15-Amaliy ish Pog‘onani portlatishda skvajina zaryadlarini hisoblash


Download 43.28 Kb.
bet1/2
Sana01.03.2023
Hajmi43.28 Kb.
#1238572
  1   2

15-Amaliy ish
Pog‘onani portlatishda skvajina zaryadlarini hisoblash

Portlatish ishlari texnik pasporti va skvajinalarning ustupda joylashish sxemasini tuzishda marksheyderlar 1:500 lik miqyosda gorizontning plani va portlatilayotgan blok nusxasini tuzishadi. Ushbu planshet va nusxalarga burg’ilash portlatish ishlari hisoblangan parametrlariga mos holda skvajinalar joylashish nuqtalari belgilanadi. Nuqtalarni ko’chirishdan oldin marksheyder ustup ustki va pastki qirralarining joylashish holatini aniqlaydi. Chunki ustup ost qismi qarshilik chizig’i qiymati ustup qirralari joylashish holatiga bog’liq bo’ladi.


Ustupda skvajina zaryadlari parametrlarini hisoblash quyida keltirilgan formulalar yordamida amalga oshiriladi.
Skvajina zaryadi massasi (kg)
,
bunda: q- portlovchi moddaning hisoblab aniqlangan solishtirma sarfi, kg/m3;
а- qatordagi skvajina zaryadlari orasidagi masofa, m;
Wп- ustup ost qismining qarshilik chizig’i, m;
H- portlatilayotgan ustup balandligi, m.
Ustup ost qismining qarshilik chizig’i (m)
,
yoki
,
bunda: р – 1m skvajinaning portlovchi modda bo’yicha sig’imi, kg;
;
m – skvajinalarorasidagi nisbiy masofa;
d – zaryad diametri, m;
- zaryad zichligi, kg/m3.
Shuningdek quyidagi S.A. Davidov formulasidan ham foydalaniladi:
,
bunda: kт – massiv darzdorligini hisobga oluchi koeffisient. Yirik blokli tog’ jinslari uchun kт = 1, mayda blokli tog’ jinslari uchun kт = 1,2;
п – tog’ jinsi zichligi, kg/m3.
Bitta skvajina yordamida parchalanadigan tog’ jinslari hajmi


.
1m skvajina portlaganda chiqadigan tog’ jinslari hajmi (m3/m)

bunda: Lc – skvajina chuqurligi, m;
,
bunda: hперperebur qiymati, m.
Xavfsiz burg’ilash sharoitini ta’minlovchi ustup ustki qirrasidan birinchi qatordagi skvajina markazigacha bo’lgan masofa (m)
,
bunda: - ustup otkosi qiyalik burchagi, gradus.
odatda с3 m.
Boshqa turdagi portlovchi modda qo’llanilganda PM solishtirma sarfi qiymati quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
, кг/м3,
bunda: q – ammonit 6 JV solishtirma sarfi, kg/m3;
е – portlovchi modda nisbiy ish bajara olish qobiliyati koeffisienti.
Portlashning ideal ishi bo’yicha portlovchi moddalarning hisoblangan nisbiy ish bajara olish qobiliyati koeffisientlari (etalon-ammonit 6 JV) 15.1-jadvalda keltirilgan.
15.1-jadval

Portlovchi modda turi

е

Portlovchi modda turi

е


Download 43.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling