1. O‘rta asrlarda oila pedagogikasiga oid fikrlar. Ma’rifatparvar o‘zbek pedagog-olimlari oila tarbiyasi xususida


Download 0.71 Mb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1571409
  1   2   3   4   5
Bog'liq
М-1. Ўзб оила пед рив тарихи


MAVZU: O‘ZBEKISTONDA OILA PEDAGOGIKASI FANINING RIVOJLANISHI TARIXI
Reja:
1. O‘rta asrlarda oila pedagogikasiga oid fikrlar.
2. Ma’rifatparvar o‘zbek pedagog-olimlari oila tarbiyasi xususida.
3. XX asrda oila tarbiyasiga doir yondashuvlar va ularning mohiyati.
4. Mustaqillik yillarida oila tarbiyasi masalasi.
2-ilova
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o‘z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g‘oyani ilgari surgan edilar. Ular o‘z fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat ma’nfaatlari bilan bog‘liq deb isbotlamoqchi bo‘lganlar. Shunga ko‘ra bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug‘ullanishi kerak, degan g‘oya ilgari surilgan.
Ammo, sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug‘ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor berganlar.
3a-ilova
4-ilova
Eramizdan avvalgi 528-529 yillar orasida buyuk mutafakkir Zardusht tomonidan yaratilgan “Avesto” kitobida ham ta’lim-tarbiyaga, axloq-odobga oid qator g‘oya va qarashlarni ko‘rish mumkin.
“Avesto”da ta’kidlanishicha, tarbiya hayotning tayanchi, shu boisdan har bir yoshni yaxshi o‘ q ish va yozishga o‘rgatish lozim. Uni yosh paytidano q mehnat q ilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraxt ko‘chati o‘tkazishga, uy-ro‘zg‘or qurollari yasash, erga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o‘rgatilishi shart.
Zotan uning fikricha yaxshi va ezgu ishlar yaratish uchun kishi mehnat qilishi zarur, o‘z qo‘llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratmas ekan, u yashash lazzatini ham his qilmaydi, hayotning qadriga ham yetmaydi.
Qur’oni Karim, hadisi Shariflarda oila va oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaga oid bir butun izchil qarashlar tizimi mavjud bo‘lib, u o‘z ichiga oilaning shakllanishi, rivojlanishi va mustaxkamlanishiga qaratilgan barcha jihatlarni qamrab oladi. Bu qarashlar ilohiyot nuqtai nazaridan o‘rtacha qo‘yilsada ular kishilarning turmush tarzlari, oilaviy munosabatlari talabidan kelib chiqganligi uchun ham kundalik turmushga muvofiqdir.
Islomda oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Bu xususiyatlar musulmonchilik talablaridan kelib chiqqan bo‘lib, insonni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash haqidaga umumiy g‘oya bilan bog‘liq.
5-ilova
Musulmon oilalarida kuyov va kelinning avlod-ajdodlarining kelib chiqishini o‘rganish, jismoniy va ma’naviy poklikga e’tibor berish an’anaga aylangan. Islomiy ma’naviyatda bolani oilada axloqiy tarbiyalash haqidagi qarashlar insoniylikga, ezgulikga va yaxshlikga da’vat etgan uchun ham umuminsoniy mazmunga egadir.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling