Farģona politexnika insitituti Arxitektura ca qurilish materiallari fakulteti


Download 13.68 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi13.68 Kb.
#1411006
  1   2   3
Bog'liq
falsafa



Farģona politexnika insitituti
Arxitektura ca qurilish materiallari fakulteti
82-20 MYaMT guruh òquvchisi
Ohunova Gulhayoning
Falsafa fanidan mustaqil ishi

Mavzu: Borliq falsafasi
Ontologiya (yun. ontos — borliq va ... logiya) — falsafa boʻlimi, borliq haqidagi taʼlimot. Borliqning umumiy asoslari, prinsiplari, uning shakllari va qonuniyatlarini tekshiradi. "Ontalogiya" terminini nemis faylasufi R. Goklenius fanga 1613-yil kiritgan, X. Volf (1679—1754) oʻz dareligida qoʻllagan boʻlsada, dastlab yunon faylasuflari uning turli talqinlarini bayon etganlar. Ular Ontologiyani haqiqiy borliqni nohaqiqiy mavjudlikdan ajratib oluvchi borliq haqidagi taʼlimot, deb hisoblashgan. Eleya maktabi namoyandalari hissiy dunyoning aldamchi koʻrinishini haqiqiy borliqqa qaramaqarshi qoʻyib, Ontalogiyani mangu oʻzgarmas, yagona, sof borliq haqidagi taʼlimot sifatida qoʻllashgan. Milet maktabi vakillari va Ioniya faylasuflari dastlabki borliqning sifatiy talqini haqida bosh qotirishgan. Ulardan borliqning boshlanishida yotuvchi bunday asosni Empedokl "stixiya", Demokrit "atomlar", Anaksimandr "apeyron", Anaksagor "urugʻ" deb atagan. Platon gʻoyalar Ontalogiyasini, Aristotel empirizm Ontalogiyasini yaratdi. Oʻrta ayerlar falsafasida Ontalogiya ilohiyot bilan chambarchas bogʻlanadi. Sharq falsafasida Ontalogiya koʻproq ilohiy borliqning , xudoning mohiyatini aks ettiruvchi taʼlimot tarzida, sharq panteistik falsafasida vahdati mavjud va vahdati vujud koʻrinishidagi taʼlimotlar shaklida paydo boʻlgan. Falsafada Ontalogiya monistik, dualistik va plyuralistik konsepsiyalar shaklida ham uchraydi (qarang Materiya). Yangi davr falsafasida dualistik Ontalogiya namoyandasi R. Dekart boʻlgan. Oʻz falsafasining asosiga "monada" — "ilohiy atomlar"ni qoʻygan V. G. Leybnits falsafasi — plyuralistik Ontalogiyaga mansubdir. Bu konsepsiya boʻyicha olamning asosida bir qancha mohiyat yotishi mumkin. Shunday konsepsiya empiriokrititsizmda ham uchraydi. R. Avenarius, E. Max borliqning asosida sezgilar majmui yotadi, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon falsafasida Ontalogiyaning mazmuni yanada boyigan. Bu borliq haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi bilan bogʻlangandir. Maʼlumki, borliqni mexanistik, metafizik va materialistik talqin etishda u moddiylik bilan, aktual mavjudlik bilan, reallik bilan aynanlashtirib qoʻyilgan edi. Borliqaslida barcha narsa va hodisalarni, ilgari mavjud boʻlgan, hozir mavjud boʻlib turgan va kelajakda mavjud boʻladigan realliklarni, moddiylik va maʼnaviylikni, modda va gʻoyani ham oʻziga qamrab oladi.

Download 13.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling