Tilshunoslik kafedrasi ismoilova gulhayoning
Metonimiya asosida ma’no ko‘chishi
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
soz manolarining kochish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Sinekdoxa asosida ma’no ko‘chish
2.2. Metonimiya asosida ma’no ko‘chishi Metonimiya ham nom ko‘chishi bilan yangi ma’no hosil bo‘lishiga olib keluvchi hodisalarning asosiylaridan hisoblanadi. Shu sababli bu hodisa ham nom ko‘chishi yo‘li bilan yangi ma’no hosil bo‘lishi haqida gap borgan ishlarning hammasida qayd etiladi. Metonimiya — narsa-predmetlar, belgilar, harakatlar o‘rtasidagi aloqadorlikka (bog‘liqlikka) ko‘ra nom ko‘chishidir. Ob’yektiv borliqdagi ayrim narsa-predmetlar, belgilar, shuningdek, harakatlar o‘rtasida ma’lum umumiylik, aloqa (bog‘lanish) bo‘ladi. Ana shuning ta’sirida biror narsa, belgi yoki harakatning nomi u bilan aloqasi (umumiyligi) bo‘lgan boshqa narsa, belgi, harakatni ifodalash uchun ham qo‘llanadi, unga ham nom bo‘lib ko‘chadi. 1
Badiiy asar tilida har bir trop yoki ko‘chimning o‘ziga xos va mos o‘rni hamda ma’no jilosi bo‘lgani kabi, poetik nutqda, metonimiya ham estetik kategoriyalardan biri sifatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Poeziyada, umuman, poetik asarlarda u ifoda ta’sirchanligini oshiribgina qolmay, balki poetik asarning ruhiyatini, tabiiy olami va ohangdorligiga, ya’ni ritmiga mos ifodaning yaratilishida asosiy omil bo‘la oladi. Ushbu tasvir vositasi ham metafora singari leksemalarning kognitiv ma’nosiga asoslangan bo‘lishi bilan birga, unda o‘xshashlik ko‘chimdan predmet yoki voqea-hodisa o‘rtasidagi o‘xshatish emas balki ular o‘rtasidagi bog‘liqlik, aloqadorlik, bir-birini taqazo etishga
1 Ўзбек тили лексикологияси. –Т., 1981, 223-бет. 40
asos qilib olinadi ya’ni metonimiyada "asosan, biror narsa yoki voqea- hodisaning nomi boshqa bir narsa yoki hodisaga ko‘chiriladi. Bu predmet yoki voqea- hodisa ongimizda bir-biri bilan aloqador tushunchalarni anglatishi bilan o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘ladi. 1
ko‘chirilsa, metonimiyada bu ikki predmet tashqi ko‘rinishi (shakl) ichki xususiyatlari (mazmun, mohiyati) bilan bir-biriga qandaydir aloqasi bo‘lsa ham, ammo, umuman bir-biridan farq qiluvchi (bir-biriga o‘xshamagan) predmetlarning belgilari bilan solishtiriladi", ya’niki metafora o‘xshashlikni metonimiya esa bog‘liqlikni nazarda tutadi. Shu kabi bog‘liqlik asosida (nom ko‘chishini esa turlicha bo‘lishi) turli xildagi, rang- barang nom ko‘chishlarining guvohi bo‘lamiz: Biron bir predmet yoki voqea hodisa ichidagi narsaning yoki voqea- hodisaning nomi anglashilayotgan predmetga o‘tkazilali. Muayyan bir harakat yoki ushbu harakat natijasi shu harakatni bajaruvchi qurol nomi bilan almashtiriladi.
Muayyan bir joy, hudud, mamlakat, davlatda yashovchi kishilar ma’nosi, shu yerga (shahar, qishloq...) mamlakat yoki davlatga ko‘chiriladi. Konkret tushuncha nomi o‘rnida mavhum ot qo‘llanishi va aksincha abstrakt tushuncha nomi qo‘llanishi kuzatiladi. Prozada metonimiya keng imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, poeziyada, asosan, epik asarlarda, ayniqsa, ya’ni mustaqillik davri dostonlarida ham jonlantirish, sifatlash, o‘xshatish, mubolag‘adan ko‘ra metafora kabi metonimiyali ifodalar ma’no ko‘chirishda o‘ziga xos xususiyatga egadir. Masalan, Buxorodan kelmish sangtarosh
1 Қурбонова М. Мустақиллик даври достонларида метонимия ва синекдоҳадан фойдаланиш маҳорати. Айюб Ғуломов ва ўзбек тилшунослиги масалалари (Илмий мақолалар тўплами). –Т., 2012, 156-157 бет.
41
Farg‘onalik chilkor ham bunda Naqqoshini yuboribli Shosh. Xorazmlik ganchkor ham bunda... 1
Ushbu satrlarda qo‘llanilgan, qator joy nomlari satr ohangdorligini oshirsa, "Shosh" leksemasi orqali nom ko‘chishi esa metonimiya hodisasiga sabab bo‘ladi. Bu yerda naqqoshni yuborgan asli "Shosh" shahri emas, balki Shoshda yashovchi insonlardir. '"Bibixonim" gumbazi turar, Bekasiday ko‘ngli yarimta... Ko‘z o‘ngimda shahar yugurar. Oqib borar nigohlarimda. 2
Ya’ni bunda "shahar" so‘zi shaharda yashovchi jami aholi, insonlar ma’nosini anglatadi. R.Suvonova joy nomlari bilan bog‘liq metonimiyalarni ikki xil ko‘rinishda yuzaga kelishini ta’kidlaydi. 3 Ular joy nomini bildiruvchi metonimiyalar va joy munosabatiga ko‘ra metonimiyaning sodir bo‘lishidir. 1. Joy nomi va joy bildiruvchn so‘zlarda metonimiya sodir bo‘lishi nutqda ko‘plab uchraydi. Ayniqsa, joy nomini bildiruvchi so‘zlar o‘sha joyda ishlab chiqarilgan mahsulotni bildirishi orqali metonimiya sodir bo‘lar ekan, bu jarayon til hodisasi sifatida kuzatiladi. Masalan: Qorako‘l so‘zi asli
dastlab shu tumanda yetishtarilgan. Bu hosila ma’no joy munosabatiga ko‘ra yuzaga kelgan. Yana shivirg‘on, kattao‘rgon, gulja, uchqora kabi joy nomlari
1 Ойдин Ҳожиева. Ўша китоб. 58-б. 2 Муҳаммад Али. Ўша сайланма. 249-б. 3 Сувонова Р. Жой номлари билан боғлиқ метонимиялар. Айюб Ғуломов ва ўзбек тилшунослиги масалалари (Илмий мақолалар тўплами). –Т., 2012, 81-82 бет.
42
ham bor. Bu nomlar kelib chiqishi jihatidan o‘sha joylar bilan aloqador bo‘lgan uzum navlarini ham ifodalaydigan bo‘lgan, ya’ni metonimiya hodisasi kechgan. Yana Samarqand shahri nomida oliy navi ham bor. Bu keltirilgan misollarning barchasi til hodisasi bo‘lgan metonimiyaga xosdir. Joy nomi bilan o‘sha joyda yashovchi aholnni atash orqali ham metonimiya sodir bo‘ladi. Lekin ular deyarli nutqiy hodisa sifatida kuzataladi: Agar kerak
gapdagi Sharq va G‘arb so‘zlari o‘sha yerlarda yashovchi barcha aholini ifoda etgan. Toshkent chiqdi Shastri yo‘liga (E.Vohidov). Bu gapda ham Toshkent so‘zi Toshkent aholisini ifoda etgan. Quyidagi misolda berilgan Osiyo so‘zini ham shunday izohlash mumkin: Zabtga olib keng Osiyoni,/ Bir zot chiqdi
kishini ham bildirishi mumkin: Tanladi Kavkazning papoq, bo‘rkini. (A.Oripov) Bu gapdagi Kavkaz so‘zi "kavkaz kishisi" ma’nosida qo‘llangan. Umuman joy bildiruvchi so‘zlar o‘sha joyda yashovchi aholini ifoda etishi bilan metonmiya sodir bo‘lishi mumkin. Saroy yo‘lga chiqdi savlati bilan (A.Oripov), Qishloq g‘ala-g‘ovur, soldatni kutar (Uyg‘un). Bu gapdaga saroy, qishloq; so‘zlari o‘sha joydagi aholini bildirgan, ya’ni metonimiyaga uchragan. Ba’zan joy bildiruvchi otlar faqat shu joyga oid aholini emas, har qanday sub’yektlarni ifoda etishi ham mumkin. Joy nomi bilan unda yashaydigan aholi ifodalanar va metonimiya sodir bo‘lar ekan, bu nom malum xududni bildiradi. Bunga shahar, qishloq,
ko‘rsatish mumkin. Nutqiy hodisa sifatida sodir bo‘lgan metonimiyalar - joy nomini bildiruvchi so‘zlarning ma’nosini bildirishi orqali ham kuzatiladi: Bu jonning bor erur Qorabog‘i? / Na O‘zgan, na O‘sha Farg‘onasi bor (A.Oripov). Bu gapdagi O‘zgan, O‘sh, Farg‘ona, Qorabaz so‘zlari "vatan" metonimik 43
ma’nosini ifoda etgan. Joy nomini bildiruvchi atoqli otlar o‘sha joyga ishora qiluvchi belgi ma’nosida qo‘llanishi - metonimiyaga uchrashi ham mumkin: Ana xaritada
nomlari bo‘lgani holda, xaritadagi o‘sha joylarni ko‘rsatuvchi shartli belgini ifoda etilgan metonimik ma’noni bildirmoqda. Ayrim hollarda joy nomi vaqt ifodasini bildiruvchi metonimik ma’noni hosil qilishi mumkin: Baytingga bir bora qovushgan har lab/ Takrorlab
Umuman joy munosabatiga ko‘ra metonimiya sodir bo‘lishini til hodisasi hamda nutq hodisasi sifatida kuzatish mumkin. Shu tarzda nutqiy metonimiyaning sodir bo‘lishi, o‘zbek tilida uncha ko‘p tarqalmagan. U og‘zaki nutqda uchrab tursa ham yozma nutqda deyarli kuzatilmaydi. Shuning uchun ham biz to‘plagan materiallar ichida unga oid misollar ham bo‘lib chiqdi. . Joy munosabatiga ko‘ra metonimiyaning sodir bo‘lishi ancha keng tarqalgan. So‘zlar leksik ma’no jihatdan taraqqiy etib, joy bildiruvchi hosila ma’noni yuzaga keltiradi. Kishining bir a’zosi nomi bilan joy ifodalanadi. Bunda kishining biror a’zosi o‘zi o‘rnashgan joy bilan tutash joyni nomdosh qilib oladi. O‘sha tutash joyni bildirgan hosila ma’no yuzaga kelishi joy munosabatiga ko‘ra sodir bo‘lgan metonimiya hisoblanadi. Masalan: Hoji Kumushning boshiga kelib o‘tirdi (A.Qodiriy). U har qachon yonboshimda (U.Nosir) gaplarida bosh so‘zi bosh bilan tutash, yonbosh so‘zi yonbosh bilan tutash so‘zi qosh bilan tutash joyni ifoda etsa» hosila ma’no joy aloqadorligiga ko‘ra yuzaga kelgan. Hosil qiluvchi va hosila ma’no o‘rin ifodalamagani holda ma’no hosil bo‘lishi o‘rin munosabatiga ko‘ra bo‘ladi. Masalan, Oq qog‘ozim senga Erkin ochdi pinhon ishini (E.Vohidov). Bu gaplardan birinchisida bosh so‘zi "miya" ma’nosida, qog‘oz so‘zi "asar" ma’nosida qo‘llangan. Chunki bosh 44
va qog‘ozda o‘rnashgan hosila ya’ni shu o‘rnashish o‘rniga ko‘ra yuzaga kelgan.
Ayrim narsalar va ularning hajmi o‘rnashgan buyumi nomi bilan atalishi ham metonimiyani yuzaga keltiradi. Bunda ham o‘rin munosabati metonimiya sodir bo‘lishi uchun sabab hisoblanadi: Xotinining hay-hayiga
(N.Shukurov), Bir six yedi (N.Shukurov). Bu gaplarning birinchisida piyola so‘zi shu hajmdagi ichkilik ikkinchi gapdagi stakan so‘zi shu hajmdagi ichkilik uchinchi gapdagi six so‘zi shu chamadagi kabob hosila ma’nolarini yuzaga keltirgan. Bularniig yuzaga kelnshida ham o‘rin munosabati ahamiyatga ega bo‘lgan. Buyum nomi bilan joy atalishi orqali ham metonimiya sodir bo‘lishi mumkii: Mamajon yalqov samovarda yotib tush ko‘radi (G‘. G‘ulom). Bu gapdagi samovor so‘zining leksik ma’nosi buyumni bildiradi. Uning hosila ma’nosi esa shu buyum o‘rnashishiga asoslangan maishat joyini bildiradi. Bu o‘rinda hosila ma’no o‘rin munosabatiga ko‘ra yuzaga kelganligi uchun u metonimiya hodisasi deb qaraladi. Matbuot vositasi nomi bilan undagi nashr atalishi ham metonimiyadir: Gazetani o‘qiydir shatir (U.Nosir). Bu gapdagi gazeta so‘zi undagi nashr qilingan narsani ifoda etgan. Material gazetada joylashganligi uchun u gazeta nomi bilan atalgan. O‘simlik nomi bilan u o‘rnashgan joy atalishi mumkin. Masalan: Rayhon chopib o‘tirgan ayam birdan voyvoylab, quymichini ushlaganicha o‘zini rayhonning ichiga tashlab yubordi (A.Qahhor). Bu gapdagi birinchi rayhon so‘zi o‘simlikni emas, u ko‘karib turgan ariqni anglatuvchi hosila ma’noga ega. Bu holatning aksini kuzatish ham mumkin. O‘simlik joy nomi bilan atalib, metonimiya hosil qilishi kuzatiladi: Yer ekuvchi dehqonlarning holini ham
45
O‘rin munosabatiga ko‘ra sodir bo‘lgan metonimiyalar, asosan, nutqiy holatda kuzatiladi. Chunki ularni nutq jarayoni yuzaga keltiradi.
2.3. Sinekdoxa asosida ma’no ko‘chish Bu hodisa bir narsaning nomi bilan uning biror qismi (bo‘lagi)ni atash yoki, aksincha, qismning nomi bilan shu qism mansub bo‘lgan butunni atashdir. Mas, olma, anor, bodom kabi mevalar (qism) nomi bilan shu mevalarni anglat uvchi daraxtlarni atash, qo‘l so‘zi bilan shu a’zodagi bir qism (barmoq)ni atash sinekdoxa asosidadir. Bu yo‘l bilan nom ko‘chishda bo‘lak (qism) nomining butun nomiga o‘tishi asosiy holat bo‘lib, butun nomining bo‘lak (qism) nomi bo‘lishi bir-ikki so‘zdagina uchraydi. Ma’lumki, borliqdagi narsalar juda oddiy va juda murakkab komponentli bo‘lishi mumkin. Bunday narsa-predmetlar o‘zidagi hohlagan qism (komponent) nomi bilan atalavermaydi, balki u komponent shu narsadagi asosiy, uni harakterlovchi bo‘lsagina bo‘lak nomi butunga ko‘chishi (butun bo‘lak nomi bilan atalishi) mumkin. Ba’zi adabiyotlarda metaforaning bir turi sifatida e’tirof etilgan sinekdoxa hodisasi, asli metonimiyaning bir ko‘rinishidir. Chunki sinekdoxada ham metaforalardan farqli ravishda o‘xshashliqdan ko‘ra zamon va makonda bog‘liqlik, aloqadorlik jihatlari ustun keladi, Bunda butun orqali qism yoki qism orqali butun, yohud ko‘plik orqali birlik birlik orqali ko‘plab ifodalanishi kuzatiladi.
46
Har kun ajal bilan kelib yuzma-yuz, Har kun omon qolgan mo‘jiza kelbat, Har kun erkaklarda tirilgan oy yuz, Har kun xotirada joylangan suvrat 1 .
"oy-yuz" deyish bilan go‘zal qizga ishora qilinadi. "Chiqmaysanmi, -deb, - ey qora ko‘z!" Qiz eshigin tak-taq urardi. "Yo‘q, yo‘q!" - derdi idroki, biroq Eshik taraf undardi oyoq. Ushbu satrlarda ham "qora ko’z",
"idrok", "oyoq" leksemalari orqali butun inson (qiz) ifodalanmoqda. Quyidaga satrlarda ham ushbu hodisa kuzatiladi. 2.4. Vazifadoshlik asosida nom ko‘chishi Biror narsaning nomi boshqasiga ular bajargan vazifadagi o‘xshashlik asosida ko‘chirilishi funksional ko‘chirish deyiladi. Funksional ko‘chirish ham o‘xshashlik asosida bo‘ladi. Bu jihatdan u metafora yo‘li bilan ko‘chirishga juda yaqin turadi. Farq shundaki, metafora yo‘li bilan ko‘chirishda predmetlar orasidagi tashqi ko‘rinish jihatidan, material jihatdan o‘xshashlik asosga olinsa» funksional ko‘chirishda vazifa jihatidan o‘xshashlik nazarda tutiladi. Masalan, qush tanasidagi uchish uchun xizmat qiluvchi a’zo qanot deyiladi. Shunga o‘xshash vazifani bajaruvchi qism samolyotga nisbatan ham qanot deb nomlangan. Shuningdek, ilgarilari ko‘mir leksemasi «ko‘mib yondirish usuli bilan
1
Ойдин Ҳожиева. Ўша китоб. 35-б. 47
o‘tindan tayyorlangan yoqilg‘i» ma’nosini anglatar edi.Hozir esa «yer qatlamida tabiiy yo‘l bilan hosil bo‘lgan qattiq va qora rangli yoqilg‘i» ma’nosiga ko‘chdi. Endi bu ikki ma’nodan asosan keyingisi ko‘p uchraydi. Yuqoridagi yoqilg‘ining ikki turini farqlash lozim bo‘lib qolsa, bular sifatlovchi keltirish yo‘li bilan farqlanadi: pistako‘mir, toshko‘mir deb nomlanadi. Yana misollar: chiroq (qora chiroq — sham chiroq — kerosin bilan yonadigan, shishali chiroq—elektrolam-pochka), siyoh (yozuv uchun ishlatiladigan qora rangli suyuqlik)—siyoh (yozuv uchun ishlatiladigan suyuqlik, rangi har xil bo‘laveradi) kabi. Funksional ko‘chirishda ko‘pincha shakliy o‘xshashlik ham qatnashadi. Masalan, yuqorida keltirilgan qanot leksemasida shakl jihatidan, ko‘mir leksemasida rang jihatidan, siyoh, leksemasida holat(suyuq) jihatidan o‘xshashlik ham bor. Shu sababli bu ko‘chirishlarni funksional-metaforik ko‘chirish deb baholash mumkin. 1
Nom ko‘chishi natijasida yangi ma’no hosil bo‘lishiga olib keluvchi hodisalardan biri sifatida vazifadoshlik keltiriladi. O‘zbek tili leksikologiyasiga oid ishlarda ham funksiyadoshlik, metonimiya, metafora va sinekdoxalar kabi, nom ko‘chishiga olib keluvchi asosiy hodisa deb qaraladi. Lekin shu narsa harakterliki, metafora, metonimnya va sinekdoxa deyarli hamma ishlarda bir xilda tushunilgani, bir xilda ta’riflangani holda, shuningdek keltirilgan faktlar ta’rifga mos kelgani holda, funksiyadoshlikni tushunish va ta’riflashda bir xillik yo‘q, keltirilgan faktlar ham ko‘p hollarda fikrni tasdiqlamaydi. Mas, samolyotning ikki yonidan o‘sib chiqqan qush qanotiga o‘xshash qismining «qanot» deb atalishi ayrim ishlarda metafora deb ta’riflansa, ba’zi ishlarda funksiyadoshlik natijasi deb ta’riflanadi.
1 Турсунов У.ва бошқ. Ҳозирги замон ўзбек адабий тили. –Т., 1992, 82-83-бетлар. 48
Umuman, bajaradigan vazifasidagi birlik asosida nom ko‘chishi (shu asosda so‘zning yangi ma’no kasb etishi) o‘zbek tilida ham bor. Masalan, qalam so‘zi tarixan ifodalagan predmet bilan uning hozirda ifodalaydigan predmeti shakli, materiali jihatidan butunlay farqli. Bu so‘z ilgari qamish va natdan yasalgan yozuv qurolini bildirgan. Hozirda esa grafitli yozuv qurolini bildiradi. Ko‘rinadiki, shakli, yasalishi va materiali qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ikkala predmet ham yozuv quroli. Funksiyadoshlik asosida nom ko‘chishi, ya’ni shu hodisa tufayli so‘zning yangi ma’noga ega bo‘lishi metafora, metonimiya va sinekdoxa asosida yangi ma’no hosil bo‘lishiga nisbatan juda ham kam uchraydi. Shunday bo‘lishi ham tabiiy. Chunki biron narsa uchun mo‘ljallangan predmetning o‘zi bo‘lgani holda shu narsaning aynan o‘zi uchun mo‘ljallangan yana boshqa predmetning yuzaga kelishiga ehtiyoj bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, vazifasi tamoman bir xil, lekin boshqa- boshqa narsaning hayotda birga yashashi mumkin emas. Demak, vazifasi jihatdan biror predmet bilan umumiylikka ega bo‘lgan boshqa predmet yuzaga kelar ekan, ular o‘rtasida faqat umumiylik bo‘ladi, birlik emas. Bu predmetlar, shubhasiz, xususiy (farqli) belgi yoki belgilarga ham ega bo‘ladi. Bunday hollarda predmetni konkret atash uchun maxsus so‘z (so‘zlar) qo‘llanadi yoki predmet maxsus nom oladi. Mas, grafitli yozuv qurolini dastlab karandash qalam deb atalishining sababi ham ana shunda. Xullas, yangi ma’no hosil bo‘lishiga asos bo‘luvchi nolingvistik faktorlar metafora, metonimiya, sinekdoxa va funksiyadoshlik bo‘lib, bulardan metafora va metonimiya asosida nom ko‘chishi asosiy (mahsuldor) holat hisoblanadi. Sinekdoxa, ayniqsa, fuiksiyadoshlik asosida yangi ma’no hosil bo‘lishi kam sonni tashkil etadi. Shuni ham aytish kerakki, nolingvistik faktorlar asosida so‘zning semantik strukturasida leksik ma’noning ortishi nuqtan nazaridan 49
bo‘ladigan o‘zgarishlar anchagina murakkab tusda bo‘ladi. Bunda hamma vaqt ham o‘xshashlik, aloqadorlik yoki sinekdoxaning faqat o‘zginasi asos bo‘lavermaydi. Ba’zi ma’nolarniig hosil bo‘lishida bulardan ikki yoki undan ortig‘ining elementi u yoki bu darajada qatnashadi. Shuning uchun ham ayrim hollarda yangi ma’noning qaysi hodisa asosida yuzaga kelganini belgilash qiyinroq bo‘ladi (misollarini yuqorida ko‘rdik). Lekin u yoki bu ma’noning yuzaga kelishida yuqoridagi to‘rt hodisadan ikki
yoki undan ortig‘ining elementi ishtirok etsa-da, ulardan bittasi asosiy bo‘ladi, yangi ma’no xuddi shu hodisa asosida yuzaga keladi. Mas: stol, stul, karavot kabilarning oyoqlari bilan inson yoki hayvon oyoqlari o‘rtasida tashqi o‘xshashlik ham bor, shuningdek, funksiya o‘xshashligi ham bor, ya’ni shu qism mazkur predmetlarni ko‘tarib turadi. Lekin bu predmetlardagi shu qismning oyoq deb atalishi metafora asosidadir. Chunki predmetlarni ko‘tarib turish uchun ishlangan qism ikki yoki undan ortiq bo‘lsagina oyoq deb ataladi. Ko‘tarib turadigan qism bitta ham bo‘lishi mumkin, lekin u oyoq deyilmaydi.
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling