1-o‘rin Abdujabborova Marg‘uba 500 ming
Download 7.71 Kb.
|
media axborot hisoboti
Namangan davlat chet tillari instituti Axborot-resusrs markazi rahbari va xodimlari tomonidan 2023-yil davomida respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida chiqishlar bo‘yicha media reja mart oyi Axboroti “Axborot-resurs markazida talabalarga ko‘rsatilayotgan zamonaviy xizmatlar va tizimdagi yangiliklar” mavzusida tuman “Davr” gazetasiga mart oyida maqola topshirildi. Mazkur maqolada Institut Axborot-resusrs markazi va unda talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, sharoit va imkoniyatlar, umumiy kitob fondi, elektron kutubxona va uning afzalliklari haqida atroflicha fikr yuritilgan. Namangan davlat chet tillari instituti Axborot-resusrs markazi rahbari va xodimlari tomonidan 2023-yil davomida respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida chiqishlar bo‘yicha media reja aprel oyi Axboroti Namangan davlat chet tillari instituti Axborot-resurs markazi xodimlari tashabbusi bilan aprel oyida talabalar o‘rtasida “Kitob – bilim manbai” nomli maqolalar tanlovi o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarining maqolalari bilan faol ishtirok etishdi. Uchta sovrindor o‘rin aniqlandi: 1-o‘rin Abdujabborova Marg‘uba – 500 ming; 2-o‘rin Raufova Zarina - 300 ming; 3-o‘rin Yigitaliyeva Marjona – 200 ming. miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi hamda 1-o‘rin sohibasi Abdujabborova Marg‘ubaning “Kitobga mehr bering” nomli maqolasi “Ibrat” gazetasining aprel oyi sonida nashr qilindi. Namangan davlat chet tillari instituti Axborot-resusrs markazi rahbari va xodimlari tomonidan 2023-yil davomida respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida chiqishlar bo‘yicha media reja may oyi Axboroti To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligining muassisligidagi “Davr” gazetasining may oyi 10-sonida Namangan davlat chet tillari institutining Axborot-resurs markazi xodimi Jamila Xaydarovaning "Ajdodlarning munosib davomchilari" nomli maqolasi chop etildi. Bundan tashqari kitobxonlik haftaligi doirasida “Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati” shiori ostida guruhlarda targ‘ibot ishlari amalga oshirildi va har bir talaba va xodimlardan ARM fondi uchun bittadan kitob sovg‘a qilishga chorlandi hamda ARM fondiga yangi olib kelingan kitoblarning taqdimoti tashkillandi. Kitobxonlik haftaligi doirasida ko‘plab talaba va xodimlar institut ARM fondiga kitoblar hadya qilishdi va bu jarayon uzliksiz ravishda institut web-saytida berib borildi. Download 7.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling