O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar


Download 79.27 Kb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi79.27 Kb.
#1515821
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-mavzu YЕR RЕSURSLАRIDАN SАMАRАLI FОYDАLАNISHNI YAХSHILАSH VА RАG`BАTLАNTIRISH.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM


IQTISODIYOT yo’nalishi

20-121 talabasi

Mirvaliyeva Zarnigor
Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti fanidan

Mustaqil ishi


YЕR RЕSURSLАRIDАN SАMАRАLI FОYDАLАNISHNI YAХSHILАSH VА RАG`BАTLАNTIRISH.

Reja:

1. Yer resurslarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari.

2. Yerdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi.

3. Yer to’g’risidagi me’yoriy hujjatlar. Yer monitoringi va davlat yer kadastri.



1. Yer resurslarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari.

O’zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi yer maydoni 44896,9 ming gektarni tashkil qiladi. 2020-yil 1-yanvar holatiga qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchilar ixtiyoridagi yer maydoni 20761,6 ming gektarni tashkil etgan (1jadval).


1-jadval Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchilar ixtiyorida bo’lgan yerlar tarkibi, 2020-yil 1-yanvar holatiga, ming gektar


Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi
bilan shug’ullanuvchilar ixtiyorida bo’lgan jami maydon

Shundan:

Qishloq xo’jaligi yerlari

Tomorqa sifatida
foydalaniladigan yerlar

Boshqalar
(o’rmonzor va
boshqalar)

O’zbekiston Respublikasi

20761,6

16025,6

644,6

4091,4

Qoraqalpog’iston Respublikasi

3260,3

2200,0

40,4

1019,9

Andijon

363,7

249,7

43,4

70,6

Buxoro

3441,7

2582,0

56,9

802,8

Jizzax

1400,7

1139,1

31,1

230,5

Qashqadaryo

2322,7

1944,1

73,8

304,8

Navoiy

4501,8

3988,7

24,3

488,8

Namangan

490,0

279,6

47,4

163,0

Samarqand

1476,4

1201,6

79,5

195,3

Surxondaryo

1357,1

1000,3

58,4

298,4

Sirdaryo

370,2

281,6

17,3

71,3

Toshkent

778,2

584,5

55,7

138,0

Farg’ona

561,1

313,8

65,0

182,3

Xorazm

437,7

260,6

51,4

125,7

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
O’zbekiston Respublikasining yer fondi Kadastr agentligi tomonidan har yili 1-yanvar holati bo’yicha korxona, muassasa va tashkilotlarning yerlaridagi barcha o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlar, xo’jaliklar tomonidan yer hisobi hujjatlari asosida tuzilgan hamda tuman, shahar va viloyat hokimlarining qarorlari bilan tasdiqlangan yillik yer hisobotlarini respublika bo’yicha umumlashtirish natijasida tuziladi.
2020-yil 1-yanvar holatiga ko’ra, qishloq xo’jaligi korxonalari va tashkilotlari yerlarning umumiy maydoni mamlakatimiz yer fondining 46,2 foizini tashkil qiladi.
2-jadval Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi yerdan foydalanuvchilar ixtiyoridagi yerlarning tarkibi (1 yanvar holatiga, ming gektar)


Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan
shug’ullanuvchi yerdan foydalanuvchilar
ixtiyoridagi yer maydoni




shu jumladan:




haydaladigan yerlar

ko’p
yillik
o’simlik- lar

pichanzor va
yaylovlar

boshqa
yerlar

2017

20174,0

4014,8

371,2

11020,6

4767,4

2018

20261,6

3999,0

376,8

11091,5

4794,3

2019

20236,3

3988,5

383,1

11028,3

4836,4

2020

20761,6

3998,5

388,7

11559,7

4814,7

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2020-yilda 2017-yilga nisbatan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi yerdan foydalanuvchilar ixtiyoridagi yer maydoni 587,6 ming gektarga ko’paygan. Shu davrda haydaladigan yerlar 16,3 ming gektarga kamaygan, ko’p yillik o’simliklar maydoni 17,5 ming gektarga, pichanzor va yaylovlar maydoni 539,1 ming gektarga, boshqa yerlar esa 47,3 ming gektarga ko’paygan.
Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida sug’oriladigan yerlar muhim ahamiyatga ega. Chunki mamlakatimiz iqlim sharoitida dehqonchilik asosan sug’oriladigan maydonlarda amalga oshiriladi. Turli mavsumlarda yog’ingarchiliklar ko’rinishida tushadigan tabiiy namgarchilik darajasi o’simliklarning butun vegetatsiya davri davomida suvga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondirmaydi. Shu sababli mamlakatimizda dehqonchilik mahsulotlari asosan sug’oriladigan ekin maydonlaridan olinadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2020-yil holatiga mamlakatimizda 4210,1 ming gektar sug’oriladigan yerlar mavjud bo’lib, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning 20,3 foizini tashkil etadi. So’nggi 15 yil mobaynida aholi jon boshiga sug’oriladigan yerlar 24 foizga (0,23 gektardan 0,16 gektarga) kamaygan. Mazkur holat aholi sonining o’sishi, suv ta’minoti hajmining qisqarishi va qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning boshqa yer toifalariga o’tishi natijasida yuzaga kelgan. Bu mamlakatimizda mavjud sug’oriladigan maydonlardan samarali foydalanish lozimligini anglatadi. 2020-yil holatiga jami qishloq xo’jaligi yerlari tarkibida sug’oriladigan yerlarning ulushi ko’rsatkichi bo’yicha Farg’ona (95,1 foiz), Sirdaryo (93,4 foiz), Andijon (92,6 foiz), Xorazm (84,2 foiz) va Namangan (83,2 foiz) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lsa, Buxoro (8,8 foiz) va Navoiy (2,7 foiz) viloyatlari eng past ko’rsatkichga ega. Surxondaryo viloyatida esa ushbu ko’rsatkich 27,0 foizni tashkil etgan. Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi qishloq xo’jalik yerlari tarkibida yaylovlar asosiy salmoqni egallaydi.
Mamlakatimizda sug’oriladigan yerlar to’g’risidagi ma’lumotlar 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval Sug’oriladigan yerlar, barcha toifadagi xo’jaliklarda, ming gektar




2019

2020

2021

2022

Sug’oriladigan yerlar, jami

4205,8

4198,9

4191,2

4210,1

Sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yerlari

3708,8

3702,4

3694,6

3694,8

Sh.j.: qishloq xo’jaligi ekinlari ekin maydoni

3381,1

3143,4

3095,5

2984,7

Shundan:













donli ekinlar

1440,3

1397,5

1400,2

1331,1

texnik ekinlar

1293,3

1225,6

1137,1

1078,0

kartoshka va sabzavotlar

346,2

318,5

353,5

358,5

ozuqa ekinlari

301,3

201,8

204,7

217,1

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
2. Yerdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi.
Yerning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi ahamiyatini inobatga olib, ulardan foydalanishning holati va samaradorligi ustidan nazorat qilib borish zarur. Bunda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin:
a) umumiy yer fondidan foydalanish koeffitsiyenti. Uning darajasini aniqlash uchun qishloq xo’jaligida haqiqatda foydalanilgan yer maydonini foydalanish mumkin bo’lgan yer maydoniga taqsimlash lozim. Buni quyidagi tenglik yordamida aniqlash mumkin:

Bunda: YFK - umumiy yer fondidan foydalanish koeffitsiyenti (foizi);
FY - qishloq xo’jaligida foydalanilgan yer maydoni, ga; FMY - foydalanilishi mumkin bo’lgan yer maydoni, ga.
Bu ko’rsatkichni aniqlash natijasida yerdan foydalanishning to’liqlik darajasi aniqlanadi. Uning darajasi 1 dan ortiq bo’lmaydi, imkon qadar 1 ga teng yoki 1 ga yaqin bo’lishi maqsadga muvofiq. Bu ko’rsatkichni aniqlash natijasida tarmoqda (xo’jalikda) qancha yerdan foydalanilgan va qanchasidan foydalanilmaganligi aniqlanadi. Shundan so’ng bunday holning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choratadbirlari ishlab chiqiladi.
b) yer maydonidan foydalanishlar soni. Uni aniqlash uchun haqiqatda urug’ ekilgan maydonni mavjud ekin maydoniga taqsimlanadi. Bunda quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:
UEM
YFS =

Bunda: YFS - yerdan foydalanishlar soni, ya’ni xo’jalikda mavjud yer maydonlaridan foydalanishlar soni;
UEM - bir yil mobaynida urug’ ekilgan maydon, ga;
UM - umumiy ekin maydoni, ga;
Bu ko’rsatkich yordamida bir maydonga necha marta ekin ekib, foydalanilganlik darajasi, ya’ni soni aniqlanadi. Demak, uning soni birdan ko’p bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun mavjud bo’lgan yerlardan bir necha marta ekin ekib, hosil olishga intilish lozim.
d) ekin maydonlarining mahsuldorligi. Bu ko’rsatkich asosan ekin turlari hamda umumiy maydon bo’yicha, natura va qiymat ko’rinishlarida aniqlanadi, ya’ni ular yordamida 1 gektar foydalanilgan maydondan qancha miqdorda (sentner, tonna) hamda necha so’mlik mahsulot yoki foyda olinganligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:

Bunda: EMM - ekin maydonlarining mahsuldorligi, sentner/ga.
YH - ekin maydonidan olingan yalpi hosil miqdori, sentner yoki tonnada;
EM - ekin ekilgan haqiqiy maydon, ga.
Bu ko’rsatkich yordamida 1 gektar ekin ekilgan maydondan qancha miqdorda hosil olinganligi ekin turlari bo’yicha alohidaalohida aniqlanadi. Jami ekin maydonlari mahsuldorligini aniqlashda quyidagi qiymat ko’rsatkichlaridan ham foydalanish mumkin:
YMQ YD SF

YM = ; ;
QXY QXY QXY
Bunda: YM - foydalanilgan yerlarning mahsuldorligi, ya’ni, bir gektar qishloq xo’jalik yer maydonidan necha so’mlik yalpi mahsulot,
yalpi daromad hamda sof foyda olinganligi aniqlanadi;
YMQ - olingan yalpi mahsulot qiymati, ming so’mda;
QXY - qishloq xo’jalik yerlari, ga;
YD - olingan yalpi daromad summasi, ming so’mda; SF - olingan sof foyda summasi, ming so’mda.
Yer mahsuldorligi ko’rsatkichi muhim ahamiyatga ega bo’lib, agrar sohani intensiv rivojlantirish uchun ushbu ko’rsatkichga alohida e’tibor berish lozim.

Download 79.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling