

125,7

sut

352,7

337,7

397,3

462,0

tuxum, mln dona

656,7

695,3

1079,5

1142,8

jun, tonna

2963

2190

2785

3241

Chorva mollari bosh soni (yil oxiriga), ming bosh:





qoramollar

575,8

615,9

662,2

708,3

shu jumladan sigirlar

193,9

210,3

230,1

249,6

qo’y va echkilar

1518,9

2166,9

2461,7

2691,8

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlariga ko’ra, fermer xo’jaliklariga biriktirilgan yer maydoni keyingi yillarda ko’payganligiga qaramasdan, ulardagi ekin maydonlari qisqargan. Ekin maydonlari qisqarishi barcha turdagi qishloq xo’jaligi ekinlarining maydonlari qisqarishiga olib kelgan. Bu esa o’z navbatida meva va rezavorlardan tashqari barcha turdagi dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2021-yilda 2018-yilga nisbatan qisqarishiga olib kelgan. Fermer xo’jaliklarida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining kam bo’lishiga qaramasdan, ularda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o’sishi kuzatilmoqda.
Mamlakatimizda asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda fermer xo’jaliklarining ulushi to’g’risidagi ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval Asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda fermer xo’jaliklarining ulushi, barcha toifadagi xo’jaliklarga nisbatan foizda

Mahsulotlar

2018

2019

2020

2021

Don

80,4

78,7

78,9

84,2

Paxta

99,5

99,4

96,2

92,6

Kartoshka

19,5

15,4

14,1

16,2

Sabzavotlar

32,7

29,3

27,0

31,1

Meva va rezavorlar

38,9

36,8

38,3

38,9

Go’sht

2,9

3,0

4,5

5,1

Sut

3,6

3,4

3,8

4,3

Tuxum

10,7

11,0

14,5

14,7

Jun

8,0

6,0

8,0

9,2

Qorako’l teri

5,5

5,6

7,9

7,9

Pilla

94,5

91,4

79,7

73,3

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda so’nggi yillarda paxta xomashyosi ishlab chiqarishda fermer xo’jaliklarining ulushi pasaymoqda. Bu so’nggi yillarda patachilik sohasida ham klasterlarning tashkil etilayotganligi bilan izohlanadi. 2021-yilda yalpi paxta hosilining 92,6 foizi fermer xo’jaliklari tomonidan yetishtirilgan bo’lib, ushbu ko’rsatkich 2020-yilda 96,2 foizni tashkil etgan edi. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda fermer xo’jaliklarining ulushi ancha past darajada saqlanib qolmoqda. Masalan, 2021-yilda fermer xo’jaliklarining ulushi go’sht ishlab chiqarishda 5,1 foiz va sut ishlab chiqarishda 4,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2018-yilda ushbu ko’rsatkichlar mos ravishda 4,5 va 3,8 foizni tashkil etgan edi. Ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, fermer xo’jaliklarining chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi so’nggi yillarda o’smoqda. 2018-yilda ushbu ko’rsatkichlar mos ravishda 2,5 va 2,8 foizni tashkil etgan edi. Fermer xo’jaliklarida chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni yanada ko’paytirishni izchil davom ettirish lozim.
3.Qishloq xo’jaligida mulkiy munosabatlarni yanada takomillashtirish
yo’llari.
Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyaning mavjud emasligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, sohaga investitsiyalarni keng jalb etishga, ishlab chiqaruvchilarning yuqori daromad olishiga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xarita”si) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
er va suv resurslari, o‘rmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlash;
qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan bilim va ma’lumotlarni tarqatishning samarali shakllarini qo‘llashni nazarda tutuvchi ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq joylarini muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirishga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish;
zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli uslublarini joriy etishni nazarda tutuvchi tarmoq statistikasining shaffof tizimini yaratish.
3. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi etib belgilansin.
Xulosa
Mamlakatimizda tashkil etilgan shirkat xo’jaliklari dehqonlarning moddiy manfaatdorligini oshirgan bo’lsada, bozor munosabatlari talablariga to’liq javob bera olmadi. Ayrim holatlarda esa shirkat xo’jaliklarini tashkil etishda tashkiliy tomondan ayrim kamchiliklarga yo’l qo’yildi. Ya’ni, samarasiz faoliyat yuritayotgan jamoa xo’jaliklarini shirkat xo’jaliklariga aylantirishda qonunda belgilangan tartibda tashkil etish, jamoa xo’jaliklarida mavjud bo’lgan kamchilikni bartaraf etish maqsadida shirkat a’zolarida mulkdorlik hissini uyg’otish, ularning shirkat xo’jaligi mulkidagi ulushini tasdiqlovchi pay guvohnomalarini rasmiylashtirish va berish kabi holatlarda kamchiliklarga yo’l qo’yildi. Shuning natijasida qishloq xo’jaligi kooperativlari, ya’ni shirkat xo’jaliklari ham ko’zlangan natijani bermadi.

Foydalanilgan adabiyotlar



1 Karimov I.A. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. Т.: O'zbekiston. 1992
2. Karimov I.A. Qishloq xo'jaligi taraqqiyoti - to'kin xayot manbai. Т.: O'zbekiston. 1998
3 O'zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi qonuni. 1998 уil 30 aprel.
4 O'zbekiston Respublikasining "Qishloq хо'jalik kooperativi (shirkat xo'jaligi) to'g'risida”gi qonuni. 1998 уil 30 aprel.
5 O'zbekiston Respublikasining "Dehqon xo'jaligi to'g'risida"gi qonuni. 1998 уil 30 aprel.
Download 39.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling