O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari
Download 79.27 Kb.
|
11-mavzu YЕR RЕSURSLАRIDАN SАMАRАLI FОYDАLАNISHNI YAХSHILАSH VА RАG`BАTLАNTIRISH.
4. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari.
Global iqlim o’zgarishlari ta’sirida O’zbekistonda suv tanqisligi yildan-yilga ko’proq sezilmoqda. Markaziy Osiyoda so’nggi 50-60 yil davomida muzliklar maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Taxminlarga ko’ra, harorat 20Cga ortganda muzliklar hajmi 50 foizga, 40Cga isiganda esa 78 foizga kamayadi. Natijada mavjud suv resurslari hajmi ham qisqarmoqda. Masalan, O’zbekiston tomonidan foydalanilayotgan suvning yillik hajmi so’nggi yillarda o’rtacha yillik 51-53 km3ni tashkil qiladi, bu esa o’tgan asrning 80-yillariga taqqoslaganda 20 foizga kamdir. Shu bilan birga, mamlakat aholisi ushbu muddat ichida deyarli 2 baravar o’sgan. Hisob-kitoblarga ko’ra, 2050-yilgacha suv resursi Sirdaryo havzasida 5 foizga, Amudaryo havzasida esa 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda. O’zbekistonda 2015yilgacha bo’lgan davrda suvning umumiy taqchilligi 3 km3dan ortiqni tashkil qilgan bo’lsa, 2030-yilga borib 7 km3ni, 2050-yilga borib esa 15 km3ni tashkil qilishi mumkin. Jahon resurslari institutining prognoziga ko’ra, 2040-yilga borib O’zbekiston suv tanqisligi eng yuqori bo’lgan 33 ta mamlakatning biriga aylanadi. Tahlillar iqlim o’zgarishi O’zbekistonda suv taqchilligini yanada keskinlashtirishini, 2000, 2008, 2011, 2014 va 2018-yillardagi kabi qurg’oqchilikning davomiyligi va davriyligi ko’payishiga olib kelishini hamda iqtisodiyotning suv resurslariga bo’lgan ehtiyojini qondirishda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko’rsatmoqda. Keyingi 15 yil ichida aholi jon boshiga suv ta’minoti 3048 kub metrdan 1589 kub metrga qisqardi. Shu bilan birgalikda, respublikada aholi soni yiliga o’rtacha 600650 ming nafarga oshib, 2030-yilga borib 39 mln. nafarga yetishi, ularning sifatli suvga bo’lgan talabi 2,3 km3dan 2,7-3,0 km3ga (18-20 foiz) yetishi kutilmoqda. Bu esa kommunal sohani yildan yilga suvga bo’lgan talabini ortishiga olib keladi. So’nggi yillarda sanoat va energetika sohalari faol rivojlanib, ularning suvga bo’lgan talabi yil sayin oshib bormoqda. Hisobkitoblarga ko’ra bu sohalarning yillik umumiy suv iste’moli 1,9 km3dan 2030-yilga borib 3,5 km3ga (1,8 barobar) yetadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda suv resurslaridan samarali foydalanish talab etiladi. Mamlakatimizda keyingi yillarda yog’ingarchilik miqdori kamayishi munosabati bilan suv resurslari tanqisligi sezilmoqda. Shu sababli respublikamiz hukumati tomonidan suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va suv resurslaridan foydalanishning zamonaviy, tejamli usullaridan foydalanishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Hozirgi vaqtda sug’oriladigan yerlarning faqatgina 1,7 foizida tomchilatib sug’orish joriy etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-sonli farmoni asosida tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo’ljallangan strategiyasi”da 2030-yilgacha mamlakatimizda 1 gektar maydonni sug’orish uchun ishlatiladigan suv sarfini 20 foizga kamaytirish hamda suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar va xaridorlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Mamlakatimizning ayrim hududlarida ilmiy asoslangan holda sel suvlarini saqlab qoluvchi inshootlarni barpo etish orqali ham suv resursi bilan ta’minlanganlikni yaxshilash va sug’oriladigan yerlar maydonini oshirishga erishish mumkin. Suv resurslaridan unumli foydalanish ustidan qat’iy nazorat o’rnatish va sug’orishning zamonaviy usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Mamlakatimizda avvaldan an’anaviy sug’orish sifatida egat oralatib sug’orish foydalanib kelinadi. Bu sug’orish usulining bir qator kamchiliklari mavjud. Avvalo, sug’oriladigan suvning o’rtacha 25-36 foiz (ayrim joylarda 60 foizgacha) qismi yerga singadi, yerning tekisligi talabga nihoyatda javob berishi zarur, ma’lum qiyalik saqlanishi e’tiborga olinadi. Shu jihatdan qaraganda sug’orishning tejamkor usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Joylarning tabiiy-meliorativ sharoitlarini hisobga olgan holda yomg’irlatib, tuproq ostidan, tomchilatib sug’orish usullarini qo’llash katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Download 79.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling