1-Oraliq nazorat ishi Bajardi: 3v-18ee nusratov muhammad navoiy 2020


Download 26.21 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi26.21 Kb.
#215943
Bog'liq
Nusratov Muhammad[1]

NAVOIY KON METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
ENERGO MEXANIKA FAKULTUTI
O'ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI. FUQAROLIK JAMIYATI FANIDAN



1-Oraliq nazorat ishi


Bajardi:3v-18EE NUSRATOV MUHAMMAD

NAVOIY 2020
10-ВАРИАНТ

  1. Демократик ислохотларни чукурлаштириш ва мамлакатни модернизация килишда сиёсий партияларнинг ўрни.

  2. Жиноятчиликка қарши курашиш ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш борасидаги фаолиятни мувофиқлаштиришнинг самарадорлигини оширишда алоҳида эьтибор қаратиш лозим булган жиҳатлар.

  3. ЯИМ тушунчаси ва унинг давлат иқтисодий ҳаётидаги роли

1 Mamlakatimizda demokratlashtirish jarayonlari samaradorligi va sifatini tubdan yaxshilash, fuqarolarning erkinliklari, huquqlari, munosib turmush tarzi va manfaatlarini ta’minlash, bunda davlat idoralari mas’uliyatini kuchaytirish, xalq bilan ochiq muloqotlarni yo’lga qo’yishda yangi samarador vositalar va usullarni joriy etish, “Inson manfaatlari-barcha narsadan ustun” shiori ostida ish olib borish hisoblanadi. Prezident Sh.Mirziyoev davlat va boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot mutasaddilari faoliyatiga nisbatan ta’kidlaganlaridek, “Biz keyingi paytda odamlar bilan muloqot qilishni unutib qo’ydik. Ularning ichiga kirib, ochiq va samimiy gaplashish, dardini eshitish bizning faoliyatimizda, afsuski, oxirgi o’ringa tushib qoldi”1. Xalq qabulxonalarining barcha hududlarda ish boshlagani, xalq bilan keng miqyosda muloqot olib borilayotgani davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oshkoraligini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida keng ko’lamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat boshqaruvining mutlaqo yangi va samarali faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni talab qiladi.

Shu munosabat bilan mamlakatda davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish va modernizatsiya qilish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini takomillashtirish uchun elektron portallar va ma’lumotlar bazalari yaratildi.

Xususan, ruxsat beruvchi hujjatlar va litsenziya olishni soddalashtirish uchun www.license.gov.uz, «yagona darcha» tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishni ta’minlash uchun birdarcha.uz veb-saytlari yaratildi. Davlat xizmatlarini qayta ko’rib chiqish va optimallashtirish natijasida tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olishning tartib-taomillari 4 martaga, ro’yxatga olish uchun zarur vaqt esa 30 daqiqaga qadar qisqartirildi.

SHu bilan birga, so’nggi yilda amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlarning ob’ektiv tahlili, davlat boshqaruvi organlari faoliyati, aholi bilan ochiq va to’g’ridan-to’g’ri muloqot natijalari mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli hal etishga ehtiyoj vujudga kelganligini korsatdi.

Bu, birinchi navbatda, quyidagi holatlarga taalluqlidir:

bir qator idoralarning vazifalari deklarativ xususiyatga egaligi va ularni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yetarli emasligi;

faqat holatlarni qayd etish va statistikani to’plashdan iborat bo’lib qolgan faoliyatni baholashning samarasiz tizimi va bu ko’pchilik hollarda joylardagi ishlarning haqqoniy holatini aks ettirmaydi;

hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va aholining eng muhim muammolarini hal qilishda mahalliy hokimiyat organlari rolining pasayishiga olib keluvchi davlat funksiyalarining haddan tashqari markazlashtirilganligi;

byurokratlashtirish va yuqori sarf-xarajatlarga olib kelayotgan innovatsion rivojlanishning past darajasi;

xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan davlatning tartibga solish va xo’jalik funksiyalari qo’shib olib borilishi, sog’lom raqobat muhitining rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi imtiyoz va preferensiyalarni tanlab taqdim etish amaliyoti;

hududlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan ayrim rahbarlarda lozim darajada mas’uliyat va tashabbuskorlikning mavjud emasligi.

Ushbu kamchiliklar iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani modernizatsiyalash, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholining hayot darajasi va farovonligini yuksaltirish bo’yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga to’sqinlik qilmoqda.

Bu borada davlat rahbari tomonidan qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi Farmon 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam hisoblanadi hamda mohiyatiga ko’ra O’zbekistonning davlat va jamiyat qurilishida yangi sahifani ochib beradiMustaqillik tufayli biz o’zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O’zbekistonning ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni tug’ildi. Qisqa davr ichida davlat va jamiyat qurilishida, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ulkan zafarlar qo’lga kiritildi, fuqarolarimiz ongida tom ma’noda yangicha qarash va yangicha fikrlash asoslari shakllandi.



2

1 Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқ. Ҳалқ сўзи, 8 декабрь, 2016 йил.

Download 26.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling