1. Organizm uchun oziq moddalarning mohiyati. Oziq moddalarning tarkibi
Download 16.89 Kb.
|
5-mavzu SOG`LOM OVQATLANISH VA SALOMATLIKNI SAQLASH MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. To`g`ri ovqatlanish va uni tashkil qilish chora tadbirlari
- To’g’ri ovqatlanish va uning ahamiyati
- Zamonaviy odamning ratsional ovqatlanishi.
5-mavzu: SOG`LOM OVQATLANISH VA SALOMATLIKNI SAQLASH MUAMMOLARI Reja: 1. Organizm uchun oziq moddalarning mohiyati. 2. Oziq moddalarning tarkibi. 3. Oqsil, yog`, uglevod, suv, mikroelementlarning umumiy ta‟rifi, vazifalari. 4. To`g`ri ovqatlanish va uni tashkil qilish chora tadbirlari Hayot asosida uchta oqimning - moddalar, energiya va axborotning birlashuvi yotadi. Bu uchta oqimning mavjudligini ta‟minlash uchun, asosan oziq moddalar bilan tashqi muxitdan boshlang`ich material tushib turishi kerak. Asosiy oziq moddalariga oqsillar, yog`lar, uglevodlar, suv, vitaminlar, mineral moddalar kiradi. Oqsillar organizmda quyidagi vazifalarni bajaradi: - plastik - hujayralarning qurilish materiali; - katalitik - fermentlarning asosiy qismini tashkil etadi; - immun, turning individual xossasini namoyon qiladi; - transport, qonning qismini tashiydi. Ovqat tarkibidagi oqsillar 20 ta aminokislotadan iborat, ulardan 8 tasi almashtirilmaydi, ya‟ni organizmda sintezlanmaydi. Yo`g`on ichakda ba‟zi bir aminokislotalar sintezlanadi. Almashtirilmaydigan aminokislotalar 30% dan kam bo„lmasligi kerak. Yetuk oqsillar xayvondan, yetuk bo`lmagan oqsillar o`simlikdan kelib chiqadi. 1-1,5 g vaznga oqsilni normada qabul qilish kerak, lekin bunda 1 g oqsil miqdorida 1 mg vitamin S yuborish kerakligini inobatga olish lozim, bo„lmasa ovqat xazm qilish buzilib, yo`g`on ichakda oqsil chiriydi. Xayvonda yuzaga keladigan aminokislotalar yig`imi, odam organizmi uchun kerakli aminokislotalarga yaqin. 46-48°S issiqlikda ovqatga ishlov berilganda oqsillar koagulyatsiyasi, 54°S da esa fermentlar aktivligi yo„qolib, oqsillar xazm qilinishi pasayadi. Yog‘lar organizmda ko„p vazifalarni bajaradi: - xujayra qurilishi uchun plastik material (jinsiy va asab xujayralarining qobig`i 50% yoshdan iborat); - gormon sintezida ishtirok etadi (gapofiz, buyrak usti bezi gormonlari); - organizmning yuqori energetik zaxirasi xisoblanadi (1 g yog` yonganda 9,3 kkal issiqlik chiqadi); - A, D, K, E vitaminlar funksiyasi uchun kerak. Zamonaviy odam ratsioniga o`simlik va xayvon yog`lari kiradi. Birinchisiga yarim to`yingan yog` kislotalar kiradi. Linolin kislotasi organizmda sintezlanmaydi. Xayvon yog`lari tarkibidagi xolomikron, xolesterin yog` pufaklari qonning quyilishiga olib keladi. Bu yog„lar toksinlarni yig`adi. O`simlik yog`lari yarim to`yingan kislotalardan tuzilgan. Bu turdagi kislotalar xolesterin va uning xosilalarining organizmdan chiqib ketishiga sabab bo`ladi. qaynatilganda yog`lar aldegid, keton tanachalari va radikallar, konserogenlargacha parchalanadi. Ovqat xazm qilish traktida yog`lar fermentlar yordamida glitserin va yog` kislotasigacha parchalanadi. Organizmning yog`larga bo`lgan ko`plik extiyoji 25-30 g. Uglevodlar sintezlanmaydi, lekin ularning energik axamiyati bor. Ular monosaxaridlar, oligosaxaridlar va polisaxaridlarga bo`linadi. Monosaxaridlar: glyukoza, fruktoza, oligosaxaridalar: saxaroza, maltoza, laktoza, polisaxaridlarga kraxmal, sellyuloza, kletchatka, pektinlar kiradi. Murakkab polisaxaridlar oddiylargacha parchalanadi, agar xazm bo„lish jarayoni buzilsa, ular achiydi va chiriydi. Oziq tolalari xazm bo„lmaydi, lekin ular quyidagilar uchun kerak: - oziq xazm bo`ladigan massaning gelsimon strukturasini xosil qiladi, oshqozon bo„shashi xazm bo`lish tezligi va oziq massasining xarakatiga ta‟sir qiladi. - axlat toshlarini xosil bo`lishini, suvni ushlanishini, massasi va konsistensiyasini faollashtiradi; - o`t kislotasini yo`qotishini to`xtatadi va adsorblaydi, natijada xolesterin va o`t kislotasi, shuningdek, qondagi gemoglabin normal darajasini ta‟minlaydi; - yallig`lanishga qarshi va antitoksin ta‟sir etadi; - vitaminlar sintezida qatnashadi; - oziq tolalari mikroflora yordamida yo`g`on ichakda singdiriladi va keyinchalik bu yangi moddalar organizmda ishlatiladi; - organizmdan toksinlar va og`ir metan chiqishini ta‟minlaydi; - ateroskleroz, gipertoniya, qandli diabet kasalliklarini oldini oladi. Organizmda parchalanadigan va so`riladigan nozik oziq tolalarini (olma, karam, kartoshka) va dag„al (sabzi, lavlagi) tolalari farqlanadi. 1 sutkalik extiyoj 15-20 g. Suv. Odamda 65% oziq-ovqatni suv xosil qiladi. Suv normal modda almashinuvida uchun asosiy muxitni xosil qiladi. Suyuqlikni ko`p iste‟mol qilish odamga zarar yetkazadi (masalan, yurak, buyrak faoliyatiga). Vitaminlar - ovqatning ajralmas qismi bo„lib, biologik katalizator vazifasini bajaradi. Ular organizmning oziq moddalarini to„g„ri va ekologik ishlatilishini ta‟minlaydi. Vitaminlar suvda va yog„da eriydiganlarga 2 bo„linadi. Birinchilari fermentlarning tuzilishi va funksiyasini shakllanishiga, ikkinchisi xujayra membranasini xosil bo`lishida ishtirok etadi. Ovqatlarni uzoq vaqt saqlashda vitaminlar miqdori kamayadi. Vitaminlar aktivligi oziq moddalarning tarkibidagi oqsil komponentlari bilan boshlanishiga bog`liq. Organizmni vitaminlarga bo„lgan talabi individualdir. Mineral moddalarning turli vazifalari mavjud: - ko„pgina fermentativ tizimlarning vazifasi va strukturasini belgilaydi; - aloxida muxim fiziologik jarayonlarning normal kechishini ta‟minlaydi; - to`qima tuzilishi va plastik jarayonlarida qatnashadi; - qondagi tuz tarkibini belgilaydi; - suv-tuz almashinuvini normallashtiradi. Organizmga mineral moddalar meva va sabzavotlar bilan kiradi. Ularning katta axamiyati shundaki, ular biologik bog`liq tuzilmalarda bo„lib, bu komplekslar organizm tomonidan yaxshi xazm bo`ladi. Organizmga kirgan mineral moddalarning absolyut kirishigina emas, balki ularning miqdori xam axamiyatlidir. O`simlik maxsulotlari oksidlanadi, xayvon (tovuq, tuxum, mol go„shti) qaytariladi. Bu esa goleostoz uchun katta axamiyatga ega. Tuzlarning (K ionlari) miqdori oshishi xazm bo`lish jarayonini ratsional kechishini ta‟minlaydi. Na ionini oshishi esa hujayra, nafas olinishini qiyinlashtiradi, ximoya kuchlarini susaytiradi, anabolizm jarayonlari xam susayadi. Na miqdorining keskin oshishi organizmda suyuqlkshi ushlanib qolishiga, qonda osmatik bosimini ko`tarilishiga, bu esa to„qimalardagi suyuqlikni qonga o„tkazishga, tomirlar to„lishiga, arterial bosimi oshishiga olib keladi. To’g’ri ovqatlanish va uning ahamiyati 15 ming odam avlodi tabiiy oziq-ovqatlar bilan oziqlanganlar, bu esa o`z navbatida odam tanasini o`ziga xos tuzilishini va kimyoviy tarkibini ifodalagan. Iste‟mol qilinadigan oziq-ovqat tarkibida xam o`simlik, xam xayvon maxsulotlari ishlatiladi. Odam qonida rN 7,4 ga teng, o`simliklarning rN 7,6-7,8, mevaxo„rlarda rN 7,2 ga teng. Bunday dalil esa o„z navbatida tabiiy ovqat maxsulotlari bilan oziqlanish foydali ekanligini isbotlaydi. Xozirgi zamonamizning evolyutsiya natijasida shakllangan ovqatlanish tuzilmasi bir qancha sabablar tufayli buzilgan. Ovqat tayyorlash jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi: - oziq-ovqatga termik ishlov berish; - oziq maxsulotlarini tozalash; - maxsus moddalarni qo„shish; - oziq maxsulotlarini noto`g`ri yig`indisidan foydalanmaslik. Ratsional ovqatlanishning valeologik bahosi Odamning ovqat xazm qilish tizimi tuzilishi evolyutsiya jarayonida oziq maxsulotlarining tarkibi va tuzilishiga qarab moslashib borgan. Xar bir oziq maxsuloti uchun aloxida gurux ishlaydi. Xazm tizimining xar bir qismida o„ziga xos muxit va xazm jarayoni bajariladi. Og`izda kuchsiz ishqoriy muxit, oshqozonda kislotali, ingichka ichakda ishqoriy va yo`g`on ichakda kuchsiz kislotali muxitdir. Bundan kurinib turibdiki, xar bir qismda bosqichma-bosqich oziq maxsulotiga ishlov beriladi. Ovqat xazm bo„lishida ichakda (240 xil) simbiotik mikroorganizmlar ishtirok etadi. Bakterial muxit ovqat xazm qilish tizimidagi kerakli nisbiylikning regulyatori xisoblanadi. Ularning vazifasi ovqatdan ortiqcha va zararli komponentlarni parchalashdir. Zamonaviy odamning ratsional ovqatlanishi. Hozirgi kunda zamonaviy ovqatlanish ratsioni organizmga kirgan ovqat kaloriyasi, ishlatiladigan energiyasiga nisbati olinadi. Odamning xayoti uchun kerakli energiya 1200-1700 kkaloriyadir, lekin odam qanchalik jismoniy faoliyati kuchli bo`lsa, shunchalik energiya ko`p kerak bo`ladi. Ovqatlanish tartibi individual bo`lib, uning tarkibi odamning genetik xususiyatlari, yoshi, jinsi, xayot faoliyati, odatlari, mutaxassisligi, oilaviy sharoiti va xarakat aktivligiga bog`liq. Shularni xisobga olib quyidagilarga e‟tibor qilish kerak: - ovqatni qabul qilishni ishlash va o`qish tartibi bilan bog`lash; kam xarakatlikda ovqatni qabul qilishdan oldin 10-15 ta jismoniy mashqlar qilinishi kerak; yuqori aktivlikdagi xarakatda ovqat oqsil va uglevodga boy bo`lishi lozim; - o`sayotgan organizm ovqat ratsioniga ishlatilayotgan balansga qarshi kirayotgan ovqat balansi nisbatan musbat bo`lishi kerak; - balanslangan ovqatlanishning ko`rsatkichi - kattalarda yoshiga xos standartlarga muvofiq optimal tana vazniga ega bo`lishi xisoblanadi; - ovqatlar tarkibida o`simlik va xayvon maxsulotlari bo`lishi lozim; - og`ir mexnatdan oldin `yengil` ovqat yeyish kerak. Ovqatlanishni rejalashtirish kerak 60-80% ovqat tayyor maxsulotlar (meva, sabzavot, donlar)dan iborat bo`lishi kerak, Sutkasiga oziq moddalar bilan birga 1-1,5 litr suv qabul qilinadi. Suv va suyuqliklar ovqatdan 20-30 daqiqa oldin mbul qilinadi. Ovqatlanishni avval o`simlik maxsulotlaridan boshlash kerak. Ovqatni qabul qilish oralig`i 5-10 soatni tashkil etishi lozim. Ovqatlanish odamning xayot faoliyati uchun zarurdir. To`g`ri ovqatlanish sog`liqni saqlash na mustaxkamlash uchun xizmat qiladi. Download 16.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling