- Iqtisodiyot terminologiyasini, umuman, boshqa soha terminologiyalarini ham boyitishda ona tili imkoniyatlaridan foydalanish haqida gap ketganda quyidagi uch holatga e’tibor berish zarur bo‘ladi: 1. Muayyan bir tilda, shuningdek, o‘zbek tilida ham iqtisodga oid tushunchalarni aniq ifodalovchi qator leksemalar qadim-qadimdan qo‘llab kelinmoqda. O‘zbek adabiy tili boyligining bir qismi o‘laroq, bunday so‘zlar keyinroq, konkret terminologik tizim vujudga kela boshlashi bilan iqtisod fanining maxsus tushunchalarini ifodalash uchun jalb qilina boshlangan edi. Masalan, haq, bitim, pay, garov, dallol, pul, so‘m, sug‘urta, savdo, omonat, g‘amlama va boshqalar.
- 2. Iqtisodiyot bilan aloqasi bo‘lmagan, boshqa-boshqa sohalarda qo‘llanadigan terminlar ham maxsuslashtiriladi, ya’ni iqtisodiy terminlar sifatida ishlatiladi. Masalan, taklif, sohibkor, o‘sim, qoldiq, daraja, palata, kadrli, yetakchi, yig‘im, qonun, qaydnoma, baho, xo‘jalik kabi yuzlab leksemalar iqtisodiy terminologik tizimda yakka holida ham, so‘z birikmalarining tarkibiy qismlari sifatida ham ushbu soha terminlari sifatida amal qilinaveradi.
- 3. Iqtisodiyot terminologiyasining boyishidagi yana bir manba, bu iqtisodiy tushunchalarni ifodalash uchun xilma-xil affikslar ishtirokida hosil qilingan yasama 49 lug‘aviy birliklar hisoblanadi: jamg‘arma, ijarachi, ishsizlik, uyushma, tejamkor, iqtisodiyot, tadbirkor, bojxona, qarzdor, boylik kabilar shular jumlasidandir. Bunday terminlarning bir
- qismi tegishli ruscha-baynalmilal muqobillarining o‘zbek tilidagi kalkasi sifatida yuzaga kelgan.
- Hozirgi o‘zbek tili lug‘at tarkibida, uning iqtisodiy terminlar tizimida yuqoridagidek umumturkiy, o‘zbek terminlari bilan bir qatorda fors-tojikcha, arabcha, shuningdek, ruscha-baynalmilal leksemalar ham qo‘llanib kelinayotir. Masalan, sarmoya, savdogar, tojir, sarkor, daromad, dastmoya kabi fors-tojikcha so‘zlar asosiy iqtisodiy terminlar bo‘lib qo‘llanmoqda. O‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasining ruscha-baynalmilal terminlar hisobiga to‘ldirilishi haqida gap ketganda shuni aytish kerakki, rus tili leksikasi imperiya davrida mahalliy tillarga, xususan, o‘zbek tiliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
- Masalan, veksel, preyskursant, kredit, tovar, buxgalter, bank, kassir, avans, makler va boshqalar.
Foydalaningan manba'lar - -naesmi.uz - meros.org
- -www.uza.uz
- -darakchi.uz
- -www.uzvisit.com
- -Husanov N.A., Dilmurodova
- N.A. “O‘zbek tili”
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |