MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………...…3
3.Tomirsimon ma’dan tanalarini yer osti usulida qazishda massivni boshqarishning mujassamlashgan usulini qo’llash orqali xavfsiz va iqtisodiy samarador tizimini ishlab chiqish……………………………………………………...5
3.1 Murakkab kon – geologik sharoitda paydo bo’lgan tik qiya konlarni qazib olishning samarador usullari ………………………………………………………….5
3.2 Tik qiya tomirsimon konlarni qazib olishning samarador usulini iqtisodiy baholash……………………………………………………………………………….6
3.3 Samarador usullarni grafik yordamida tasvirlash…………………………….9
Xulosa…………………………………………………………………………..12
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………….13
3.Tomirsimon ma’dan tanalarini yer osti usulida qazishda massivni boshqarishning mujassamlashgan usulini qo’llash orqali xavfsiz va iqtisodiy samarador tizimini ishlab chiqish
3.1 Murakkab kon – geologik sharoitda paydo bo’lgan tik qiya konlarni qazib olishning samarador usullari
Murakkab kon-geologik sharoitlarida paydo bo’lgan tik qiya tomirsimon konlarni (qalinligi bir necha sm dan 1-2 m gacha, tushish burchagi 50-90°) minerallashuvning beqaror tabiati, ko'plab tektonik buzilishlar va boshqalar) o’zlashtirish kichik shpur va quduq zaryadi energiyasiga asoslangan turli xil kam uchraydigan qazish tizimlari va texnologiyalarini qo’llashga olib keldi. Quvvatiga qarab tik qiya tomirsimon konlarni qazib olishda ruda miqdorini saqlashga qartilgan magazinlashtirilgan shpur zaryadidan foydalanish, pastki pog’ona orqali qazib olish kabi qazish tizimlaridan va qazib bo’lingan kon lahmini qazib olinayotgan lahim jinslari orqali to’ldirish kabi texnologiyalardan foydalaniladi.
Tomirsimon konlarini o'zlashtirish tajribasini tahlil qilib, tik qiya tomirsimon konlarni qazib olish texnologiyasini takomillashtirishning ikkita asosiy va eng istiqbolli yo'nalishini ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchisi, o'ziyurar qurilmalardan foydalanishga asoslangan qayta to'ldirish va yer osti konlarini pastki po’gona orqali qazib olish kabi qazish tizimidan samarali foydalanishga asoslangan. Bu tendentsiya xorijiy davlatlar konlarida qo’llanilmoqda. Ikkinchisi, tozalash mexanizmlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish asosida kompleks mexanizatsiyalashgan texnologiyani qayta yaratishga asoslangan.
O'ziyurar uskunalardan foydalangan holda yer osti ishlarini amalga oshirish samaradorligi ko'p jihatdan kon lahimlarini o’tish, ishchi gorizontlarni tayyorlash ishlari hajmiga va ularni qayta yuklash agregatlari jihozlashga bog’liq. Bir sathdagi yuk tashish tarmoqlarining soni bir yoki bir nechta bo'lishi mumkin. Qayta yuklash tarmoqlari sonining kamayishi rudani qayta yuklash tarmog’iga yetkazish masofasining oshishiga olib keladi va ularning ko'payishi kon lahimlarini o’tishning ko'payishiga va tog' jinslarini avtosamosvallar bilan tashish masofasining oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |