Tilshunoslik kafedrasi ismoilova gulhayoning


Rustam dehqonchilikni tilini yaxshi biladi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana13.05.2020
Hajmi0.81 Mb.
#105539
1   2   3   4
Bog'liq
soz manolarining kochish usullari


1.Rustam dehqonchilikni tilini yaxshi biladi. 

2.Doktor kasalning tilini chiqarib ko‘rdi. 

Keltirilgan  misoldagi  "til"  so‘zining  birinchi  gapdagi  ma’nosi 

ko‘chma ma’no bo‘lib, figural ma’no hisoblanadi. Ikkinchi gapdagi ma’nosi 

so‘zning o‘z ma’nosi bo‘lib, nominativ ma’no hisoblanadi. 

Ko‘rinadiki,  nominativ  ma’no  va  figural  ma’no  munosabati  ham 

polisemantik 

so‘z  ma’nolari  uchun  harakterli.  Polisemantik  so‘z 

ma’nolaridan  faqat  yasama  ma’nogina  figural  ma’no  bo‘la  oladi.  Lekin 

yasama  ma’nolar  doirasida  ham  figural  ma’no  nominativ  ma’noga  nisbatan 

kam miqdorni tashkil qiladi. 

Nutqda reallashish holatiga ko‘ra leksik ma’no ikki turga bo‘linadi: erkin 

ma’no va bog‘li ma’no.

1

 

Erkin  ma’no  narsa,  belgi,  harakat  bilan  bevosita  bog‘lanadigan  ma’no 



bo‘lib,  uning  reallashuvi  ma’lum  kontekstga,  so‘z  qurshoviga  bog‘liq 

bo‘lmaydi.  Masalan,  o‘yin  so‘zining  raqs  ma’nosi,  yugurmoq  so‘zining 

chopmoq  ma’nosi  erkin  ma’no  hisoblanadi.  Bu  ma’nolar  hech  qanday 

qo‘shimcha  vositaga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  reallasha  oladi.  Xuddi  shu 

xususiyatiga ko‘ra bu tipdagi leksik ma’no erkin ma’no deyiladi. 

Bog‘li  ma’no  ma’lum  so‘z  yoki  so‘zlar  qurshovidagina  reallashadi.  Bu 

ma’no  voqelik  bilan  bevosita  bog‘lana  olmaydi.  So‘zning  bog‘li  ma’nosini 

qo‘llanish  doirasi  juda  chegaralangan  bo‘ladi,  ya’ni  u  shu bog‘liq  ma’noni 

reallashtiradigan  so‘z  yoki  so‘zlar  bilangina  bog‘lana  oladi.  Masalan, 

yuqoridagi  o‘yin,  yugurmoq  so‘zlarining  quyidagi  gaplarda  bildiradigan 

                                                   

1

 



Ўзбек тили лексикологияси. Т., 1981, 207–бет. 

 

15 


ma’nosi bog‘li ma’no hisoblanadi: 

1. Qizniki qiyin bilan, o‘g‘ilniki o‘yin bilan bitar. 

2. U qaynonasining ko‘nglini olish uchun ozmuncha yugurmadi. 

Bu  misollarda  “o‘yin”,”yugurmoq”  so‘zlariga  xos  ma’no  ular  bilan 

qo‘llanayotgan  "bilan  bitar",  "ko‘nglini  olish  uchun",  so‘zlari  yordamida 

reallashyapti,  ya’ni  ma’noning  reallashuvi  shu  so‘zlarning  qo‘llanishi  bilan 

bog‘liq. Xuddi shu sababli bu ma’nolar bog‘li ma’no hisoblanadi. 

 

3-§. Leksik ma’noning taraqqiyot yo‘llari 

Har  qanday  so‘z  paydo  bo‘lishi  bilanoq,  ma’lum  bir  tovush  qiyofasi,  leksik 

ma’nosi bilan  yuzaga  keladi.  Demak,  leksik  ma’no  semantik strukturada so‘zning 

paydo  bo‘lishidanoq  mavjud  bo‘ladigan  komponent  hisoblanadi.  Qo‘shimcha 

ottenkalar,  shuningdek,  stilistik  belgilar  esa,  odatda,  so‘z  semantik  strukturasi 

taraqqiyotining  (umuman,  so‘z  hayotining)  keyingi  bosqichlariga  xos,  so‘z  paydo 

bo‘lgandan keyingi davrlarda yuzaga keladigan hodisalardir. 

So‘zning har qanday leksik ma’nosi ma’lum sabab, talab bilan yuzaga keladi va 

har  qanday  leksik  ma’noning  yuzaga  kelishi  o‘z  asos  va  qonuniyatlariga  ega. 

So‘zning  yangi  ma’nosi  hamma  vaqt  ham  yangi  paydo  bo‘lgan  narsa-hodisalarni 

ifodalash talabi bilangina emas, balki aslida bor bo‘lgan narsa-hodisalarni ifodalash 

talabi  bilan  ham  yuzaga  keladi.  Aslida,  bor  narsa  hodisalarni  yana  boshqa  so‘zlar 

bilan atashning o‘ziyoq ma’lum talab bilan, uni qandaydir o‘zgachalik bilan ifodalash 

talabi natijasida namoyon bo‘ladi. 

Narsa-hodisalardagi  o‘ziga  xoslikni  to‘liqligicha  ifodalash,  unga  munosabatni 

aniq ifodalash talabi bilan so‘zlarning tanlanishi, shunga xoslanish natijasida so‘zlar u 

yoki  bu  ottenkani  kasb  etadi,  uslubning  ma’lum  turiga  xoslanadi.  So‘z  semantik 

strukturasining  qo‘shimcha  ottenkalar  va  stilistik  belgi  hisobiga  boyishi 

sinonimiyaning rivojlanishiga olib keluvchi omil hisoblanadi. Sinonimiya esa tilning 

rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi omillardan biridir. 



 

16 


Leksik ma’noning taraqqiyoti, odatda, bir predmetning, belgining, harakatning 

nomini boshqa predmetga, belgiga, harakatga ko‘chirish yo‘li bilan sodir bo‘lishini 

yuqorida ko‘rib o‘tdik. Bundan tashqari, leksik ma’no hajmining taraqqiyotini ham 

nazarda tutish lozim. Leksik ma’no hajmidagi taraqqiyot ikki xildir: 

a) leksik ma’no hajmining kengayishi; 

b) leksik ma’no ‘hajmining torayishi. 

1.  Leksik  ma’no  hajmining  kengayishida  tor  doiradagi  voqelikni 

atovchi  so‘z  keng  doiradagi  voqelikni  atash  uchun  xizmat  qiladi.  Masalan, 

"o‘q"  so‘zi  aslida  "kamonning  o‘qi"  ma’nosini  anglatgan.  Keyinchalik 

"miltiq 


patroni", 

"snaryad" 

kabi 

ma’nolarni 



ham 

 

anglatib, 



leksik ma’no hajmini kengaytiradi. 

Konkret  ma’noning  abstrakt  ma’noga  o‘tishi  ham  leksik  ma’no  hajmining 

kengayishi hisoblanadi. Masalan, "otlanmoq" aslida ko‘chmanchilik davri uchun xos 

konkret bir harakatni (boshqa joyga ko‘chish uchun otga minish, otga yuklanishni) 

atagan. Hozir esa umuman "bir joyga borish uchun hozirlanish" ma’nosiga ko‘chgan. 

Bu holatda avvalgi konkret ma’no o‘rnini abstrakt ma’no egallagan. 

Atoqli otni turdosh otga (yoki boshqa bir turkumga) aylanishi ham leksik ma’no 

hajmining kengayishi hisoblanadi. Bunday holat hozirgi o‘zbek tili uchun tipik emas. 

Masalan, Don-Juan - ispan legendasining qahramoni, "donjuan"- ishqiy sarguzashtlar 

shaydosi. Yoki Rentgen - olim, rentgen – apparat kab. 

2.  Leksik  ma’no  hajmining  torayishida  keng  doiradagi  voqelikni 

atovchi  so‘z  tor  doiradagi  voqelikni  atash  uchun  xizmat  qiladi.  Masalan, 

turdosh  otning  (yoki  boshqa  biror  turkumga  xos  so‘zning)  atoqli  otga 

aylanishi  ham  leksik  ma’noning  torayishi  sanaladi.  Po‘lat  (atoqli),  po‘lat 

(turdosh  ot),  O‘tkir  (atoqli  ot),  o‘tkir  (turdosh),  ergash  (fel),  Ergash  (atoqli 

ot). 


Ma’lumki,  leksik  ma’no  bir  necha  tomondan  baholanadi.  Avvalo, 

etimologik  leksik  ma’no  va  etimologik  bo‘lmagan  leksik  ma’no  farqlanadi. 



 

17 


Etimologik leksik ma’no o‘z-o‘zidan etimologiyada  o‘rganiladi. Etimologik 

bo‘lmagan leksik ma’no ikki turga bo‘linadi : 

a) eski leksik ma’no; 

b) hozirgi leksik ma’no. 

Tarixiy  leksikologiyada  eski  leksik  ma’no  tadqiq etiladi.  Hozirgi  leksik 

ma’no  esa  tasviriy  leksikologiyada  o‘rganiladi.  Til  taraqqiyotining 

o‘rganilayotgan  bosqichida  mavjud  bo‘lgan  leksik  ma’noga  shu  davrning 

o‘ziga qarata hozirgi leksik ma’no deyiladi. So‘zning hozirgi leksik ma’nolari 

quyidagicha tasnif etiladi: 

1) bosh ma’no va yasama ma’no; 

2) to‘g‘ri ma’no va ko‘chma ma’no; 

3) nominativ mano va figural (majoziy) mano;  

4) erkin ma’no va bog‘liq ma’no. 

So‘zning  leksik  ma’nolari  sistemasida,  avvalo,  bosh  ma’no  va  yasama 

ma’no  farqlanadi.  Bosh  ma’no  boshqa  bir  leksik  ma’noning  taraqqiy  etib 

chiqishi  uchun  asos  bo‘lgan  ma’nolardir.  Bosh  ma’noning  taraqqiyoti 

natijasida yuzaga kelgan ma’no yasama ma’no hisoblanadi. Masalan, "ochiq" 

so‘zining  bosh  ma’nosi  -  berklanmagan  (  yopiq  so‘zining  antonimi):  ochiq 

eshik  kabi.  Quyidagi  ma’nolar  shu  bosh  ma’nodan  taraqqiy  etib  chiqqan 

yasama ma’nolardir: 

1) "tushunarli", "aniq", "yashirmay ochiq gapirmoq", "qo‘li ochiq" kabi. 

2) "Unli tovush bilan tugallanuvchi": ochiq bo‘g‘in. 

So‘zning bosh ma’nosi, odatda, to‘g‘ri ma’no sanaladi. Masalan, tosh 

so‘zining to‘g‘ri ma’nosi "qattiq tog‘ jismi" (kamen). Bu shu so‘zning to‘g‘ri 

ma’nosidir. Tosh so‘zining bag’ri tosh, tosh ko’ngil   kabi bog‘lanishidagi 

"qattiq"  ma’nosi  oldingi  bosh  ma’nosiga  nisbatan  yasama,  shu  bilan  birga 

ko‘chma  ma’nodir.  Har  qanday  yasama  ma’no  ko‘chma ma’no hisoblanadi. 

Ma’noni  ko‘chirish  asosida  yotgan  obraz  so‘nishi,  unitilishi  mumkin. 



 

18 


Shunga qaramay, bunday ma’no ko‘chma ma’no deb atalaveradi. 

Leksik  ma’nolar  nomlovchi  (nominativ)  ma’no  va  majoziy  (figural) 

ma’no  deb  ham  ikki  guruhga  ajratiladi.  Ma’lum  bir  predmet,  belgi, 

harakatning  atamasi  bo‘lgan  leksik  ma’noga  nominativ  ma’no  deymiz. 

Masalan,  gul  so‘zining  nominativ  ma’nosi  o‘simlik  turlaridan  birini 

atashdir. 

Shu      so‘z    davraning  guli      birikmasida    "sara",      "noyob", 

"chiroyli" ma’nosini anglatadi.  Bu shu so‘zning figural ma’nosi hisoblanadi. 

Nominativ  ma’no  bevosita bog‘lanadi. Figural  ma’no  esa,  voqelik bilan shu 

so‘zning  nominativ  ma’nosi  orqali  bog‘lanadi.  Figural  ma’no  obrazlilik, 

majoz  hosil  qilish  uchun  ishlatiladi.  Ba’zan  figural  ma’no  xuddi  nominativ 

ma’nodek  gavdalanadi.  Bu  ma’noni  boshqacha  atab  bo‘lmaydi,  topilgan 

izohlar  ham  biror  so‘zning  figural  ma’nosi  bo‘ladi.  Masalan,  tuz  so‘zining 

“gapning  tuzi”  kabi  bog‘lanishidagi  ma’nosini  qaymoq,  mag‘iz 

so‘zlarining  figural  ma’nosi  orqaligina  izohlash  mumkin  (gapning 

qaymog‘i, gapning mag‘zi kabi). 

So‘zning  bosh  ma’nosi  nominativ  ma’no  bo‘ladi.  Har bir  so‘z bir bosh 

ma’noga  ega.  Ammo nominativ  ma’no  bittadan  ortiq bo‘lishi ham  mumkin. 

Chunki  nominativ  ma’no  uchun  voqelik  bilan  bevosita  bog‘lanishning 

mavjud  bo‘lishi  va  shu  ma’noning  voqelikning  atamasi  bo‘lishi  shart  qilib 

qo‘yiladi.  Shuning  uchun  yasama  ma’no  ham  nominativ  ma’no  bo‘la  oladi. 

Masalan,  til  so‘zining  bosh,  to‘g‘ri  nominativ  ma’nosi  -"og‘izda 

joylashgan  va tam, maza bilishga xizmat qiladigan organ". Shunga nisbatan 

"til-nutq  organi"  ma’nosi  yasama  ma’nodir.  Voqelik  bilan  bog‘lanishiga, 

voqelikni  atashiga  ko‘ra  esa  bu  ma’no  nominativ  ma’no  (yasama 

nominativ  ma’no)  hisoblanadi.  Shu  so‘zning  yana  til-"nutq",  til  -  "aloqa-

fikrlashuv  quroli";  til  -  "puflab  gapiradigan  asboblarning  havo  oqimiga 

to‘siqlik vazifasini bajaruvchi ma’lum bir qismi" kabi leksik ma’nolari ham 



 

19 


nominativ ma’nolardir. Chunki bu ma’nolar o‘zi anglatadigan voqelikning 

atamasi bo‘lib xizmat qiladi. 

Shu  so‘zning  quyidagi  leksik  ma’nolari  esa  figural  ma’no  hisoblanadi. 

Masalan,  til  -  "nozik  tomon",  "sir":  dehqonchilikning  tilini  bilmoq, 

mashinaning tilini bilmoq, "yozish uslubi, stili" asar tili, til -"ifodalanayotgan 

tuyg‘u, kechinma"- ko‘yning tili. 

Leksik  ma’no  yana  erkin  ma’no  va  bog‘lik  ma’no  deb  ham  ajratiladi. 

Juda  tor  kontekstda  ma’lum  bir  semantik  guruhni  tashkil  etuvchi  sanoqli 

so‘zlar bilangina bog‘lanishda reallashuvchi ko‘chma ma’noga bog‘li ma’no 

deyiladi.  Qolgan  holatlarda  anglashiluvchi  leksik  man’oga  erkin  ma’no 

deyiladi.  Masalan,  "chekmoq"  fe’lining  "g‘am  chekmoq"  ,  "dard  chekmoq", 

"azob  chekmoq"  kabi  bog‘lanishlardagi  ma’nosi  tor  kontekst  doirasidagina 

reallashuvchi  ko‘chma  ma’no  hisoblanadi.  Bu  so‘zning  chilim  chekmoq, 

sigaret chekmoq kabi biriktirishlardagi ma’nosi erkin ma’nodir. 

Kontekst  har  qancha  tor  bo‘lishidan  qatiy  nazar,  agar  so‘z  to‘g‘ri 

ma’noda qo‘llanilsa, uni bog‘li ma’no deb bo‘lmaydi. Masalan, tin -  "xavo" 

so‘zi  juda  tor  kontekstli:  birgina  tin  olmoq  (nafas  olmoq,  nafas  rostlamoq) 

birikmasida  o‘zining  to‘g‘ri  manosida  qo‘llaniladi.  Shu  sababli  buni  bog‘li 

ma’no deb bo‘lmaydi. 

So‘zning  semantik  strukturasida,  leksik  ma’nodan  tashqari,  stilistik 

bo‘yoq  ham  hisobga  olinadi.  Masalan,  ona,  onajon  so‘zlari  leksik  ma’no 

anglatishi jihatidan bir xil. Ammo bu so‘zlar o‘zaro stilistik bo‘yog‘i nuqtai 

nazaridan  farqlanib  turadi.  Bulardan  ona  so‘zining  semantik  strukturasi 

stilistik  bo‘yoq  jihatidan  betaraf,  predmetga  shaxsning  munosabati 

ifodalanmagan.  Ammo  onajon  so‘zida  bunday  munosabat  aniq  sezilib 

turadi,  ya’ni  unda  predmet  atalibgina  qolmay,  unga  munosabat  ham 

bildirilgan. 

So‘zning semantik strukturasida asosiy hodisa uning leksik ma’nosidir. 



 

20 


Stilistik bo‘yoq shu leksik ma’noga suyanadi. Stilistik bo‘yoq bir so‘zning 

leksik ma’nosiga nisbatan har xil bo‘lishi mumkin. Shu sababli bir so‘zning 

leksik  ma’nolari  xatto  turli  nutq  ko‘rinishiga  xoslangan  bo‘lishi  ham 

mumkin. Stilistik bo‘yoq asosan ikki xil ifodalanadi: 

1. Morfema yordamida;    2. So‘z negizining o‘zi bilan. 

Bulardan  tashqari,  kontekst  yordamida  ham  ifodalanishi  mumkin. 

Birinchi  va ikkinchi  usul bilan ifodalanish  leksik  ma’noga bog‘liq,  uchinchi 

usul  bilan ifodalanish esa asosan leksik qo‘llashga bog‘liq. 

Stilistik  bo‘yoqning  morfema  bilan  ifodalanishiga  morfologik 

ifodalanish 

deyiladi. 

Masalan, 



-cha 

(uycha),...gina(qizgina),.,.jon 

(otajon),...chak,  ...choq  (kelinchak,  qo‘zichoq).  Bu  morfemalar  asosan 

erkalash ma’nosini ifodalash uchun ishlatiladi. 

Stilistik  bo‘yoq  so‘z  negizining  o‘zi  bilan  ifodalansa,  leksik 

ifodalanish  deyiladi.  Bunda  stilistik  bo‘yoq  ko‘pincha  so‘zlarning  o‘zaro 

semantik munosabatidan kelib chiqadi. Masalan, yuz, bet, aft, bagira, chexra 

so‘zlari  o‘zaro  ma’lum  semantik  munosabatda  bo‘lib,  asosan  bir  ma’noni 

anglatadi. Ammo bu so‘zlar stilistik bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanadi. Shu nuqtai 

nazardan eng betaraf so‘z "yuz" so‘zidir. Ikkinchi o‘rinda "bet" so‘zi turadi, 

bu  so‘zda  stilistik  bo‘yoq  aniq  sezilib  turadi.  Aft,  bashara  so‘zlarida  esa 

stilistik  bo‘yoq  yanada  kuchliroq  ifodalangan  bo‘lib,  o‘zi  anglatayotgan 

predmetga salbiy munosabat yanada yaqqol seziladi. 

Stilistik  bo‘yoq  har  biri  o‘z  doirasida  neytral  bo‘lgan  so‘zlarni  o‘zaro 

ma’no  munosabatiga  kiritish  orqali  ham  tuziladi.  Bunday  ifodalanishga 

kontekstual  ifodalanish  deyiladi.  Masalan,  bosh  so‘zi  kishi  organizimiga 

nisbatan  ishlatiladi,  kalla  so‘zi  esa  odatda  hayvon  organizmga  nisbatan 

ishlatiladi.  Bularning  har  biri  o‘z  ishlatilish  doirasida  stilistik  nuqtai 

nazaridan betarafdir. 

Masalan, boshini ko’tardikalla solib sho’rva qildi. Ammo "kalla" so‘zi 



 

21 


hayvonlardan  odamga  ko‘chirilishi  natijasida  bosh  so‘zi  bilan  o‘zaro 

ma’lum  semantik  munosabat  hosil  qilib,  stilistik  bo‘yoqqa  ega  bo‘ladi. 

Odatda bosh so‘zi aql bilan bog‘lansa, kalla so‘zi shuning aksini anglatish 

uchun  ishlatiladi.  Kontekstual  ifodalanishda  stilistik  bo‘yoq  nutq 

vaziyatida  reallashadi.  Masalan,  olim  so‘zi  haqiqatda  olim  kishiga  nisbatan 

aytilsa,  stilistik  bo‘yoq  betaraf  bo‘ladi.  Taqlidchiga  qarata  mazax  tariqasida 

aytilsa, stilistik bo‘yoqqa ega bo‘ladi. Masalan, Olimimiz nima der ekan. 

So‘zning semantik strukturasiga bog‘liq holda so‘zning qo‘llanishi ham 

ta’kidlanadi.  So‘zning  qo‘llanishi  ma’lum  darajada  leksik  ma’noning 

taraqqiyoti  bilan  bog‘liqdir.  Shunga  ko‘ra  so‘zning  qo‘llanishini  "leksik 

qo‘llash"deb  atash  mumkin.  Leksik  ma’no  bilan  leksik  qo‘llash  bir-biridan 

farq qiladi. 

1) Leksik ma’no til birligidir, ya’ni shu tilda gapiruvchilar tomonidan 

tanilgan,  qabul  qilingan  bo‘ladi.  Leksik  qo‘llash  esa,  individual  nutq 

hodisasidir,  ya’ni  shu  tilda  gapiruvchilar  orasida  umumlashmagan,  faqat 

ayrim kishining nutqigagina xos bo‘ladi. 

2) Leksik  ma’no  lug‘at  tarkibiga  kiradi,  u  lug‘atda  beriladi.  Leksik 

qo‘llash  esa  lug‘atda  berilmaydi.  Lekin  lug‘atga  kirishi  mumkin  bo‘lgan 

imkoniyat (potensial)dir. 

3) Leksik  qo‘llash  shu  so‘zga  xos  leksik  ma’nolardan  birining  ayrim 

kishi  nutqida  yangicha  berilishi,  yangicha  baholanishidir.  Leksik 

qo‘llash  shu  tilda  gapiruvchi  shaxslar  tomonidan  tanilsa,  ko‘pchilik 

nutqida ishlatilsa, shundagina leksik ma’noga aylanadi. 

4) Leksik ma’no kontekstda reallashadi: kontekst ko‘p ma’noli so‘zning 

bir  leksik  ma’nosini  reallashtiradi.  Leksik  ma’no  har  galgi  konkret 

bog‘lanishlar  tufayli  yuzaga  kelmaydi,  balki  shu  konteksgacha 

shakllangan  bo‘ladi,  kontekstning  shu  ma’noni  yuzaga  chiqarib  beradi, 

xolos.  


 

22 


Leksik  qo‘llash  esa  kontekstning  o‘zida  sodir  bo‘ladi.  Uni  individual, 

konkret 


bir 

muallif  tuzgan  matn  yuzaga  keltiradi,  leksik  qo‘llash  shu  kontekstning  o‘zi 

tufayli tug‘iladi va shu kontekst doirasidagina mavjud bo‘ladi. 

Masalan,  A.Qahhorning  "Sinchalak"  asaridan  keltirilgan  parchaga 

nazar solsak quyidagi holatni ko‘rishimiz mumkin. 

—...Qalandarov  yaxshi  tashkilotchi  deymiz,  lekin  bu  chiroyli  guldasta 

qanaqa  gullardan  bog‘langanini  bilmaymiz.  (55-bet)  Bu  matnda  guldasta 

so‘zi  orqali  tilga  olinayotgan  qahramonning  tashkilotchilik  mahorati 

tavsiflangan. 

Leksik  qo‘llash  nutqning  deyarli  barcha  ko‘rinishlarida  uchraydi. 

Shunday  bo‘lishiga  qaramay,  leksik  qo‘llash  asosan  badiiy  nutqqa  xos  deb 

qaraladi. So‘zning semantik strukturasiga shu so‘zning tildagi boshqa so‘zlar 

bilan bo‘lgan ma’no munosabatlariga zid kelmaydigan leksik qo‘llashlargina 

ijobiy bo‘ladi. Shunday talabga javob beradigan leksik qo‘llash shu so‘zning 

leksik ma’nosida mavjud imkoniyatlarni davom ettiradi va bora-bora leksik 

qo‘llashdan leksik m’anoga aylanishi ham mumkin. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

23 


 

 

2. So‘z ma’nolarining ko‘chish usullari 

2.1. Metafora asosida nom ko’chishi 

Nom ko‘chishi asosida yangi ma’no hosil bo‘lishi barcha mutaxassislar 

tomonidan  e’tirof  etilsa-da,  lekin  nom  ko‘chishiga  olib  keluvchi  hodisalar, 

ularning turi masalasidagi qarashlar turlicha. Ba’zi ishlarda nom ko‘chishiga 

olib    keladigan  hodisaning  ikki  turi  ko‘rsatilsa,  ayrim  ishlarda  bunday 

hodisalarning  undan  ko‘p  turlari  ko‘rsatiladi.  Lingvistik  adabiyotlarning 

ko‘pchiligida  esa  (ayniqsa,  keyingi  vaqtlarda  nashr  etilgan  adabiyotlarda) 

nom ko‘chishiga olib keluvchi hodisaning to‘rt turi keltiradi: 1) metafora, 2) 

metonimiya, 3) sinekdoxa, 4) vazifadoshlik. 

Ma’lumki,  so‘zlar  asl-real  ma’nosidan  tashqari  ko‘chma  ma’noni  ham 

anglatadi.  So‘zlar  ko‘chma  ma’noda  qo‘llanganda  predmet-hodisalarni 

atabgina  qolmay,  o‘sha  predmet  va  hodisalarni  tasvirlash  vazifasini  ham 

bajaradi.  Ko‘chma  ma’no  tildagi  so‘zlarning  to‘g‘ri  ma’nosi  negizida 

vujudga  keladi.  Ko‘chma  ma’noli  so‘zlar  ilmiy  va  rasmiy  uslubdan 

tashqari  barcha  uslublarda  qo‘llaniladi.  So‘zlarning  ko‘chma  ma’nosi  faqat 

kontekstda reallashadi. 

Badiiy  nutqda  hatto  o‘zining  to‘g‘ri  ma’nosi  bilan  qo‘llangan  so‘z 

lug‘atdagi ayni shu so‘z bilan teng kela olmaydi. Chunki u estetik butunlik 

bo‘lgan  yaxlit  badiiy  asar  matni  tarkibida  boshqa  so‘zlar  bilan  faqat 

semantik  -  grammatik  jihatdangina  emas,  balki  hissiy-estetik  jihatdan  ham 

munosabatga kirishadi. 

Tildagi  nominativ  birliklarning  ma’no  tuzilishini  o‘rganishda 

tilshunoslikda semantikaning konnotativ jihati tushunchasiga alohida e’tibor 

qilinadi.  V.N.Teliya  ta’rificha,  "konnotatsiya  til  birliklari  semantikasiga 

uzual  yoki  okkazional  ravishda  kiradigan,  nutq  sub’ektining  borliqni 


 

24 


jumlada  ifodalashida  uning  ayni  shu  borliqqa  bo‘lgan  hissiy  baholash  va 

stilistik  munosabatini  ifodalaydigan  hamda  shu  axborotga  ko‘ra  ekspressiv 

qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyatdir"

1

.



 

Konnotatsiya  semantikaning  ekspressiv  qiymatga  ega  bo‘lgan  uzvi 

sifatida nomlash jarayonlaridagi borliqni baholagan holda idrok etish va aks 

ettirish mahsuli hisoblanadi. M.A.Mamadalieva ham konnotatsiyaning asosiy 

vazifasi so‘zlovchining ifodalanayotgan predmetga sub’yektiv munosabatini 

aks ettirish asosida ta’sir etish, ta’sirchanlikni ta’minlash ekanligini alohida 

ta’kidlaydi

2



Yana  shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  leksema  va  tushuncha  o‘zaro 

dialektik munosabatda bo‘lsa ham, lekin har bir yangi tushuncha alohida so‘z 

bilan    ifodalana  olmaydi.  Agar  har  bir  tushunchaga  yangi  so‘z  deb  baho 

berganimizda  edi,  til  o‘zining  kommunikativ  vazifasini  hiralashtirgan, 

yo‘qotish darajasiga olib kelgan bo‘lar edi. Tilning muhim xususiyati shuki, u 

hotirada  saqlash  mumkin  bo‘lgan  sanoqli  birliklar  bilan  cheksiz 

tushunchalarni ifodalash imkoniyatiga ega. Shuning uchun ham yangi paydo 

bo‘lgan  tushunchalar,  asosan,  u  yoki  bu  tilning  amal  qiladigan  modellari 

asosda  mavjud  birliklar  yordamida  ifodalanadi.  So‘zni  ko‘chma  ma’noda 

qo‘llash  ham  yangi  tushunchani  tilda  mavjud  birliklar  yordamida 

ifodalashning bir yo‘lidir. 

Insoniyatning  olamni  bilishida  o‘xshatishning  o‘rni  beqiyosdir.  Yangi 

kuzatilayotgan narsa va hodisa doimo oldin o‘zlashtirgan narsa va hodisaga 

qiyoslanadi,  ular  o‘rtasidagi  o‘xshashlik  oldingi  nomning  yangi  narsa  va 

hodisa  uchun  ishlatilishiga  sabab  bo‘ladi.  Tilda  ilgari  mavjud  bo‘lgan 

nomning  muayyan  o‘xshashlik  asosida  yangi  ma’no  uchun  qo‘llanishi 

oddiy  nominatsiya  vazifasinigina  bajarmaydi,  balki  tinglovchiga  ta’sir 

                                                   

1

 Теля В.Н. Коннотативный аспект семантики номинативных единиц. –М., Наука, 1986 г. С.-5. 



2

 Мамадалиева М.А. Ўзбек тилида номинатив бьирликларнинг коннотатив аспекти. Филол. фан. ном. диссер. 

автореферати. -Т., 1998. б-10. 


 

25 


etish  vazifasini  ham  bajaradi,  hamda  tilning  ifoda  imkoniyatlarini 

kengaytiradi. Ana shunday ko‘chim – METAFORADIR. 

Metafora  nominatsiya  jarayonida  muhim  o‘rin  tutishiga  qaramay,  shu 

kunga  qadar  ko‘proq  badiiy  vosita  sifatida  adabiyoshunoslarning  diqqatini 

jalb  qilib  keldi.  Lekin  har  qanday  badiiy  vosita,  ifoda  lingvistik  vosita 

yordamida  amalga  oshiriladi.  Shunday  ekan,  badiiy  nutq  tarkibidagi 

ko‘chimlar  muayyan  lingvistik  qonuniyatlar  asosida  maydonga  keladi. 

Shuning  uchun  ham  ular  adabiyotshunoslikninggina  emas,  tilshunoslikning 

ham tekshirish ob’ekti sanaladi. 

Metaforaning  o‘rganilish  tarixi  juda  uzoq  davrlarga  borib 

taqaladi.  Aristotel  zamonidan  buyon  u  ritorika,  psixologiya,  falsafa, 

stilistika,  adabiyotshunoslik,  tarjimashunoslik  va  xatto  kibernetika  kabi 

fan namoyondalari tomonidan tahlil qilib kelindi. Lekin bu bilan masalaning 

lingvistik  aspekti  yetarlicha  o‘rganilgan  deb  bo‘lmaydi.  Har  qanday  badiiy 

vositalar  lisoniy  vositalar  yordamida  moddiylashadi.  Shuning  uchun  ham 

metaforani lingvistik nuqtai nazardan o‘rganish zarurdir.

1

 

Nutq  lisonning  xilma-xil  yuzaga  chiqish  usullari  bo‘lgan  shaxsiy, 



moddiy  hodisadir.  Har  qanday  tilga  hos  hodisa  lisoniy  va  nutqiy  jixatlarga 

ega  bo‘ladi.  Nutqiy  jihat  kuzatish  uchun  qulay  (o‘ng‘ay)  va  bevositadir. 

Ammo  shu  bilan  birga,  u    o‘zgaruvchan  va  hisobsiz  hamdir.  Uning  ortida-

asosida nisbatan turg‘un va chegaralangan lisoniy hodisa yotadi. Tilshunoslik 

fanining  tarixiga  nazar  tashlasak,  unda  til  hodisalarining  birinchi  jihatini 

o‘rganish  an’anasi  kuchliroq  ekanini  ko‘rishimiz  mumkin.  Jumladan 

metforaning  o‘rganilishida  ham.  Uning  ikkinchi  jixati-lisoniy  asosini 

o‘rganish zaruriyati anchadan beri mavjud va dolzarbdir. 

Har qanday hodisa-u hoh ob’ektiv, hoh sub’ektiv bo‘lsin, tashqi kuzatish 

                                                   

1

 

Бикертон Д.Кведение в лингвистическую теорию метафорий. И.Теория метафорий. –М., Наука, 1990. С 



287-506 

 

26 


imkoni bo‘lgan jihati ortida uning mohiyati yotadi va u ko‘zdan yashirindir

1

.



 

Aristotelning  "Poetika"  asarida  metafora  (to‘g‘rirog‘i  epifora) 

tushunchasiga  ta’rif  berilgandan  buyon  bu  hodisaga  qiziqish  ortsa  ortdiki, 

sira susaygan emas. O‘tgan davrlar  mobaynida  metaforaga  ko‘plab  ta’riflar 

berilgan  bo‘lib,  shu  soha  bilan  shug‘ullanganlarning  hammasi  Arastu 

ta’rifini yodga olib o‘tadilar. 

Aristotelning  o‘zi  ham  bu  haqda  quyidagi  fikrlarni  e’tirof  etgan: 

"Ko‘chma so‘z (metafora) narsaga xos bo‘lmagan, jinsdan turga, yoki turdan 

jinsga, yohud turdan turga ko‘chirilgan yoinki o‘xshatilgan so‘zdir 

1. Jinsdan turga ko‘chirilgan so‘zlarga "Ana mening kemam turibdi" 

jumlasi  misol  bo‘la  oladi  Bu  yerda  umuman  "turibdi"  so‘zi  "langarda 

turibdi" xususiy ma’nosini anglatadi. 

2.  Turdan  jinsga  ko‘chirilgan  so‘zlar  "Minglab  shavkatli  ishlarni  qildi 

Odissey...  jumlasidagi,  minglab  so‘zi  umuman  "ko‘plab"ning  xususiy 

xolati bo‘lgan uchun, bu o‘rinda, ko‘plab ma’nosini anglatadi. 

3..Turdan  turga  ko‘chirilgan  so‘zlar  masalan,  "Mis  bilan  jonni 

bo‘shatib  va  suv  zarrasini  charchmas  mis  bilan  kesib".  Birinchi  holda 

"bo‘shatib"so‘j "kesib" ma’nosida, ikkinchi holda "kesib " so‘zi, "bo‘shatib" 

ma’nosini anglatadi. 

4.O‘xshatilgan  so‘z  bu  yerda  men  ikkinchi  so‘z  birinchisiga  qanchalik 

aloqasi bo‘lsa, to‘rtinchi so‘z uchinchisiga shunchalik aloqador bo‘lgan holni 

nazarda  tutaman.  Shuning  uchun  (shoir)  ikkinchi  so‘z  o‘rniga  to‘rtinchisini 

yoki  to‘rtinchi  so‘z  o‘rniga  ikkinchisini  aytish  mumkin.  Goho  bunga 

almashtirilgan  so‘zga  aloqador  bo‘lgan  so‘z  ham  qo‘shiladi.  Masalan,  kosa 

Dionisga  qanchalik  aloqador  bo‘lsa,  qalqon  Aresga  shunchalik  aloqador. 

Shuning  uchun  kosani  "Dionis  qalqoni"  qalqonni  esa  "Ares  kosasi"  deyish 

                                                   

1

 Солнцев К.М.Язқк как системно- структурное образование. М., -Наука,1941-191с. 



 

27 


ham mumkin"

1

     



Arastu "metaforaga g‘alati nomning yo  jinsdan turga, yo turdan jinsga, 

yo turdan turga, yo o‘xshashlik asosida ko‘chirishdir" deb ta’rif beradi. 

Yana  u  "men  ko‘p  qo‘llanadigan  hamma  so‘zlardan  boshqasini  noyob 

so‘zlar, metafora, cho‘zilgan boshqa so‘zlarni "g‘alati" deb atayman deydi. 

Ta’rifdan  ko‘rinib  turibdiki,  metafora  "g‘alati"  nomlarning  bir  turi 

"G‘alati" nom esa aslida mavjud emas, u oddiy nom natijasida hosil bo‘ladi. 

Aristotelning  ta’rifi  butun  yutuq  va  kamchiliklari  bilan  tilshunoslik 

tarixida muhim o‘rin tutadi. 

Metafora  asosida  o‘xshashlikning  mavjudligini  shu  soha  bilan 

shug‘ullanganlarning  barchasi  e’tirof  etadi.  Lekin  o‘xshatishning 

metaforadagi o‘rni masalasida turli fikrlar bildiriladi. 

 "Metafora qisqargan o‘xshatishdir". (A.Potebnya) ya’ni  o‘xshatishga 

xos bo‘lgan "kabi", "xuddi", "aynan"o‘xshamoq" kabi so‘zlar tushirilsa, 

metafora yuzaga keladi. 

           Masalan: U gul kabi go‘zal va nafis edi // 



                           U go‘zal va nafis gul edi. 

Polyak olimi Ya.Kasyan ham yuqoridagi 

i  fikrni  rivojlantirishga  harakat  qiladi.  Agar  kelib  chiqishini 

tekshiradigan  bo‘lsak,  shaksiz,  aniqlash  mumkin  bo‘ladiki,  u  yoki  bu 

metafora u yoki bu o‘xshatishdan rivojlangan bo‘ladi. 

Biroq  shunday  asosda  xuddi  qarama-qarshi  xulosa  ham  chiqarish 

mumkin -ko‘plab o‘xshatishlar metaforadan kelib chiqkan.

2

 Shuning uchun 



ayrim  olimlar  metafora  va  o‘xshatish  orasidagi  farqqa  alohida  e’tibor 

berganlar. 

Masalan,  Veselovskiy,  Ch.Kukin,  M.  Shteynlar  fikricha, 

                                                   

1

 

Аристотель Поэтика. –Т. Адабиёт ва санъат 1980. 45-бет 



2

 Кассир Э. Сила метафоры.// Теория метафоры. 1990. с.33. 



 

28 


o‘xshatishda  o‘xshatilayotgan narsalar  ajratib tasavvur  qilinsa, metaforada 

ular bir butundek tushuniladi.

1

 

A.Vejbitskaya  fikricha,  metafora  mohiyatan  inkorni  nazarda  tutadi: 



ko‘zlar-olov,  insonlar-vaxshiy  sherlar  deyilganda,  hech  kim  haqiqatan  ham 

ko‘zni  olov,  odamni  sher  deb  o‘ylamaydi,  bunday  fikrni  rad  etadi,  inkor 

qiladi. O‘xshatishda esa o‘xshashlik o‘z mavqeini saqlab qoladi.

 2 


Metafora va o‘xshatish orasidagi munosabatga qarash ikki xil: 

1.  Metafora  -  qisqargan  o‘xshatish,  ya’ni  ular  orasida  farq  tashqi 

shakllanishidadir. 

2. Metafora va o‘xshatish o‘zaro mazmuniy (ichki) shakllanuv jihatidan 

farq qiladi. 

Umuman,  metaforaga  berilgan  ta’riflarda  uni  yondash  hodisalar  bilan 

qo‘shib yuborilgan holatlar ko‘p uchraydi. 

Masalan, E. Kassirer metaforaga quyidagicha ta’rif beradi: "Metafora 

bir  tasavvur  nomini  unga  mutanosib  qandaydir  belgiga  ega  bo‘lgan  yoki  u 

bilan  qandaydir  bilvosita  "analogiya"larni  nazarda  tutuvchi  boshqa  soha-

boshqa tasavvurga ko‘chirish deb tasavvur qilish mumkin". 

Ta’rifdan  ma’lumki,  Kassirer  metafora  asosida  o‘xshashliknigina 

ko‘rmaydi,  balki  umuman  har  qanday  "analogiya"larni  nazarda  tutadi. 

Natijada    metafora    metafora  tushunchasi  ostiga  metonimiya  va  sinekdoxa 

ham  kiritiladi.  Chunki  nomi  ko‘chayotgan  va  nomni  qabul  qilayotgan 

predmetlararo  belgining  tabiati  izohlanmaydi:  (o‘xshashlikmi,  bog‘liqlikmi, 

butun  qismlikmi...)  shuning  uchun  nom  ko‘chishning  bir  necha  xil  belgiga 

asoslanganligi bilan farqlanuvchi turlari chatishib ketgan. 

XX  asrga  kelib,ayniqsa,  keyingi  paytlarda  kognitiv  tilshunoslikning 

shakllanishi  bilan  metaforaga  qarash  butunlay  o’zgardi,  uning  ko’lami 

                                                   

1

 Глюменс К.М. Образное употребление названий животных в сравнениях и метафорах// Труды СамГУ. 



Вып.214 ВФ.IV –Самарқанд, 1971/с109-111/ 

2

 Вежбицкая А.Сравнение-градация-метафора.// Теория метафоры. М.1990.с.145. 



 

29 


kengaydi.Agar an’anaviy tushunishda “metafora” termini ostida bir so’zning 

boshqasi  bilan  almashtirilishi  nazarda  tutilgan  bo’lsa,  bugun  aksariyat 

tadqiqotchilar  metafora  tom  ma’noda  fundamental  bilish  faolyatining 

namoyon  bo’lishi  ekanligini  e’tirof  etadilar.Ko’rinib  turganiday,  metafora 

ko’p  qirrali  va  benohoya  murakkab  hodisa  bo’lganligi  uchun  ham  uning 

talqinlarida farqli jihatlar ancha – muncha. 

Metafora  mohiyatidagi  ikkiyoqlamalikka  ko’ra  bu  hodisaning  ikki 

asosiy turi farqlanadi, ya’ni lisoniy metafora va poetik(badiiy) metafora

1



Bugun  barcha  tadqiqotchilar  tomonidan  to’la  e’tirof  etilgan 



metaforaning  til  vositasi  va  poetik  figura  sifatidagi  ikki  yoqlama  mohiyati 

dastlab  Sitsiron  tomonidan  obrazli  tarzda  mana  bunday  ochilgan:  “  Xuddi 

kiyim  dastlab  sovuqdan  himoyalanish  uchun  kashf  qilinib,keyinchalik 

tananing bezagi va shaxsning farqlovchi belgisi sifatida ham qo’llanadigan 

bo’lib qolgani kabi, metaforik ifodalar ham tilda so’zlarning yetishmasligini 

to’ldirish  uchun  yaratilib,  keyin  ko’proq  huzurlanish  uchun  qo’llanadigan 

bo’lib  qolgan”N.Mahmudov  bu  fikr  haqiqatni  yetarli  darajada  aks 

ettirmasligini  ta’kidlagani  holda,metafora  go’yo  nominativ  maqsad  bilan 

denotatni  ifodalash  uchun  yaratiladi,  keyin  muayyan  konnotativ  ma’noni 

ifodalash  uchun  jalb  qilinadi,  ya’ni  oldin  lisoniy  metafora  yuzaga  keladi, 

badiiy  metafora  esa  undan  keyin  yuzaga  kelishini  ta’kidlaydi.Shuningek, 

badiiy  metaforalar  lisoniy  metaforalarsiz  ham  maydonga  kelishi, 

keyinchalik  lisoniy  metafora  maqomini  olishi  ham  mumkin  deb  hisoblaydi 

va  ko’pchilik  tadqiqotchilar  keyingi  holatni  asosiy  deb  sanashini  aytib 

o’radi

2

.   



Ma’lumki, metaforani baholash, ta’riflash ikki xil bo‘ladi: 

1.  Subektiv baho; 

                                                   

1

 



Маҳмудов Н., Одилов Ё. Сўз маъно тараққиётида зиддият. T.:, Академнашр, 2014,9-bet. 

2

 



Маҳмудов Н., Одилов Ё. Ўша асар. 10 – бет.  

 

30 


2.  Obektiv baho. 

Sub’yektiv  ta’rif  nomidan  ko‘rinib  turibdiki,  sub’ektga,  shaxsga 

bog‘lanadi.  Baholanayotgan narsa baholovchi nazaridan ko‘riladi. Ya’ni 

bu o‘rinda sub’ekt (baholovchi)ning dunyoqarashi, ob’ekt (baholanuvchi)ga 

shaxsiy  munosabati,  baholashdan  kutilayotgan  niyati  baholash  jarayonini 

boshqaradi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bu xil baholash natijasini ratsional deyish 

qiyin. Lekin amalda sub’ektimizning butunlay holi bo‘lishi  deyarli mumkin 

emas.  Shuning  uchun  mutloq  obyektiv  ta’rif  mavjud  bo‘lolmaydi. 

Ob’yektivlik    ham  nisbiydir.  Ta’riflashda  subyektivlikka  asoslanish    ikki 

jihatdan talabga javob bermaydi: 

1. 

Subektiv bahoda narsaning asl xususiyatlaridan ko‘ra unga    



sub’yekt tomonidan bog’langan xususiyatlar ustunlik qiladi. 

2. 


Natijada  bitta  ob’yektga  bir  necha  sub’yekt  tomonidan  bir 

necha  xil  baho  beriladi.  Shuning  uchun  baholashda  baholovchi 

(sub’yekt)  emas,  baholanuvchi  (ob’yekt)  xususiyatlariga  suyanish  zarur. 

Baholashda bu yo‘ldan borish ob’yektivlikdir. 

Obyektivlik  narsani  o‘zi  qanday  bo‘lsa  shundayligicha,  sub’yektning 

unga qarashlaridan holi aks ettiradi. Obyektivlik substansiallik tamoyili bilan 

bog‘liq. Substansiallik shuni nazarda tutadiki, narsa haqiqiy narsadir, u o‘z-

o‘zicha  mavjud,  unda  nimaiki  mavjud  bo‘lsa,  uning  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra, 

mutloq boshqa narsalar ta’sirisiz mavjuddir. 

 Ya’ni narsa (obyekt) baholovchisi baholagunga qadar ham, undan keyin 

ham  o‘z-o‘zicha  mavjud.  Baholovchi  uni  baholaydi,  xolos.  Baholovchining 

bahosi  obyekt  uchun  ahamiyatsiz,  uning  ontologik  tabiatini  o‘zgartira 

olmaydi.  Unda  yuzaga  keladigan  o‘zgarish  mutlaqo  baholovchining  emas, 

uning o‘z mohiyati harakati natijasidir. Shunga alohida e’tibor berish lozimki, 

narsaning  ayrim  xususiyatlarini  (aslini  olganda  hammasini)  faqat  shu 

narsaning  boshqa  narsalar  bilan  munosabatida  kuzata  olamiz. 



 

31 


Kuzatuvchi  nuqtai  nazaridan  bu  xususiyat  unda  aynan  shu  munosabatda 

yuzaga kelgandek. Aslida esa bu xususiyat unda azaliy mavjud, faqat ana 

shu  munosabatlarda  yuzaga  chiqadi,  xolos.  Soddagina  misol,  yelim 

yopishtirish 

xususiyatiga 

ega. 


Ammo 

uning 


bu 

xususiyati 

yopishtiriladigan  narsalar  mavjud  bo‘lsagina  yuzaga  chiqadi.  Ular  mavjud 

bo‘lmasa, yopishtirish xususiyati ham noaniq, go‘yoki mavjud emas. Aslida 

bu xususiyat unda doimiy mavjud edi. Qulay sharoit tug‘ilishi bilan u yuzaga 

chiqadi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, til birligiga ob’yektiv baho berishning 

asosiy  sharti  uni  substansial  tushunishdir.  Substansial  tushunilgan  til 

birligi o‘zining butun  xususiyatlariga ega bo‘lgan materiya (borliq) sifatida 

talqin  etiladi.  Uning  bu  xususiyatlari  boshqa  til  birliklari  bilan 

munosabatida  ochiladi,  lekin  mutloq  bu  munosabatlarda  yuzaga 

kelmaydi


1

 

Yuqoridagi fikrlardan qisqacha xulosa qilish mumkin: 



1. 

Ob’ektivlik (har bir narsa uni o‘rgana boshlagunimizgacha ham, 

keyin ham o‘z holicha mavjud) 

2. 


Substansiallik (har qanday o‘rganish ob’ekti, jumladan, til birligi  

o‘z sifatlarining jam’ul jami bo‘lishi, borliq-materiya) 

3. 

Til    birliklariga baho berishda hodisani mohiyatdan, xususiylikni 



umumiylikdan farqlash. 

Lisoniy imkoniyatlar nutqiy hodisalar uchun sabab, mohiyat, umumiylik 

vazifasini  o‘taydi.  Sababsiz  natija,  mohiyatsiz  hodisa,  umumiyliksiz 

xususiylik  bo‘lmaganidek,  lisoniy  asossiz  nutqiy  hodisa  ham  bo‘lmaydi. 

Metaforaga  lisoniy  nuqtai  nazardan  yondashish  zaruriyatini,  shungacha 

mavjud  bo‘lgan  nazariyalarni  tekshirib  chiqkan,  D.Bikerton  nihoyatda 

                                                   

1

 



Шаҳобиддинова Ш. Грамматик маъно талқини хусусида. Филология фанлари номзодлиги учун ёзилган 

диссер. Автореферати. Самарқанд. 1993. 30-бет. 



 

32 


dolzarb deb baholaydi. 

"...nolingvistik  qarashlar  masala  mohiyatini  ochishdan  ko‘ra  ko‘proq 

qorong‘ilashtiradi  va  ta’kidlash    mumkinki,  ularning  mag‘lubiyati  ham 

aynan ularning nolingvistikligi bilan belgilanadi".

1

 

Lisoniy  imkoniyat  bu  so‘zning  lisoniy  ma’noviy  tuzilishida  yotadi. 



Metaforani yuzaga chiqaruvchi lisoniy qonuniyatlar quyidagichadir. 

Leksemaning  ma’noviy  tuzilishidagi  ayrim  sememalarni  tushirib, 

tushirilgan  semalar  hisobidan  boshqalarini  bo‘rttirish  imkoniyati.  So‘zning 

ma’noviy  tuzilishi  deganda,  so‘zning  ma’no  qurilishida  ikki  tipdagi 

semalarning ma’lum tartibda joylashish nazarda tutiladi: 

1)  atash (nomlash, denotativ, nominativ) semalari; 

2)  ifoda (konnatatsiya, uslubiy bo‘yoq, xoslanish) semalari. 

So‘zning  ma’noviy  qurilishida  ifoda  semalarining  bo‘rttirilishiga  ko‘ra 

ham so‘zlarikkiga  ajraladi:  a)  ichki  ifodali  (ingrend  konnotatsiyali)  so‘zlar; 

b) mo‘’tadil ifodali so‘zlar. 

Ichki  ifodali  so‘zlarda  uslubiy  bo‘yoq  so‘zning  ma’noviy  tuzilishida 

bo‘ladi. Mo‘’tadil ifodali so‘zlarda uslubiy bo‘yoq mo‘’tadil befarq bo‘ladi 

va nutqda ko‘chma okkozional qo‘llanishda hosil bo‘lishi mumkin. Shuning 

uchun ichki ifodali so‘zdan nominativ semalar ajratilsa, ichki lisoniy uslubiy 

bo‘yoq qoladi. 

Masalan, "tashrif buyurmoq" yuqori uslub, "Qiblagoh" – ota, ko‘tarinki, 

badiiy uslub, yuksak xurmat 

So‘zlarning  ma’noviy  tuzilishi  shuni  ko‘rsatadiki,  leksemaning 

ma’noviy  tarkibi  atash  va  ifodalash  semalari  bilan  cheklanmaydi. 

Leksemalarda, ayniqsa, jamiyat a’zolari orasida keng qo‘llanadigan, muhim 

ahamiyat  kasb  etadigan  narsa,  buyum,  belgi,  harakat,  holatlarni  ifodalovchi 

leksemalarda  atash  va  ifoda  semalaridan  tashqari  qo‘shimcha  yoki  ijtimoiy 

                                                   

1

 Бикертон Д. Ўша асар. 284-286-бетлар 



 

33 


shartlangan  semalar  ham  mavjud.  Bu  semalar  ma’lum  bir  narsa-buyum, 

belgi-xususiyat,  harakat-holat  shu  jamiyat  a’zolari  orasida  qanday  yondash 

(assotsiativ)  qo‘shimcha  ma’lumotlarga  aloqadorligi  bilan  bog‘lanadi. 

Chunonchi,  o‘zbek  tilida  "qo‘y"  -  mo‘’tadil  ifodali  so‘z  bo‘lib,  uy 

hayvonlarining  bir  turini  atab,  nomlab  keladi.  Lekin  shu  bilan  birga,  bu 

so‘zda yuvoshlik, go‘llik semalari ham mavjudki, bular qo‘shimcha ijtimoiy 

shartlangan  semalar  sifatida  qaralishi  lozim.  Yoki  sariq  rang  -o‘zbeklarda 

xastalik, zaiflik, ayriliq belgisi. Metaforik ma’no denotativ ma’no semalari 

va  qo‘shimcha  ma’no  semalari  asosida  yaratiladi.  Qo‘shimcha  ma’no  hosil 

qilish qonuniyati va usuli birdan amal qiladi

1

.   Ma’lumki, so‘zning ma’nosi 



nutqiy hosilalar  so‘z, so‘z birikmalari, gaplar tarkibida voqelanadi. Shunga 

ko‘ra,  to‘g‘ri  (uzual)  qo‘llanishda  leksemaning  bizning  ongimizdagi 

ma’noviy  qurilishi  nutqiy  voqelanishdagi  ma’nosiga  semalar  jihatidan 

munosib bo‘ladi. Masalan, oltin - nodir ma’dan, oltin - soat, oltin - uzuk. 

1-misolda  oltin  va  ma’dan  giponimik  (tur-jins)  material-buyum 

munosabatlari bilan bog‘langan: 

2-3-misollarda  so‘zlarning  o‘zaro  aloqaga  kirishuvi  o‘zbek  tili  uchun 

me’yoriy  sintagmatik  holatdir.  Chunki  so‘z  birikmalarida  so‘zlarning 

me’yoriy sintagmatik munosabatlarga kirishi uchun har ikkala bog‘lanadigan 

so‘z  orasida  o‘xshash  va  bir-birini  talab  etuvchi  semalar  bo‘lishi  shart  va 

zarur.  Masalan,  shirin  qovun,  shirin  tatiladigan  ma’lum  bir  predmetda 

mujassam  bo‘lishni  talab  qilganidek,  qovun  ham  ta’m-maza  aniqlovchilari 

bilan aniqlanishni talab qiladi va bunday birikish me’yoriydir. 

Bunday birikishda har ikkala so‘z nutqiy ma’nolari lisoniy denotativ va 

konnatativ  ma’nolarga  juda  yaqin  turadi.  Agar  o‘zaro  birikkan  so‘zlar 

tarkibida  bir-birini  rad  etuvchi  semalar  bo‘lsa,  so‘zlardan  har  ikkalasi  ham 

                                                   

1

 



Қобулжонова Г.К. Метафоранинг системавий лингвистик талқини. Филол.фан.диссер...автореферати -Т., 

2000, 15-бет 



 

34 


lisoniy  ma’no  tarkibidagi  semalarni  chetlashtiradi  va  chetlashgan 

semalarning o‘rni kuchli konnatatsiya bilan to‘ldiriladi: oltin bosh, oltin qo‘l. 

Bunday  birikkan  so‘z  birikmasida  buyumning  denotativ  ma’nodagi 

materiali  bilan  aniqlovchi  atab  kelgan  material  mos  kelmaydi.  "Qo‘l" 

aniqlanmishi  ma’dandan  kelib  chiquvchi  -  yumshoq,  sarg‘ish  atributlarini 

chetlashtiradi.  Oltin  so‘zidan  ma’dan  va  uning  belgilari  kabi  denotativ 

semalar  chetlashtirilgach,  kamyoblik  denotativ  semasi  va  qadrli-

qimmatlilik  kabi  semalar  kuchaytiriladi.  Yuqoridagilarni  jamlab  aytish 

mumkinki, metaforani yuzaga kelishi quyidagi unsurlarni talab qiladi: 

1.  Ob’yektiv  yoki  sub’yektiv  borliqdagi  narsalar  orasida  (keng 

ma’noda) o‘xshashlik. 

2. Shu o‘xshashlikning lisoniy aksi bo‘lgan mutanosib semalar. 

3. Narsalardan birining nomi ayni nutqiy sharoit uchun yo‘qligi. 

Ana shu unsurlar ta’minlanganda, nomning metaforik ko‘chishi yuzaga 

keladi.  "Metafora  -  ob’ektiv  (yoki  sub’ektiv)  borliqdagi  o‘xshashlikning 

lisoniy  aksi  bo‘lishi  mutanosib  semalar  asosida  bir  narsa  nomining 

ikkinchi bir narsa nomi o‘rnida qo‘llanishidir."

 1

 



       Metaforani  nom  ko‘chishning  boshqa  usullaridan  farqlovchi 

ob’ektiv  yoki  sub’ektiv  o‘xshashlikka  asoslanish  belgisi  murakkab  hodisa 

bo‘lib, ikki omil bilan belgilanadi. 

1.Metaforada  ko‘chishning  ko‘chish  bazasi  doim  ham  to‘la,  aniq 

bo‘lavermaydi. Masalan, oltin bosh, ko‘chayotgan so‘z oltin aynan qaysi so‘z 

o‘rnida  kelayapti  -  noaniq.  Balki  "qimmatli",  "aqlli”,  "dono"  va  hokazo. 

Ammo  bu  noaniq.  Sanab  o‘tilgan  so‘zlarning  har  birida  oltin  bilan 

mutanosib sema bor. 

        2.  O‘xshatish  sub’ektiv  hosil  qilinganda  esa,  hosil  qiluvchidan  boshqa 

                                                   

1

 

Қобулжонова Г.К.Метафоранинг системавий лингвистик талқини. Филол.фан.ном.диссер...автореферати -



Т., 2000,9-bet. 

 

35 


shaxs  uchun  o‘xshashlikni  tiklash  qiyin  kechadi,  hatto  umuman  mumkin 

bo‘lmaydi.  Masalan,  kimdir  sevgan  odamini  "chumchuqcham"  desa, 

chumchuqni  yoqtirmaydiganlar  bu  metafora  asosini  topa  olmaydilar. 

Bunday atashda mehr yoki mazah yotganligini farqlay olmaydilar. 

Demak, metafora asosida turuvchi o‘xshashlik metafora tabiatiga ta’sir 

o‘tkazadi.  Shunga  ko‘ra  metafora  -  o‘xshatish  ochiq  bo‘lganda  tushunarli, 

o‘xshatish  hosil  qilinganda  tushunarsiz,  o‘xshatish  yo‘qolganda  sezilarsiz 

bo‘ladi. 

O‘xshashlikning  yo‘qolishi  metaforik  qo‘llanuvchi  so‘zlarni  oddiy 

nomlarga aylantirib qo‘yadi. 

A. 

Avelichevning 



fikricha, 

metafora 

so‘zlovchining  quyidagi 

ehtiyojlaridan kelib chiqadi... birinchidan, bir narsani nomlash, ikkinchidan,  

nomlanganda ham nomning "gapiradigan bo‘lish zaruriyati"

1

 



Bu  yerda  nomlash  atamasi  ostida  bir-biridan  mohiyatan  farq  qiluvchi 

ikki xil hodisa nazarda tutiladi. 

1.  Nomsiz narsani nomlash; 

2.  Nomli narsaga qayta nom berish (ikkilamchi) 

Nomsiz  narsani  nomlash  zaruriyatini  tushuntirib  o‘tirishga  hojat  yo‘q, 

chunki  nom  inson  bilimi  faoliyatining  eng  zaruriy  uzvidir.  Ammo 

ikkilamchi nomlash zaruriyati nimadan kelib chiqadi? Bu zaruriyat mavjud 

bo‘lgan  nom  so‘zlovchi  nuqtai  nazaridan  ayni  nutqiy  sharoitni  ta’minlay 

olmay  qolganda  yuzaga  keladi.  Ikkilamchi  nomlash  quyidagi  jihatlari  bilan 

ahamiyatlidir. 

Birinchidan, nutqni qisqa va lo‘nda qiladi. Masalan, Saida - sinchalak. 

Ikkinchidan, nutqni aniqlashtiradi: Saida - betinim, shaddod, nozik qiz. 

Ayrim tilshunoslar so‘zning ko‘chma ma’nosi ikkilamchi nominatsiya 

                                                   

1

 Авеличев А.К.Заметки о метафора. Вест. -Москва. Ун-та.Сер.10. Филология. 1973-N1-с. 25-28.  



 

36 


natijasidir deb hisoblaydilar

1



Agar muayyan so‘zda ayni jarayon (ikkilamchi)da qatnashish imkoniyati 

bo‘lmasa,  u  bu  jarayonda  qatnasha  olmaydi.  Bunday  imkoniyat  esa  so‘z 

sememasi 

(ma’nosi)ning 

tarkibiy 

qismlari 

semalarining 



nisbiy 

mustaqillikka erisha olish qobiliyatidir. Ya’ni ikkilamchi nominatsiya uchun 

zaruriy  semalar  yorqinlashadi,  mustaqillashadi  va  mutanosib  semaga  ega 

bo‘lgan  boshqa  bir  so‘z  bilan  sintagmatik  aloqaga  kirishadi..  Natijada 

ikkilamchi  nominatsiya  yuzaga  keladi.  Masalan,  oyok  so‘zi  quyidagi 

semalarga ajraladi: 

1) insonga xos a’zo; 

2) eng quyi; 

3) tayanch. 

Masalan,  stolning  oyog‘i  birikmasini  oladigan  bo‘lsak,  unda  1-3-

semalar  xiralashgan  va  2-sema  yorqinlashib,  nisbatan  mustaqillikka 

erishgan  va  ikkilamchi  nominatsiyani  ta’minlagan.  Demak,  so‘z  -  ko‘chma 

ma’nosi  ikkilamchi  nominotsiya  natijasi  emas,  so‘zning  ko‘chma  ma’noga 

ega bo‘lish imkoni ikkilamchi nominatsiya asosidir. 

Metaforaga  bag‘ishlangan  keyngi  yilga  tadqiqotlarda  grammatika 

sohasida  ham  metaforani  kuzatish  imkoni  mavjudligi  kuzatilmoqda. 

So‘zlarnnig  metaforik  birikmasiga  nazar  tashlaydigan  bo‘lsak,  so‘zlarning 

bu  hil  birikishini  ta’minlash  nafaqat  semantik,  balki  grammatik  metaforani 

talab qilishi ayon bo‘ladi. 

Masalan,  Talabalik  -oltin  davrim  gapida  metaforik  birikkan  so‘z 

birikmasi  "oltin  davrim".  Oltin  so‘zining  na  semantik  va  na  grammatik 

jihatdan  davr  bilan  me’yoriy  matnda  bog‘lana  olmasligi  aniq.  Bu  hil 

birikishni  M.Teliya lug‘aviy-grammatik metafora orqali yuzaga chiqadi deb 

hisoblaydi.  Ye.I.Shendel’s  M.Teliyaning  fikriga  qo‘shilgan  holda,  sof 

                                                   

1

 Телия В.Н.Типы языкових значений. -М., ”Наука” 1981.с.11. 



 

37 


grammatik  metaforalarini  qayd  etadi.  Grammatik  morfemelarning  xos 

bo‘lmagan  sintaktik  qurshovda  kelishidan  ham  grammatik  metafora  hosil 

bo‘lishini e’tirof etadi. 

Masalan,  Kecha  yonginasidan  o‘tayapmanu,  bir  qayrilib  boqmadi-ya... 

hozirgi  zamon  qo‘shimchasining  o‘tgan  zamonni  talab  etuvchi  matnda 

kelishib grammatik metaforani beradi. 

Metafora  nima  uchun  tilda  mavjud?  Bu  savolga  ikki  jihatni  nazarda 

tutgan hoda javob berishi mumkin: 

1.  Nutqni bezash uchun ishlatilishi; 

2.  Noekspressiv metforaning ham mavjudligi, keng tarqalganligi. 

Metaforani  shunchaki,  ekspressiv  vosita  sifatida  baholash    masala 

mohiyatini  ochib  bera  olmaydi.  Metaforani  qatnashish  qatnashmasligiga 

jumlalarni ikki guruxga ajratish mumkin. 

1.  Metaforik jumlalar; 

2.  Nometaforik jumlalar; 

Metaforik va nometaforik jumlalarni farqlash bir qarashda u qadar qiyin 

ko‘rinmasada,  aslida  u  har  qanday  metaforik  nazariyani  asosiy 

muammolardan  hisoblanadi.  Hozirgi  zamon  tili  nuqtai  nazaridan 

yondaoshganda  metaforik  va  nometaforik  jumlalarni  mavjudligi  e’tirozga 

o‘rin qoldirmaydi. Bu ikki holatni farqlash ularning mavjudligini isbotlash 

kabi murakkab muammo deya e’tirof etiladi.

1

 



R.Serl  bu  mezonni  belgilash  asosini  gap  va  jumlani  farqlashda 

ko‘radi.  Metaforaning  yuzaga  kelishini  lisoniy  birlik  bo‘lmish  jumla 

orasidagi  ma’noviy  nisbat  belgilaydi.  U  ma’noviy  jihatdan  mos 

tushganda nometaforik, ma’noviy jihatdan mos tushmasa metaforik jumla 

yuzaga keladi. 

Gap  va  jumlaning  ma’noviy  mutanosibligi  nafaqat  metaforik,  balki 

                                                   

1

 



Шендельс Е.И. Грамматическая метафора. // Филология. Наука. 1942, №3. -с-48-57 

 

38 


boshqa  xil  jumlalarni  ham  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Jumlaning  aynan 

metaforikligini  belgilash  lisoniy  jihatdan  semantik,  nutqiy  jihatdan 

obe’ktiv  (sub’ektiv)  mutanosiblikka  asoslanadi.  Boshqa  xil  holatlar 

aksincha asoslarni nazarda tutadi. 

Masalan,  kinoya-ziddiyatni  (xona  sovuq),  bilvosita  jarayon-muayyan 

muloqot  odatini  (derazani  ochib  qo‘ying).  Baxs  qizib  bormoqda  (metaforik 

ibora). 

Har  qanday  metaforik  jumla  (MET)  mutanosib,  nometaforik  jumlani 

parafraza  bilan  almashtirishi  mumkin.  Metaforaning  qanday  stilistik 

xususiyatlarga egaligi ayni mana shunday almashtirishlarda ochiladi. 

Masalan,  bir  METga  bir  nechta  PAR  (kontekst  va  konsituatsiyadan 

kelib chiqib) mos kelishi mumkin. Biz bu yerda 1/1 nisbatni aniqlaymiz. 

MET-Vali-sholg‘om-PAR-keng, dumaloq yuzli yigit. 

MET-Saida-sinchalak-PAR-Saida-nozik, betinim, shoddod qiz. 

Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  METga  qisqalik  xos.  Odatda  metaforaning 

uslubiy ustunligi aynan shu qisqalikni nazarda tutadi. 

Arastu  ham  ko‘chma  ma’nodagi  so‘zlar...  nutqni  siyqa  va  tuban 

bo‘lishdan  saqlaydi  deb  uqtirgan.  Biroq  nutqqa  aniqlik  berishni  ko‘p 

qo‘llanadigan  so‘zlar  vazifasi  deb  hisoblaydi.  Uningcha,  eng  tushunarlisi 

hamma ishlatadigan so‘zlardan tuzilgan nutqdir. 

N.D.Arutyunova esa shaxsning aniq va yorqin tavsifini aynan metafora 

beradi deb hisoblaydi. Masalan, Sabakevichni "ayiq" deb atash ("o‘lik 

jonlar") uning jismoniygina emas, ruhiy belgilarini ham yorqinlashtiradi. 

Qo‘shimcha  qilib  aytish  mumkinki,  metafora,  shuningdek,  muallifning 

bahosini  ham  qamrab  oladi.  Masalan,  yuqorida  keltirgan  "sholg‘om"  so‘zi 

"lapashang"likka    ham  ishora  qiladi.  Chunki  sub’yekt  o‘xshashlikni 

ochadigina emas, yaratadi ham. 

Xulosa  qilib  aytganda,  metaforaning  uslubiy  jihatdan  aniqlikni  yoki 


 

39 


noaniqlikni  ifodalashini  chegaralash  mumkin  emas.  Chunki  metafora  qaysi 

bir  jihatdan  aniq,  qaysidir  jihatdan  noaniq  bo‘ladi.  Metaforaning  bu 

xususiyati  aslo  uning  uslubiy  qiymatini  pasaytirmaydi.  So‘zlovchiga  doimo 

nutq  akti uchun zarur bo‘lgan jihatlarni aniqlashtirish imkonini beradi. Ya’ni 

metafora  qaysi  jihatdan  aniq  bo‘lsa,  shu  jihat,  demak,  kontekstual  muhim 

emas. 


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling