Xudayqulov Anvar Oʻzbekiston va Janubiy Koreyani katta masofa ajratib turadi. - Oʻzbekiston va Janubiy Koreyani katta masofa ajratib turadi.
- Shunga qaramay, Oʻzbekiston va Koreyani mustahkam doʻstlik rishtalari, xalqlarimizni tarixiy maʼnaviy yaqinlik bogʻlab turadi.
- Janubiy Koreya Oʻzbekistonning eng yirik sarmoyaviy sheriklaridan biridir. Uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi 2 milliard AQSH dollaridan oshdi.
- Ayniqsa, neft-gaz, konchilik, neft kimyosi, logistika, qurilish, taʼlim sohalarida yirik loyihalar bor. Navoiy shahridagi xalqaro aeroport negizida barpo etilayotgan erkin industrial-iqtisodiy zona bunga yorqin misoldir.
- Ushbu zonadagi qitʼalararo intermodal logistika markazi MDHda yagona boʻlib, u yerda yuklar tezkorlik bilan tushiriladi va ortiladi, taqsimlanadi, maxsus omborlarga joylashtiriladi.
Osiyodan Yevropaga va Yevropadan Osiyoga joʻnatiladigan yuklar global yuk tashish tarmogʻining muhim boʻgʻiniga aylanadigan ana shu markazdan oʻtadi. - Osiyodan Yevropaga va Yevropadan Osiyoga joʻnatiladigan yuklar global yuk tashish tarmogʻining muhim boʻgʻiniga aylanadigan ana shu markazdan oʻtadi.
- 1992-yildan Toshkentda Koreya taʼlim markazi faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston davlati jahon tillari universiteti va Samarqand davlat chet tillar institutida Koreys tili va madaniyati markazlari, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Axborot texnologiyalari markazi ochilgan.
- Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Koreyashunoslik fakulteti mavjud, u yerda malakali kadrlar yetishtirish boʻyicha katta ishlar va loyihalar qilinmoqda. Kasbga yoʻnaltirilgan oʻquv va uslubiy majmuallar yaratilmoqada. Universitetning talabalari Koreyaning nufuzli universitetlarida grantlar asosida tahsil olmoqdalar.
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti malakaliy oʻqituvchilari Koreya Respublikasida malakalarini oshirib kelishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |