NAVOIY KON METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
ENERGO MEXANIKA FAKULTUTI
O'ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI. FUQAROLIK JAMIYATI FANIDAN
1-Oraliq nazorat ishi
Bajardi:3v-18EE NUSRATOV MUHAMMAD
NAVOIY 2020
10-ВАРИАНТ
Демократик ислохотларни чукурлаштириш ва мамлакатни модернизация килишда сиёсий партияларнинг ўрни.
Жиноятчиликка қарши курашиш ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш борасидаги фаолиятни мувофиқлаштиришнинг самарадорлигини оширишда алоҳида эьтибор қаратиш лозим булган жиҳатлар.
ЯИМ тушунчаси ва унинг давлат иқтисодий ҳаётидаги роли
1 Mamlakatimizda demokratlashtirish jarayonlari samaradorligi va sifatini tubdan yaxshilash, fuqarolarning erkinliklari, huquqlari, munosib turmush tarzi va manfaatlarini taminlash, bunda davlat idoralari masuliyatini kuchaytirish, xalq bilan ochiq muloqotlarni yolga qoyishda yangi samarador vositalar va usullarni joriy etish, Inson manfaatlari-barcha narsadan ustun shiori ostida ish olib borish hisoblanadi. Prezident Sh.Mirziyoev davlat va boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot mutasaddilari faoliyatiga nisbatan takidlaganlaridek, “Biz keyingi paytda odamlar bilan muloqot qilishni unutib qoydik. Ularning ichiga kirib, ochiq va samimiy gaplashish, dardini eshitish bizning faoliyatimizda, afsuski, oxirgi oringa tushib qoldi”1. Xalq qabulxonalarining barcha hududlarda ish boshlagani, xalq bilan keng miqyosda muloqot olib borilayotgani davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oshkoraligini taminlash boyicha olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida keng kolamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat boshqaruvining mutlaqo yangi va samarali faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni talab qiladi.
Shu munosabat bilan mamlakatda davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish va modernizatsiya qilish boyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlat organlari faoliyatining ochiqligini taminlash va davlat xizmatlari korsatish tizimini takomillashtirish uchun elektron portallar va malumotlar bazalari yaratildi.
Xususan, ruxsat beruvchi hujjatlar va litsenziya olishni soddalashtirish uchun www.license.gov.uz, «yagona darcha» tamoyili boyicha davlat xizmatlari korsatishni taminlash uchun birdarcha.uz veb-saytlari yaratildi. Davlat xizmatlarini qayta korib chiqish va optimallashtirish natijasida tadbirkorlik subektlarini royxatga olishning tartib-taomillari 4 martaga, royxatga olish uchun zarur vaqt esa 30 daqiqaga qadar qisqartirildi.
SHu bilan birga, songgi yilda amalga oshirilgan keng kolamli ishlarning obektiv tahlili, davlat boshqaruvi organlari faoliyati, aholi bilan ochiq va togridan-togri muloqot natijalari mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli hal etishga ehtiyoj vujudga kelganligini korsatdi.
Bu, birinchi navbatda, quyidagi holatlarga taalluqlidir:
bir qator idoralarning vazifalari deklarativ xususiyatga egaligi va ularni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yetarli emasligi;
faqat holatlarni qayd etish va statistikani toplashdan iborat bolib qolgan faoliyatni baholashning samarasiz tizimi va bu kopchilik hollarda joylardagi ishlarning haqqoniy holatini aks ettirmaydi;
hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va aholining eng muhim muammolarini hal qilishda mahalliy hokimiyat organlari rolining pasayishiga olib keluvchi davlat funksiyalarining haddan tashqari markazlashtirilganligi;
byurokratlashtirish va yuqori sarf-xarajatlarga olib kelayotgan innovatsion rivojlanishning past darajasi;
xojalik boshqaruvi organlari tomonidan davlatning tartibga solish va xojalik funksiyalari qoshib olib borilishi, soglom raqobat muhitining rivojlanishiga tosqinlik qiluvchi imtiyoz va preferensiyalarni tanlab taqdim etish amaliyoti;
hududlarning rivojlanishiga salbiy tasir korsatayotgan ayrim rahbarlarda lozim darajada masuliyat va tashabbuskorlikning mavjud emasligi.
Ushbu kamchiliklar iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani modernizatsiyalash, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholining hayot darajasi va farovonligini yuksaltirish boyicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga tosqinlik qilmoqda.
Bu borada davlat rahbari tomonidan qabul qilingan «Ozbekiston Respublikasida Mamuriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash togrisida»gi Farmon 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam hisoblanadi hamda mohiyatiga kora Ozbekistonning davlat va jamiyat qurilishida yangi sahifani ochib beradiMustaqillik tufayli biz ozligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida Ozbekistonning ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni tugildi. Qisqa davr ichida davlat va jamiyat qurilishida, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ulkan zafarlar qolga kiritildi, fuqarolarimiz ongida tom manoda yangicha qarash va yangicha fikrlash asoslari shakllandi.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |