Tilshunoslik kafedrasi ismoilova gulhayoning
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
soz manolarining kochish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- BMIning maqsad va vazifalari
- BMIning metodologik asosi.
- BMIning tuzilishi.
- 1. Devona belbog‘ining tuguniga astoydil yopishgan. 2. Adolat boshidagi tugunni, orqasidagi qapchig‘ini yerga qo‘ydi .
2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYА FAKULTETI TILSHUNOSLIK KAFEDRASI ISMOILOVA GULHAYONING SO‘Z MA’NOLARINING KO‘CHISH USULLARI MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: G.QOBULJONOVA
Andijon – 2014 3
MUNDARIJA Ishning umumiy tavsifi……………………………………………………3 1. So‘z va uning ma’noviy tuzilisi………………………………………… 1.1. So‘z va uning mohiyati…………………………………………………...5 1.2.Leksik ma’no va uning tuzilishi………………………………………….9 1.3. Leksik ma’noning taraqqiyot yo‘llari…………………………………...14 2. So‘z ma’nosining ko‘chishi va uning asosiy turlari 2.1. Metafora asosida nom ko’chishi ……………………..............................22 2.2. Metonimiya usulida nom ko’chishi……………………...…………….38 2.3. Sinekdoha usulida nom ko’chishi ……………………..........................44 2.4. Vazifadoshlik asosida nom ko‘chishi ……………………....................45
4
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Til bevosita ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan ma’naviy meros, bebaho boylik hisoblanadi.Shuning uchun prezidentimiz I.A.Karimov “uni boyitish,asrab-avaylash, nufuzini yanada oshirish uchun doimo izlanishlar,tadqiqotlar olib borish zarur” ligini ta’kidlab o’tgan. 1
Ma’lumki, leksema – tilning asosiy birligi sifatida bizni qurshab turgan olam unsurlarini nomlash uchun xizmat qiladi. Leksema nomlash vazifasi bilan chegaralanib qolmasdan, olam haqidagi bilimlarimizni kelajak avlodlarga yetkazish, anglash, tinglovchiga ta’sir etish kabi vazifalarni ham bajaradi. Bu esa so‘zning naqadar serqirra hodisa ekanligidan dalolat beradi. So‘zlar dastlab paydo bo‘lganda biror bir predmet, harakat, holat yoki miqdor haqidagi tushunchalarni ifodalash uchun paydo bo‘ladi. Keyinchalik til taraqqiyoti natijasida so‘zning ma’nolari taraqqiy etib boradi va natijada so‘zlar asl-real ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’nolarni ham anglatadi. Ko‘chma ma’nolar tildagi so‘zlarning to‘g‘ri ma’nosi negizida vujudga keladi. O‘zbek va jahon tilshunosligida so‘z va uning ma’nolari xususida ko‘plab ilmiy-nazariy qarashlar mavjud bo‘lib, unda so‘z ma’nolaring o‘ziga xosligi, mohiyati, turlari, xususan, so‘z ma’nolarining ko‘chishiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar maydonga kelgan. Ularni o‘rganish va tadqiq etish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. BMIning maqsad va vazifalari: Mazkur bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi, o‘zbek va jahon tilshunosligida so‘z ma’nolarining ko‘chishiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqotlarni o‘rganish, va tahlil etishdan
1
5 iborat. Ana shu maqsaddan kelib chiqib, tadqiqot oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi. -o‘zbek va dunyo tilshunosligida so‘z ma’nolari, xususan, ko‘chma ma’nolarga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni to‘plash va o‘rganish; -so‘z ma’nosining ko‘chish usullari haqidagi ilmiy-nazariy qarashlarni tahlil etish; -ko‘chma ma’nolar va ularning turlari, tasnifi muammolarini o‘rganish; - BMIning mazmunini to‘la yoritish va tegishli xulosalar chiqarish.
Ishning
metodologik asosini
dialektikaning umumiylik-xususiylik, butun-bo‘lak, mohiyat-hodisa kabi hodisalarini aks ettiruvchi ta’limot shuningdek, tilshunos olimlarning nazariy qarashlari, g‘oyalari tashkil etadi. Ishda tavsiflash, qiyoslash, tahlillash kabi usullardan keng foydalanildi. BMIning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi ishning umumiy tavsifi, kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan ibora. 6
1. So‘z va uning ma’noviy tuzilishi 1 §. So‘z va uning mohiyati So‘z o‘z tovush qobig‘iga ega bo‘lgan, ob’ektiv narsa-hodisalar ҳaqidagi tushunchani, ular o‘rtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik ma’no va funksiyalarda qo‘llanadigan eng kichik asosiy til (nutq) birligi. 1
So‘z tovush tomoni bilan fonetikaning; leksik birlik (leksema) sifatida leksikologiyaning; turli grammatik ma’nolarni ifodalashi va shu ma’nolarni ifodalovchi formalarga egaligi bilan morfologiyaning; so‘z birikmasi va gap qurilishida material asos bo‘lib xizmat qilishi bilan sintaksisning o‘rganish ob’yekti hisoblanadi. Demak, so‘z grammatik qurilishining bazasi bo‘lib, u tilning leksikasida ham, grammatikasida ham eng asosiy birlik sanaladi. So‘z ob’yektiv borliqdagi predmet yoki hodisalar haqidagi tushunchaning tovush vositasida ifodalanishidir. Bu tushuncha predmet yoki hodisaning ongda aks etishidir. So‘z vositasida borliqning turli tomonlari, kishilik jamiyatining, insonning turmush tajribalari aks ettiriladi. So‘z ma’no ifodalash bilan birga, turli emotsiyalarni, his-tuyg‘ularni ham ifodalaydi. So‘z yakka holda bildirgan ma’nosidan tashqari, qo‘llanishida, nutq ichida, ko‘chgan ma’noda ishlatilishi, emotsional bo’yoqqa ega bo‘lishi ham mumkin. Masalan, bolam so‘zi o‘rniga qo‘zichog‘im, toychog‘im yoki bo‘tam, bo‘talog‘im deyish; jo‘ja birday jon (bolasi ko‘p); bu bola sher (qo‘rqmas); zurriyod (farzand) kabi qo‘llanishlar; otajon, bolaginam, jonim otam so‘zlarining ma’nosi turli yo‘llar bilan ifodalangan. Bundan ko‘rinadiki, so‘z ma’nosi butun bir sistema bo‘lib, u qo‘shimcha ma’nolarini ham, emotsional-stilistik ottenkalarni ham o‘z ichiga
1
Ҳожиев А. Лингвистик терминларининг изоҳли луғати. -Т., 1985, 81–б. 7 oladi. Bu hodisa so‘zning ma’no strukturasi deyiladi. So‘zning semantik strukturasi shu so‘z ifodalaydigan ma’nolarning yig‘indisi, so‘zning butun ma’no sistemasidir. 1
unda fonetik tomonning mavjudligini ko‘rsatadi. Bu so‘zning material tomonidir. Tovushning yolg‘iz o‘zi so‘zni tashkil qilmaydi. So‘z esa ma’nosiz bo‘lmaydi. So‘zning ma’nosi esa tovush kompleksi orqali ifodalanadi. Demakki, so‘z ma’no va tovushning - ichki (semantik) va tashqi (formal) tomonlarning ajralmas birligidan iborat. Shu bilan birga, so‘z ma’lum grammatik xususiyatlarga ham ega. Tovushlar ma’lum grammatik xususiyat ifodalab, shu bilan birga, so‘zning grammatik shakllanishini ham ko‘rsatadi. So‘zning semantik strukturasini o‘rganishda asosan uch usul mavjud: a) so‘zning semantik strukturasi uning morfemik yasalishi bilan bog‘liq holda tekshiriladi; b) so‘zning semantik strukturasi uning sintaktik ishlatilishi bilan bog‘liq holda tekshiriladi; v) so‘zning semantik strukturasini alohida, tilning shu so‘zni o‘z ichiga olgan leksik-semantik guruh doirasida tekshiradi. Tilga belgilar sistemasi sifatida qarash natijasida paydo bo‘lgan semiotik yo‘nalish birlamchi (so‘z va so‘z birikmalari) va ikkilamchi (fraza va gaplar) belgilarini farqlaydi. Ularning birlamchilari - nominativ, ya’ni biror narsani nomlash, atash va ikkilamchilari - predikativ, ya’ni fraza va gaplar tarkibidagi ishlatilish funksiyasi deb yuritiladi. Nominativ belgilar tildagi paradigmatik aloqalarga asoslansa, predikativ belgilar esa sintagmatika, ya’ni fraza va gaplarning nutqda ishlatilish tomoniga
1 Ўзбек тили грамматикаси. I том. Морфология. –Т., 1975, 16–бет. 8 asoslanadi. 1
Ko‘rinadiki, tilning leksika va semantikasini o‘rganishda ikki yo‘nalish mavjud bo‘lib, ularning birinchisi faqat leksik-semantik xususiyatlar bilan ish ko‘rsa, ikkinchi yo‘nalish esa tilning belgilar yig‘indisi (semiotik sistema) ekanligiga asoslanadi. Lekin har ikki qarashning ham ob’yekti va vazifalari bir-biri bilan bog‘liqdir. So‘zning semantik strukturasi so‘zlashuv situatsiyasida yoki kontekstda kengroq ochiladi. So‘zning farqlanish alomatlari sema deb ataladi. Leksik qatlamda semantemaga leksema
to‘g‘ri keladi.
Semalar fonologiyadagi fonemalarning farqlanish belgilariga o‘xshaydi. Farqi shuki, semalar o‘rtasidagi munosabat m’ano bilan aloqadordir. Semantikada qaysi ma’nolar semalarga tegishli va qaysilari ularga tegishli emasligi aniq emas. Bunda bir- biriga yaqin ma’nolar, yani semalar sinonimik ma’nolar sifatida qaralishi ma’lum bir aniqlikka asoslanadi. So‘z tilning eng asosiy va markaziy birligi bo‘lib, an’anaviy jihatdan aytilishi va ma’no birligi, tilshunoslar tomonidan haqiqiy va formal ma’nolar, formal va semantik ma’nolar, grammatik va leksik ma’nolarning qarama-qarshiligi sifatida qarab
kelinadi. So‘zlarga belgilarning bir-biriga aloqasi jihatdan qaralsa, uning ikki tomoni -formasi (aytilishi) va mazmuni (ma’nosi) o‘rtasidagi aloqa kengroq ochiladi. So‘zning semantik jihatidan ikki tomonlama birlik ekanligi tashqi (predmet qatori) va ichki (tilning qurilishi) tomonini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham so‘z tilda ikki planda namoyon bo‘ladi: a) nominatsiya, ya’ni atash birligi sifatida ma’lum leksik ma’noga ega bo‘lgan lug‘atning elementi; b) til qurilishi strukturasining negizi sifatida ma’lum morfologik shakllanishga, ya’ni grammatik ma’noga ega bo‘lgan birlik hisoblanadi.
1
9 So‘zning talaffuz tomoni ham nazarda tutilsa, yuqoridagi ikki plani bilan bir qatorda fonologik strukturasi bilan ham alohida birlik hisoblanadi. Shu tufayli "fonologik so‘z", "morfologik so‘z", "semantik so‘z", tushuncha va terminlari farqlanib, ularning har biri alohida til sathida o‘rganiladi. So‘zlarning nutqda ishlatilishi ularning tanlanishi, yani boshqa so‘zlar bilan semantik aloqasi va ma’lum so‘zlarning boshqa so‘zlar bilan ma’no jihatdan birikish qobiliyatiga bog‘liq. So‘zlarning tanlanishi ularning ma’lum leksik-semantik paradigmalarga u yoki bu semantik belgilari (semalari) asosida birlashuvi deb qaraladi. So‘zlarning tanlanish jihati va ular o‘rtasidagi semantik munosabatlar paradigmatik aloqalar deb yuritiladi. So‘zlar real borliqni aks ettiruvchi sifatida bir-birlari bilan bog‘lanadilar va tematik guruhlarga birlashadi. Masalan, qush nomlari, meva daraxtlari guruhi v.b. So‘zlar o‘rtasidagi ichki ma’no farqlanishi bilan bog’liq bo‘lgan paradigmatik va sintagmatik munosabatlar omonimiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya va boshqa hodisalarni, so‘zlarning leksik- semantik variantlarini tasnif qilish borasida kengroq ochiladi. So‘zning mazmun komponentlari o‘rtasidagi bog‘lanish va so‘zlarning ma’nolari orasidagi munosabatlar ularning nutqda ishlatilishini o‘rganish orqali aniqlanadi. Tilda so‘z va leksema atamalari ko‘p hollarda aralash holda qo‘llanadi. Lekin ular bir-biridan farq qiladi. Leksema – jamiyat a’zolari uchun tayyor,umumiy,majburiy bo’lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan, voqelikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, nutq va lug’atda grammatik morfemalarni o’ziga biriktira oladigan morfema turidir 1 . Leksema semema va nomemalarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik sanalib, uning mazmuniy mundarijasi
1
10
atash, ifoda va vazifaviy semalar munosabatidan iborat. Har qanday leksemada bu semalardan "atash" semasi, albatta, ishtirok etadi. Shuning uchun bu sema leksemaning markaziy semasi, qolgan semalar esa chegara semalar hisoblanadi. Masalan, so‘zlamoq, do‘ngillamoq leksemalari bir xil atash semasiga ega bo‘lib, ifoda semasi bilan bir-biridan farq qiladi. So‘z atamasi leksemalardan boshqa birliklarni ham, ya’ni atash semasiga ega bo‘lmagan birliklarni ham o‘z ichiga oladi 1 . Masalan, ammo, uchun so‘z, lekin leksema emas, chunki ularning atash semasi mavjud emas, faqat grammatik ma’noga ega. Demak, so‘z grammatik ma’noga ega bo‘lgan leksemalarni va yordamchi, undov, modal nomlari bilan yuritiluvchi birliklarni ham o‘z ichiga oladi. Leksema leksik sath birligi sanaladi. U grammatik ma’no va bu ma’noni ifodalovchi shaklga ega bo‘lib, so‘zga ya’ni, morfologik birlikka aylanadi. Masalan, daraxt shoxlanuvchi ko‘p yillik o‘simlik, atash semasiga ega bo‘lishi bilan leksema. Bu leksema, "ot", "bosh kelishik", "birlik", semalariga va bu semalarni ifodalovchi shakllarga ega bo‘lishi bilan so‘zga, morfologik birlikka aylanadi. 2
2–§. Leksik ma’no va uning tuzilishi Leksik ma’no haqida tilshunoslikda turli xil qarashlar mavjud.Masalan,” So’zning ob’yektiv borliqdagi narsa,belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti leksik ma’no deyiladi.(“Hozirgi o’zbek adabiy tili”), “ So’zning ob’yektiv borliqdagi narsa,hodisa,harakat,belgi va shu kabilar haqida ma’lumot beruvchi(tasavvur beruvchi) mazmuni leksik ma’no deyiladi( O’zbek tili leksikologiyasi), “ So’zning material qismi(leksema) bildiradigan ma’no: ma’lum tovush kompleksini ma’lum obyektiv voqelikka bog’lash
1
Нурмонов А., Искандарова Ш.Тилшунослик назарияси. T.: Фан,2008,66-бет. 2
Нурмонов А., Искандарова Ш. Умумий тилшунослик. -Андижон, 2007, 80–бет. 11
bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun – mundarija leksik ma’no deyiladi” (Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati).Professor A.Nurmonov esa ana shu qarashlarni umumlashtirgan holda “ Leksik ma’no ongda predmet, hodisa, xususiyat,muayyan jarayon va shu kabilar haqidagi tushunchalarni aks ettiruvchi va unga bog’lovchi hamda so’zlovchining subyektiv munosabatini ifodalovchi so’z mazmuni(mundarijasi) deb hisoblaydi.( Tilshunoslik nazariyasi) So‘z paydo bo‘lishidayoq o‘z tovush qobig‘iga va ma’lum bir ma’noga ega bo‘ladi. Lekin so‘zlar ifodalaydigan ma’nolar eng umumiy belgi-xususiyatlariga ko‘ra har xil bo‘ladi va bu jihatdan so‘z ma’lum guruhlarga ajraladi. Avvalo, so‘zlar obektiv borliqdagi narsa-hodisa, belgi, harakat kabilarni bildira olish xususiyatiga ega yoki ega emasligiga ko‘ra ikki guruhga ajraladi: tushuncha ifodalaydigan so‘zlar
va tushuncha ifodalamaydigan so‘zlar. Tushuncha ifodalash faqat mustaqil so‘zlarga xos xususiyatdir. Masalan, kitob, yozmoq, katta so‘zlari ma’lum ob’yektiv narsa, harakat, belgi haqidagi tushunchani ifodalaydi. Mustaqil so‘z turkumlaridan boshqa turkumlarga oid so‘zlar tushuncha ifodalamaydi. Masalan, undovlar so‘zlarning turli xil emotsiyasini bildiradi; modal so‘z va yuklamalar fikrning borliqqa bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. Xullas, ma’noning obyektiv voqelikdagi narsa-hodisa, belgi, harakat kabilarga munosabati nuqtai nazaridan tildagi so‘zlarning qiymati bir xil darajada emas. So‘zning mazmuniy tuzilishi leksik ma’no va shu leksik ma’noga qo‘shimcha tarzidagi ottenkalardan iborat bo‘ladi. So‘zning ob’ektiv borliqdagi narsa-hodisa, harakat, belgi va shu kabilar haqidagi ma’lumot beruvchi mazmuni leksik ma’no deyiladi. 1
1 Ўзбек тили лексикологияси. -Т., 1983, 205–бет. 12
So‘zlar o‘z ma’nosi bilan ob’yektiv borliqdagi narsa, harakat, belgi kabilarning konkret o‘zini emas, balki ular haqidagi tushunchani ifodalaydi. Tushuncha ob’yektiv borliqdagi narsa-hodisalarning kishi ongida umumlashgan holdagi in’ikosidir. Narsa-hodisa haqidagi tushuncha shu turdagi narsa-hodisalarga xos umumiy belgilarni birlashtiradi. Ko‘rinadiki, leksik ma’no bilan tushuncha o‘rtasida umumiylik bor. So‘zlar o‘ziga xos fonetik, so‘z yasalish, morfologik strukturaga ega bo‘lgani kabi o‘ziga xos semantik strukturaga ham ega bo‘ladi. So‘zning semantik strukturasiga kiruvchi leksik ma’no ham ma’lum komponentlardan tashkil topadi. Bunday komponentlar sema deb ataladi. Ba’zan leksik ma’no strukturasi bilan so‘zning semantik strukturasini bir xil hodisa sifatida qarash hollarini uchratish mumkin. Lekin ular farqli hodisalardir. Leksik ma’no so‘zning semantik strukturasidagi komponentlardan hisoblanadi. Leksik ma’noni uning semalari asosida tahlil etishga keyingi vaqtlarda alohida e’tibor berila boshladi. Sememaning semalarini to‘g‘ri belgilash m’ano jihatdan o‘zaro qandaydir aloqasi bo‘lgan so‘zlar munosabatini, ,shuningdek, ko‘p ma’noli so‘zlar semalarini to‘g‘ri belgilashga imkon beradi. Chunki o‘zaro qandaydir aloqasi bo‘lgan semalarda ulardan har biriga xos bo‘lgan, shuningdek, umumiy bo‘lgan semalar mavjud bo‘ladi. Masalan, polisemantik so‘zlarda uning semalari uchun umumiy bo‘lgan va semalarning o‘ziga xos bo‘lgan semalari bo‘ladi. Ana shu semalarni aniq belgilash polisemantik leksemalar sememalarining, shu bilan birga, polisemantik so‘z bilan omonimni to‘g‘ri farqlashga imkon beradi.
So‘zning leksik ma’nosiga turli nuqtai nazardan yondashiladi va shu asosda leksik ma’no tiplarga ajratilib maxsus nomlar bilan ataladi. Lekin tiplarga ajratishdagi nuqtai nazar turlicha bo‘lganidan leksik ma’no turlariga ajratishda har xilliklar bor. Lingvistik adabiyotlarda leksik ma’noga nisbatan 13
etimologik ma’no, bosh ma’no, yasama ma’no, asos ma’no, hosila ma’no, nominativ ma’no, figural ma’no, erkin ma’no, bog‘li ma’no kabi terminlarning qo‘llanishi leksik ma’noga turli nuqtai nazardan yondashish va uning tiplarini har xil tushunish natijasidir. Leksik ma’noga sinxronik planda qaralganda, ya’ni tiplarga ajratishda hozirgi tilga oid leksik ma’no ko‘zda tutiladi unga quyidagi jihatlardan yondashish kerak bo‘ladi: 1) yasalish munosabatiga ko‘ra; 2) ob’yektni ifoda etishiga ko‘ra; 3) nutqda reallashish holatiga ko‘ra. Yasalish munosabatiga ko‘ra leksik ma’no ikki turga bo‘linadi: asos ma’no va yasama ma’no. U yoki bu ma’noning yuzaga kelishida asos bo‘ladigan ma’no asos ma’no, uning ta’sirida hosil bo‘lgan ma’no yasama ma’no hisoblanadi. Masalan, tugun so‘zining quyidagi birinchi gapdagi ma’nosi asos ma’no, ikkinchi gapdagi ma’nosi esa yasama ma’nodir:
Yasalish munosabatiga ko‘ra leksik ma’no ikki turga ajratilar ekan, o‘z- o‘zidan, bunda birdan ortiq ma‘noning o‘zaro munosabati yotadi. Demak, leksik ma’noni bunday tiplarga ajratish va nomlash polisemantik so‘z ma’nolari uchun xarakterli. Bir ma’noli so‘zlarda leksik ma’noning bunday tiplari bo‘lmaydi. Ob’yektni qay tarzda ifodalashiga ko‘ra leksik ma’no ikki turga bo‘linadi: 1.Nominativ m’ano; 2.Figural ma’no. Nominativ ma’no narsa, belgi, harakat haqidagi bevosita ma’lumot, ular bilan bevosita bog‘lanadigan ma’nodir.
14
Figural ma’no esa predmet, belgi yoki harakat bilan bevosita bog‘lanmaydi, ya’ni so‘z figural ma’nosi bilan predmet, belgi yoki harakatning nomiga aylangan bo‘lmaydi, figural ma’no nominativ ma’no orqali predmet, belgi, harakat bilan bog’lanadi: Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling