O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar


Suvdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi


Download 79.27 Kb.
bet6/9
Sana16.06.2023
Hajmi79.27 Kb.
#1515821
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-mavzu YЕR RЕSURSLАRIDАN SАMАRАLI FОYDАLАNISHNI YAХSHILАSH VА RАG`BАTLАNTIRISH.

3. Suvdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi.
Suvning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi ahamiyatini inobatga olib, ulardan foydalanishning holati va samaradorligi ustidan nazorat qilib borish zarur. Bunda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin:
a) suvdan foydalanish koeffitsiyenti. Ushbu ko’rsatkich haqiqatda sug’orilgan maydonni shu suv bilan sug’orilishi mumkin bo’lgan maydonga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Buning uchun quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:

Bunda: SFK - suvdan foydalanish koeffitsiyenti yoki foizi;
SM - haqiqatda sug’orilgan maydon, ga;
SMM - sug’orilishi mumkin bo’lgan maydon, ga.
Buni aniqlash natijasida suvdan foydalanish darajasi belgilanadi. Bu ko’rsatkichni aniqlashda ekinlarga suv berish me’yoriga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Chunki unga rioya qilinsa, albatta, suvdan foydalanish darajasi yuqori bo’ladi. Demak, uning darajasi, ya’ni koeffitsiyenti 1 ga yoki 100 foizga imkon qadar yaqin bo’lishi kerak. Agarda past yoki yuqori bo’lsa, unda ekin maydonlari sifatli sug’orilmagan bo’ladi.
b) suvdan foydalanish samaradorligi. Bu ko’rsatkich yordamida har 1 m3 suv evaziga olingan yalpi mahsulot miqdori, qiymati, daromad va sof foyda summasi quyidagi tengliklar yordamida aniqlanadi:



Bunda: SFS - suvdan foydalanish samaradorligi;
FSM - foydalanilgan suv miqdori, m3
Bu natural hamda qiymat ko’rinishida aniqlanadi. Bunda 1 m3 suvdan foydalanish natijasida qancha miqdorda mahsulotlar yetishtirilganligi hamda necha so’mlik yalpi mahsulot va yalpi daromad, sof foyda olinganligi aniqlanadi.
d) sug’orish tizimidan foydalanish koeffitsiyenti. Uning darajasini aniqlash uchun shu tizimning oxirida ekinlarni sug’orish maqsadida berilgan suv miqdorini shu tizim boshida olingan suv miqdoriga taqsimlash zarur. Bunda quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:



Bunda: STfk - sug’orish tizimidan foydalanish koeffitsiyenti;
TOS - sug’orish tizimining oxirida ekinlarga berilgan suv miqdori;
TBS - sug’orish tizimining boshida olingan suv miqdori.
Bu ko’rsatkich sug’orish tizimining holatini ham ifodalaydi va uning darajasi yoki koeffitsiyenti 1 ga intilishi kerak. Chunki sug’orish tizimining boshida olingan suv ekin maydonlariga to’liq yetkazilishi lozim. Agar uning darajasi past bo’lsa, demak, suvning ma’lum miqdori tizim davomida yerga singib ketgan yoki samarasiz foydalanilgan bo’lishi mumkin. Keyingi yillarda qishloq xo’jaligida foydalanilayotgan xo’jaliklararo sug’orish kanallarining eskirganligi hamda ayrim xo’jaliklarda ariqlarning o’z vaqtida va sifatli tozalanmasligi sababli ularda suv resursining bir qismi behuda yerga singib ketmoqda. Bu esa suv resursidan samarasiz foydalanishga va yerlarning meliorativ holati yomonlashishiga olib kelmoqda. Sug’orish tizimlarining holati suv resursidan foydalanish samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo’jaliklarining 77 foiz sug’orish tarmog’i tuproq o’zanli bo’lib, 44 foiz tarmoq ta’mirlash va tiklashga, 10 foiz tarmoq esa rekonstruksiya qilishga muhtoj. Mavjud lotok tarmoqlarining asosiy qismi 30 yildan ziyod xizmat ko’rsatib ularni o’z vaqtida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmaganligi, shuningdek, xizmat muddatlarini o’tib ketganligi natijasida ularning 70 foizi rekonstruksiya qilish va almashtirishni talab qiladi. Suv iste’molchilarining suv olish joylari esa aksariyat holda suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan.
Natijada irrigatsiya tizimi va sug’orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti o’rtacha 0,63, bir qator hududlarda esa undan ham past bo’lib, asosiy manbalardan olinadigan suvning 35-40 foizi sug’orish tarmoqlarida yo’qotilmoqda.
Demak, mamlakatimiz miqyosida 37 foiz suv sug’orish tizimlarida isrof bo’lmoqda, ularning asosiy qismi yerga singib ketadi. Agar xo’jaliklar ichidagi sug’orish tarmoqlarining o’zanlarini suv o’tkazmaydigan material bilan qoplashga erishilsa, ularning foydali ta’sir koeffitsiyentini 0,85 gacha yetkazish mumkin bo’ladi. Bu ancha suvni tejashga imkon beradi. Ushbu tejalgan suvlardan foydalanish orqali sug’oriladigan yerlar maydonini ko’paytirish imkoni vujudga keladi. Shu sababli sug’orish tizimini doimiy ravishda takomillashtirib borish lozim.

Download 79.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling