MAVZU:O’ZBEKISTONDAGI MUZEYLAR TARIXI REJA. - O‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik.
- O’zbekistondagi muzeyar.
- Sohaviy terminlar.
- Yurtimiz tarixi, xalqimizning boy ma’naviy merosi haqida tushunchaga ega bo‘lish, undan bugungi avlodni xabardor etishda muzeylarning o‘rni katta. Shu bois, mamlakatimizda
mazkur muassasalar faoliyatini takomillashtirish, ularning zamon talablari darajasida ish olib borishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. - O‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonuni hamda Prezidentimizning 1998-yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni bu boradamuhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.
- Muzeylar… Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli o`tmishimiz, tariximiz aks etgan. O`zbekiston Respublikasining
- Birinchi Prezidenti I. A. Karimov : “Tarixsiz – kelajak yo`q “,deganlaridek, tariximizni bilish, uni o`rganish bizning oliy va sharafli burchimizdir. Bunday paytlarda, bizga tarixiy muzeylarimiz katta yordam beradi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘tgan yil 2-8-sentabr kunlari viloyatda “Muzeylar haftaligi” yuqori saviyada tashkil etilib, ellikdan ortiq ko‘rgazma va ekspozitsiyalar namoyish qilindi. Bu sa’y-harakatlar natijasida bugungi kunda muzeylar aholi hordiq chiqaradigan, o‘quvchi va talaba-yoshlar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar, dars mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan ma’naviy maskanga aylanib bormoqda.
- Muzey-qo‘riqxona xodimlari viloyatdagi korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarining o‘z muassasalari tarixiga oid materiallar jamlangan muzeylarni tashkil etishga ham uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
- Muzeyqo‘riqxona qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan “Gid-ekskursovodlar tayyorlash markazi”da har yili yuzlab yoshlar mazkur soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lib, muzeylar, tarixiy obidalarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili markaz tomonidan tarixiy obidalar va muzeylar ekspozitsiyalari bo‘yichatayyorlangan ekskursiya matnlari kitob shaklida chop etildi. “Muzeyda ekspozitsiyalar, doimiy va ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etish” bo‘yicha uslubiy qo‘llanma nashr qilindi.
- Muzeylarda konseptual dasturlar asosida amalga oshirilayotgan bunday
- ishlar xalqimiz, avvalo, yoshlarning yurtimiz tarixi va madaniyatiga oid bilimini boyitish, tarix va kelajak o‘rtasidagi ko‘prikni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.
- O‘zbekistonda hozirgi kunda 350 dan ortiq muzey va muzey faoliyati bilan bog‘liq ko‘rgazma muassasalari mavjud. Madaniyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 90 tasi davlat muzeylaridir.
- “Xususan, Madaniyat vazirligi tizimida 79 ta (shundan 32 tasi filial) muzeylar faoliyat ko‘rsatmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.
- Bundan tashqari, O‘zbekistonda uchta yirik — Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida muzey-qo‘riqxonalar mavjud bo‘lib, ular tarkibida 38 ta muzey ishlab turibdi. Madaniyat
Do'stlaringiz bilan baham: |