1-oraliq nazoraot ishi 20-variant at hayot sikli spiral model


ERP tizimlar boshqa tizimlardan nimasi bilan farqlanadi?


Download 23.84 Kb.
bet5/7
Sana12.12.2021
Hajmi23.84 Kb.
#180143
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-oraliq

ERP tizimlar boshqa tizimlardan nimasi bilan farqlanadi?

Ko'p hollarda ERP tizimlarni ma'lum bir vazifani bajaruvchi boshqa dasturiy ta'minot vositalari bilan almashtirib qo'yishadi. Masalan, ERP tizimlarni CRM(Customer Relationship Management) tizimi bilan yoki ERP tizimlarni buxgalteriya va soliq dasturlari bilan bir xil dastur deb hisoblashadi. ERP tizimlarning asosiy boshqa tizimlardan asosiy farqi, ERP tizimlar korxona resurslarini biron-bir qismini emas, balki uning barchasini boshqarish uchun mo'ljallangan. Ya'ni quyidagicha sanab chiqish mumkin:

korxonaning barcha bo'limlari vazifalari va ma'lumotlar bazalarini integratsiya qiladi, birlashtiradi;

korxonani yaxlit axborot-dasturiy tizimga birlashtiradi;

korxonadagi har qanday muommolarni hal qilishga yordam beradi.

ERP tizimlar korxona faoliyat olib borishiga qanday yodam bera oladi?

ERP tizimlari korxona uchun muqobil yechim bo'lib, bunda korxona masshtabi, unda fililallar bor-yo'qligi va ularni bir-biridan qanchalik uzoqda joylashgani muommo tug'dirmaydi:

korxona ichida bo'limlari o'rtasidagi hujjatlar almashinuvini tezlashtiradi;

axborot va ma'lumotlarni tezkorlik bilan ko'rish imkonini beradi;

boshqa joyda ishlovchi bo'limlar, filiallar va xodimlarni samarador boshqarish uchun xizmat qiladi.

Korxonadagi barcha moliyaviy ishlarni yaxlit tizimga birlashtirish

Korxona rahbari korxona faoliyati bo'yicha moliyaviy ma'lumotlarni ko'rmoqchi bo'lsa, u korxona bo'limlari tayyorlagan ko'plab hisobotlarni olishi, o'rganishi mumkin. Chunki korxonadagi har bitta bo'lim o'z hisobotini yuritadi va bu bilan ular umumiy faoliyatga ma'lum bir miqdorda o'z hissalarini qo'shishadi. Demak, korxonadagi aynan biron bo'lim qanchalik samarador ishlayotgani, u foyda keltiryaptimi yoki ziyonga ishlayaptimi aniqlash ERP tizimlari orqali juda oson va aniq kechadi. Chunki korxonada ma'lumotlar bazasi yagona bo'lib, biron-bir bo'lim yoki xodim undagi ma'lumotlarni o'zboshimchalik bilan deyarli o'zgartira olmaydi.




Download 23.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling