Amaliy ish Pog‘onani portlatishda shpur zaryadlarini hisoblash


Download 30.31 Kb.
Sana21.10.2023
Hajmi30.31 Kb.
#1714907
Bog'liq
shpur zaryadlarini hisoblash (1)


Amaliy ish
Pog‘onani portlatishda shpur zaryadlarini hisoblash

Ustupda shpur zaryadlari parametrlarini hisoblash quyida keltirilgan formulalar yordamida amalga oshiriladi.


Bitta shpurdagi zaryad massasi (kg) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

bunda: q- portlovchi moddaning hisoblab aniqlangan solishtirma sarfi, kg/m3;
а- qatordagi shur zaryadlari orasidagi masofa, m;
Wп- ustup ost qismining qarshilik chizig’i, m;
H- portlatilayotgan ustup balandligi, m.
Ustup ost qismining qarshilik chizig’i quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

bunda: РI-1 m shpurning portlovchi modda bo’yicha sig’imi (kg/m):

bunda: d—shpur diametri, m; - zaryadlash zichligi, kg/m3;
m-qatordagi shpur zaryadlari orasidagi nisbiy masofa;
bir zumda (oniy) portlatishda m=0,8÷1,1, qisqa sekinlatib portlatishda m=0,9÷1,3, olovli usulda portlatishda m=1,2÷1,4.
Shpur chuqurligi (m) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

bunda: lп—perebur uzunligi, m
Hisoblash ishlarida lп perebur quyidagi qiymatlarda qabul qilinadi: mustahkam tog’ jinslari uchun lп=10dз; o’rtacha mustahkamlikdagi tog’ jinslari uchun lп=6dз; mustahkam bo’lmagan tog’ jinslari uchun lп=3dз;

Agar W va m ning qiymati ma’lum bo’lsa, u holda a ning qiymatini hisoblash mumkin:



Portlovchi modda sig’imi bo’yicha shpur zaryadining massasi quyidagicha aniqlanadi:

bunda: lз—zaryad uzunligi, m.
Shpur zaryadlari qatorlari orasidagi masofa quyidagicha aniqlanadi:
bir zumda (oniy) portlatishda:

qisqa sekinlatilgan portlatishda:

Shpurdagi zaboyka uzunligi:

14.1-misol. Balandligi Н=3m bo’lgan ustup diametri 40 mm bo’lgan shpur zaryadlari yordamida portlatiladi. Zaryad zichligi Δ=0,9 t/m3, m=0,9 va ammonit 6JV solishtirma sarfi q=0,5kg/m3 bo’lsa shpur zaryadi massasi aniqlansin. Shpurlar bir zumda elektr usulida portlatiladi.
Masala yechimi. 1. Δ=0,9t/m3 bo’lganda 40mm diametrli bitta shpurning portlovchi modda bo’yicha sig’imini aniqlaymiz:

2. Δ=0,9kg/dm3 bo’lganda ustup ost qismining qarshilik chizig’ini aniqlaymiz:

Wп=1,4m deb qabul qilamiz.
3. Qatordagi zaryadlar orasidagi masofani topamiz:

4.Bitta shpur zaryadining massasini aniqlaymiz:

Mustaqil yechish uchun masalalar
14.1-masala.O’rtacha mustahkamlikdagi tog’ jinslaridan tashkil topgan balandligi 2,7 m bo’lgan blokni portlatishda diametri 40 mmli 40 ta shpur burg’ilansa burg’ilash ishlari umumiy hajmi Lб aniqlansin.
14.2-masala. Mustahkam qoyali tog’ jinslaridan tashkil topgan balandligi 3,2 m bo’lgan ustupni portlatishda diametri 46 mmli koronkalar ishlatiladi. Agar nisbiy masofa m=1,2, zaryad zichligi Δ=1,1 kg/dm3 va ammanit 6JV solishtirma sarfi 6ЖВ q=0,45 kg/m3 bo’lsa shpur zaryadi massasi Qш ni aniqlang. Portlatish ishlari olovli usulda amalga oshiriladi.
14.3-masala. Mustahkam qoyali tog’ jinslaridan tashkil topgan balandligi 3 m bo’lgan ustupni portlatish uchun diametri 45mm bo’lgan shpur uzunligi aniqlansin.
14.4-masala. Balandligi 2,4 m bo’lgan blokda shpurlar diametri 36 mm, zaryad zichligi 0,95 kg/dm3, nisbiy masofa m=1,2 va portlovchi modda solishtirma sarfi 0,4 kg/m3 bo’lsa shpurlar orasidagi masofa aniqlansin.
14.5-masala. Zaryad zichligi 0,95 kg/dm3, 1 m skvajinaning portlovchi modda bo’yicha sig’imi 1,32 kg, Н=3 m; Qш=3,6 kg; Wп=1,34 m; m=1,1 bo’lsa shpurlar diametri va portlovchi modda solishtirma sarfi aniqlansin.
14.6-masala. Qoyali tog’ jinslaridan tarkib topgan balandligi 2,8 m bo’lgan ustupda Wп=1,4 m; m=1,3 ni tashkil qiladi. Shpurlar to’rt qatorda portlatiladi. Agar shpurlar diametri 42mm bo’lsa, qatordagi shpurlar orasidagi masofa, shpurlar qatorlari orasidagi masofa va shpurlar uzunliklari aniqlansin.
14.7-masala. Diametri 40 mm bo’lgan shpurdagi zaryad uzunligi shpur uzunligining 0,75 qismini tashkil etadi va 2,1 m ga teng. Shu sharoitda mustahkam bo’lmagan tog’ jinslarini portlatishda ustup balanligini aniqlang.
14.8-masala. O’rtacha mustahkamlikdagi tog’ jinslaridan tashkil topgan balandligi 2,6 m bo’lgan ustupni portlatishda diametric 43mm bo’lgan shur zaryadlari qo’llaniladi. Agar q=0,9 kg/m3; m=1,3; Δ=0,95 kg/dm3 bo’lsa shpur zaryadi massasi va 1m shpur portlashida chiqadigan kon massasi aniqlansin.
Download 30.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling