1. O’rta Osiyo hududida musiqa san’atining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot bosqichlari
O’rta Osiyo xalqlarining musiqali poetik ijodi
Download 60 Kb.
|
Mavzuning rejasi-fayllar.org
3. O’rta Osiyo xalqlarining musiqali poetik ijodi.
XVI-XIX asrlardagi о‘zaro urushlar, shaharlarning vayronaga aylanishiga, katta feodal davlatning alohida xonliklar Buxoro, Xiva hamda Qо‘qon xonliklariga bо‘linishiga olib keldi. Bunday bо‘linish о‘zbek xalqining musiqa madaniyatida ham aks etdi.О‘zbek xonlari saroyidagi musiqiy hayot asosan temuriylarning Hirot va Samarqand saroylaridagi an’analarini davom ettirardi. Kо‘pgina shoir va musiqachilar Buxorodagi shayboniylar saroyiga, bir qismi esa Xorazmga kо‘chdi. Buxoro va Xorazmning aralash о‘zbek va tojik musiqali poetik an’analari yanada taraqqiy topishi ana shular bilan izohlanadi. XVI asr shoir va musiqachilari, shuningdek musiqa ilmining bilimdonlaridan Najmiddin Kavkabiy Buxoriy ijodi ilmiy davralarda katta qiziqish uyg‘otadi. Uning "Musiqa haqida risola" si ustoz an’analarini Samarqand va boshqa shaharlarda davom ettirgan shogirdi (Hoji Muhammad, Mavlono Rizo Samarqandiy) uchun musiqali poetik qо‘llanma bо‘lgan edi.Saroy musiqachisi va nazariyotchisi Darvishali Changiyning risolasi musiqaga oid fikrlarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Muallif boshqalardan farqli holda faqatgina musiqa nazariyasi asoslarini bayon qilib qolmay, balki о‘z asarining katta qismini turli davrlarda yashab ijod etgan bir qator musiqachilar faoliyati, shuningdek, saroyda mavjud bо‘lgan musiqa asboblari tavsifiga ham bag‘ishlaydi. Musiqiy nazariy meros- Qadimiy madaniyat o`choqlaridan biri - O`rta Osiyoda yashagan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qo`shganlar. Ular musiqa madaniyati sohasida ham juda bo’y va qadimiy merosga ega. O`rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeologlari tomonidan topilgan yodgorliklar buning dalili bo`ladi va shu xalqlarning yuksak madaniyatga ega bo`lganligini tasdiqlaydi. Lekin arab istilosi davrida (VII-IX asrlar) boshqa madaniy yodgorliklar qatorida musiqaga doir yozma manbalar qam kuydirilib, yo`qotib yuborilgan. Shuning uchun O`rta Osiyo xalqlarining so`nggi ming yillik madaniyati tarixiga oid yozma manbalargina bizgacha yetib kelgan. IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda xalq ozodlik kurashining avj olishi, yerlik xalqlarning istilochilarga qattiq qarshilik ko`rsatishi va qo`zg`olonlari natijasida arab xalifaligi hukmronligi ag`darilib, mahalliy Tohiriylar va so`ngra Somoniylar davlati barpo etildi. Bu davrda fan, madaniyat va san’atning rivojlanishi uchun bir qadar sharoit yaratildi. O`rta Osiyodan chikqan qator olimlar xuddi shu davrlarda o`rta asr fani tarixida o`zlarining ilmiy asarlari bilan jahonga mashhur bo’`ldilar. Fanning boshqa sohalarida ham o`lmas ilmiy asarlar yaratgan al-Forobiy, Ibn Sino, al-Xorazmiy kabi ko`pgina buyuk olimlar musiqa nazariyasi («Ilmi musiqiy») bo’`yicha ham ilmiy asarlar yaratdilar hamda Shark musiqafani taraqqiyoti tarixida butun bir davr ochib berdilar. Bu olimlar Sharq xalqlarida qo`llanilgan musiqa nazariyasining yuzaga kelishida hal etubchi rol o`ynadilar. Buyuk faylasuf-olim, o`rta asr Sharq musiqa nazariyasining asoschilaridan biri - Abu Nasr Muhammad al-Forobiy 871 yilda Sirdaryo yoqasidagi Farob shahrida tug`ilib, 950 yilda vafot ztgan. U, O`rta Osiyo turkiy qabilalaridan chiqqan bo`lib, dastlabki ma’lumotni o`z yurtida oladi. Durustgina bilim egasi bo’`lgan al-Forobiy Vag`dod, Damashq shaharlariga, so`ngra Misrga boradi va u yerlarda o`z ma’lumotini oshiradi. Al-Forobiy ajoyib musiqachi va musiqa nazariyachisi edi. U, o`z davrida mavjud bo`lgan barcha musiqa asboblarida chalardi. Kuylarni ayniqsa nay va tanburda katta mahorat bilan ijro etardi. Ba’zi manbalarda ko`rsatilishicha, al-Forobiy qonun asbobini ixtiro etgan, o`sha davrlarda mashhur bo’`lgan ud sozini takomillashtirishda juda katta ishlar olib borgan. Al-Forobiy falsafa, mantiq, matematika va boshqa fanlar bo’`yicha katta-katta ilmiy asarlar yaratgan zamonasining yetuk olimlaridan edi. Musiqa ilmi esa matematika fanlaridan biri hisoblanib, ularga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa ilmlari kirardi. Al-Forobiy o`zining musiqaga vag`ishlangan risolalarida Sharq musiqa nazariyasini asoslab berdi. Uning musiqa asarlari «Kitabul-musiqiy al-kabir» («Musiqaga doir katta kitob»), «Kilamu fil-musiqiy» («Musiqaning uslublari haqida kitob»), «qitabul-musiqiy» («Musiqa kitobi»), «qitabun fi-ihsa’il - ulum» («Fanlar klassifikatsiyasiga doir kitob»)ning musiqaga vag`ishlangan qismi, «Kitabun fi-ihsa’il-iqa’» («Musiqa ritmlari - iqo’ klassifikatsiyasi haqida kitob») va boshqalardir. Sharq mumtoz musiqasining nazariy asoslari - Mumtoz musiqa va uning tarqalishi bilan bog`liq bo`lgan kasb-hunar azaldan amaliy va nazariy bilimlarni o`z ichiga oluvchi yagona ilm hisoblangan. Sharq klassik musiqasining nazariy masalalari Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog`iy, Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy, Darvesh Ali kabi ulkan olimlar tomonidan atroflicha o`rganilgan. Ularning asarlari musiqa ilmining poydeborini tashkil qiladi. Risolalarda mumtoz musiqaning ijtimoiy hayotdagi o`rni, tarixiy shakllari, ijrochilik masalalari hamda ular negizidaqi kuy va usul tuzilmalarining tarkib topish qonun-qoidalari vatafsil yoritilgan. Nomlari zikr etilgan musiqashunoslarda har birining o`ziga xos tomonlari bo’`lishi bilan bir qatorda umumiy qarashlar, borisiylik rishtalari, izchil an’analar ham yaqqol sezilib turadi. Ular ijodi tabiiy ravishda bir-birini to`ldirib, umuman, mumtoz musiqa asoslariga nisvatan yagona ilmiy an’ana bo`lib gavdalanadi.DarveshAli ijodi ulug` musiqashunoslar silsilasidagi so`ngi halqa. Undan keyin yuzaga kelgan musiqiy risolalarda, ilmiy-nazariy salohiyat tobora pasayib borishi kuzatiladi. Darvesh Alidan so`ng, ya’ni XVII asrning ikkinchi yarmi XX - asrning boshlarida yozilgan manbalarda yuzaki ma’lumotlar, o`tmish mualliflaridan oddiy ko`chirmalar, ilmiy-nazariy qarashlar o`rniga ribo’yatat va afsonalar ko`proq o`rin oladi. Tarixiy ma’lumotlarning dalolat berishicha, XVII asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan madaniy-ma’rifiy inqiroz tufayli ko`plab mohir sozanda va musiqashunoslar boshpana axtarib, Movarounnahrdan Hindistonga, Boburiylar saltanatiga safar qilganlar.Darvesh ali Changiy va Kavkabiynig musiqiy risolalari - Sharq xalqlarida turli kasb-xunar an’analari, siru asrorlari ko`z qorachig`iday asralib, avloddan-avlodga o`tib, e’zozlanib kelingan. Shu bo’is kasb-xunar risolalari mazkur an’analar, ijtimoiy qarashlar, mafkurabiy, axloqiy qoidalarning majmuidir. Ilmiy yo`nalishda risolalarning shakllari turlicha bo’`lib, birgina musiqa soxasini oladigan bo’`lsak, yozma risolalar nasr va nazm tarzida bitilganligini kuzatamiz.Abdurahmon Jomiy va Darvish Ali Changiyning musiqiy risolalari nasrda bitilgan bo’`lsa, Kavkabiyning O`n ikki maqom xaqidagi risolasi nazmda yaratilgan. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Yodoki ya’ni og`izdan-og`izga o`tib yuruvchi risolalar, muxtasar, ommabop tarzda bo`lib, ular xalq tilida «Mextarlik risolasi» deb ham yuritilgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I. A. Istiqlol va ma'naviyat. – T.: “O‘zbekiston”, 1994. 2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. -T.:“Ma'naviyat”,2008. 3. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – T.: O‘zbekiston, 2015. 4. T.Е.Sоlоmоnоva. O`zbek musiqasi tariхi T.1981. 5. О.Matyoqubov Оg`zaki an’anadagi prоfеssiоnal musiqaga kirish T.1983. 6. V.Matyoqubov Хоrazm dоstоn ijrоchiligining zarхal saхifalari Х.1999. 7. A. Odilov “O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T., G’.G’ulom 2002 8. X. Hamidov “Avesto” fayzlari. T., O’qituvchi. 1998 9. Istoriya muziki narodov Sredney Azii i Kazaxstana. Moskva. 1994. 10. O’zbek musiqasi tarixi. Toshkent. 1981. 11. T.S.Vizgo. Muzikalnie instrumenti Sredney Azii. Moskva. 1980. 12. O’zbekiston xalqlari tarixi. 1-jild. Toshkent. 1992. 13. Muzika narodov Azii i Afriki. Moskva. 1969. vip.1. Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling