Jizzax politexnika insitituti Energetika va radioelektronika


Download 97.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.10.2023
Hajmi97.78 Kb.
#1732145
Bog'liq
2 5267198444132382898(1)



Jizzax politexnika insitituti
Energetika va radioelektronika
fakulteti
Texnologik jarayonlarni Ishlab Chiqarishni 
Avtomatlashtirish va Boshqarish kafedrasi 
451.23-guruh talabasi
Mirzaliyeva Sevaraning
Yo’nalishga kirish fanidan tayyorlagan slaydi



Oliy ta’lim tizimi meyoriy hujjatlari
:

Mustaqil, demokratik O‘zbekiston Respublikasida 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy 
rivojlanishida ustuvor soha deb e’lon qilingan ta’limning 
takomillashtirilishi, eng avvalo, uning sifat jihatdan yangi 
holatiga erishishga yo‘naltirilgan. Bu ko‘plab yo‘nalishlar 
bo‘yicha hal etilayotgan favqulodda murakkab, 
majmuaviy muammodir. Ulardan biri ijtimoiy hayotni 
boshqarishning o‘ziga xos shakli bo‘lgan ta’lim tizimini 
boshqarish mexanizmini takomillashtirish va qayta 
qurishni o‘z ichiga oladi. 



Bu yo‘nalishning dolzarbligi, eng avvalo, ijtimoiy amaliyot 
ehtiyojlaridan kelib chiqadi, chunki, ta’limni 
boshqarishning ilmiy-nazariy va tajriba-amaliy jihatlari 
uning amal qilishining eng ilg‘or an’analarini aniqlash va 
butun choralar bilan rag‘batlantirishni hamda jamiyat 
hayot faoliyatining yangi ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
va milliy-madaniy voqyeligi sharoitida yanada 
rivojlantirishni taqozo etadi.

Shu munosabat bilan davlat qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi organlarining sa’y-harakati o‘sib kelayotgan 
avlodlarni davlat-jamoat ta’lim tizimida o‘qitish, 
tarbiyalash va rivojlantirish jarayonining o‘z ta’lim-tarbiya 
faoliyatida ta’lim jarayonining uzluksizligi va uzviyligi 
tamoyiliga qat’iy rioya qilishga da’vat etilgan ta’lim 
muassasasining ™ barcha turlarida uning demokratik
,



Gumanistik yo‘naltirilganligi, ta’lim makonining 
birligi, ta’lim mazmunining maqbul darajasi, ushbu 
mazmun taqdimoti pedagogik texnologiyalarning 
oqilona to‘plami ta’minlanadigan ob’ektiv huquqiy 
sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy poydevor yaratishga 
yo‘naltirilgan.Ta’lim amal qilishining zarur huquqiy 
shartlarini ta’minlovchi ob’ektiv huquqiy omil 
sifatida: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
shaxsning asosiy huquqlaridan biri bo‘lgan bilim olish 
huquqi to‘g‘risidagi; «Ta’lim to‘g‘risida»gi 
qonunlarining, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», 
mazkur qonunlar asosida chiqariladigan asosiy 
qonunchilik va huquqiy hujjatlari qoidalari, 
shuningdek, o‘sib kelayotgan avlod shaxsining 
to‘laqonli rivojlanishini ta’minlashni ko‘zda tutilgan.



Ta’lim tizimi amal qilishining huquqiy 
shartlarini bajarishga ko‘maklashuvchi 
ijtimoiy-iqtisodiy zamin:

• shaxsning har bir individning ta’lim sohasida 
o‘zini-o‘zi ro‘yobga chiqarishi uchun ob’ektiv 
jihatdan zaruriy va yetarli bo‘lgan ehtiyojiy 
intilishi;

• davlat o‘quv yurtlarida ham, xususiy o‘quv 
yurtlarida ham davlat va xususiy, investitsiya 
bilan moliyalashtirish hisobiga o‘quv-tarbiya 
jarayonining samarali olib borilishi uchun 
moddiy-texnikaviy ta’minotni vujudga 
keltirish;



• bilimlarning samarali va mazmundor ta’lim-
tarbiyaviy sohalaridan, oqilona, ilg‘or 
tamoyillarga va qonuniyatlarga tayanadigan ilg‘or 
psixologik-pedagogik nazariyalarni hisobga olgan 
holda ishlab chiqilgan mexanizmlar va 
texnologiyalardan foydalanish.

Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasining 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida 
bayon etilgan aniq asosiy qoidalar negizida ishlab 
chiqilgan davlat siyosati asosida xalq ta’limi 
tizimini boshqarish mexanizmini qayta qurishning 
ham huquqiy shart-sharoiti, ham ijtimoiy-iqtisodiy 
zamini yaratildi.



Qonunda postulat darajasini olgan, ta’lim tizimi barcha 
komponentlarining «hayot faoliyatini» belgilab beradigan 
tamoyillarning boqiy qimmatini alohida ta’kidlash zarur. 
Chunonchi, birinchi qoida (ta’lim va tarbiyaning 
gumanistik, demokratik xususiyati) o‘quvchi shaxsini bosh 
sub’ekt (avval bo‘lganidek, ob’ekt emas) va boshqaruvning 
buyruqbozlik-ma’muriy metodlarini bekor qilishni ustuvor 
yo‘nalish sifatida olg‘a suradi. Ikkinchi qoida (uzluksizlik, 
uzviylik) ta’lim tizimi ierarxiyasining «tizilishi» 
imkoniyatan shart qilib qo‘yadi; qolganlar esa, bizning 
nazarimizda, ta’lim tizimining boshqaruv faoliyatini ta’lim 
mazmunini tanlash, undan davlat ta’lim muassasalariga 
ham, xususiy ta’lim muassasalariga ham qatnaydigan 
o‘quvchilar foydalanishi mumkinligi singari o‘ta muhim 
qismlarini ro‘yobga chiqarish jihatidan tuzish va 
mazmunan to‘ldirishga tub konseptual yondashuvlarni 
asoslashadi.



Asosiy qism

1. Davlat ta’lim standartlarining zaruriyligi

Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining ushbu 
qoidalari alohida ahamiyatga egaligi «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi Qonun 7-moddasining mazmunida 
alohida ta’kidlangan. Unda O‘zbekiston 
Respublikasida jahon amaliyoti mezonlariga 
muvofiq keladigan Davlat ta’lim standartlarini 
ishlab chiqish zarurligi ta’kidlanadi. Ta’lim 
darajasiga hamda mulkchilikning barcha shakllari 
uchun majburiy bo‘lgan o‘quv yuklamalari 
hajmlariga qo‘yiladigan asosiy talablarni shular 
belgilab beradi.



Shunday qilib, davlat ta’lim standartlari, 
qonunlarga muvofiq:

• ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini 
belgilash va amalga oshirishni;

• ta’limni rivojlantirish, uni moddiy-texnik 
jihozlash dasturlarini ishlab chiqish va bajarishni;

• ta’lim muassasalarini attestatsiyalash va 
akkreditatsiyalash tartibini, shuningdek, pedagog 
va ilmiy kadrlarni attestatsiyalash tartibini 
o‘rnatishni ta’minlovchi tartibga soluvchi 
funksiyalar bilan qurollantiriladi.



• ta’lim muassasalarini attestatsiyalash va 
akkreditatsiyalash tartibini, shuningdek, pedagog va ilmiy 
kadrlarni attestatsiyalash tartibini o‘rnatishni ta’minlovchi 
tartibga soluvchi funksiyalar bilan qurollantiriladi.

Bundan tashqari, ta’lim tizimini boshqarish sohasidagi 
gumanistik, demokratik tamoyillar ham qonunning ta’lim-
tarbiya jarayoni ishtirokchilarining huquklari
majburiyatlari va mas’uliyati mustahkamlanadigan qismida 
qonunan tartibga solinadi.

Davlat ta’lim standartlarining tartibga soluvchi, ya’ni 
ijtimoiy-pedagogik chegaralovchi funksiyasining yuqorida 
sanab o‘tilgan barcha tarkibiy qismlari «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi Qonunning IV qismida (25-29-moddalar) 
mustahkamlangan hamda Davlat ta’lim standartiga 
boshqaruv funksiyasini berish va uni O‘zbekiston 
Respublikasi ta’lim tizimini boshqarish mexanizmiga 
qo‘shish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat 
qiladi.



2-Mavzu: 
Kridit-modul tizimida o’quv 
jarayonining tashkil etilishi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika 
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini 
bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga 
o‘tkazish tartibi joriy etilsin.

2. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv 
jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish 
tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq 
tasdiqlansin.



3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligi:

tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va 
idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘quv 
jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etilgan 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura 
mutaxassisliklarining malaka talablari, o‘quv rejasi va 
fan dasturlari takomillashtirilishini ta’minlasin; 
Respublika oliy ta’lim kengashi bilan birgalikda ikki 
hafta muddatda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv 
jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning 
tashkiliy masalalariga taalluqli hujjatlar namunalarini 
ishlab chiqsin va tasdiqlasin.



Hujjatlar namunalarini ishlab chiqsin va 
tasdiqlasin.

4. Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini 
oshirish, ularni yuqori malakaga ega bo‘lgan 
professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash 
maqsadida birlamchi xarajatlarni amalga 
oshirgandan so‘ng bo‘shab qolayotgan to‘lov-
kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan budjetdan 
tashqari mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
hamda Respublika oliy ta’lim kengashining 
quyidagi tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi 
takliflariga rozilik berilsin:



A) oliy ta’lim muassasasi kengashi qarori asosida:

oliy ta’lim muassasasida 3 yil ishlab berishni 
nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan 
holda professor-o‘qituvchilarning nufuzli xorijiy 
oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda 
stajirovka o‘tashi va malaka oshirishi;

Oliy ta’lim muassasasida 5 yil ishlab berishni 
nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan 
holda o‘qituvchilarni nufuzli xorijiy oliy ta’lim 
tashkilotlari va ilmiy muassasalarning 
doktorantura dasturlari asosida o‘qitish bilan 
bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish;



B) oliy ta’lim muassasasi huzurida faoliyat 
yuritayotgan davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot 
muassasalarining moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash, qurilish, joriy va kapital 
ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash 
ishlari uchun zarur mablag‘lar ajratish.

5. Belgilab qo‘yilsinki, oliy ta’lim 
muassasalarining akademik mustaqilligini yanada 
kengaytirish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan 
boshlab:

Ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv 
kunlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan 
mustaqil belgilanadi;



Oliy ta’lim muassasalarida tashkil 
etiladigan yakuniy davlat attestatsiya 
komissiyasi raislari tegishli oliy ta’lim 
muassasasi rektori (filial direktori)ning 
buyrug‘I bilan tasdiqlanadi.

6. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim 
muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini 
o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish 
to‘g‘risida” 2019-yil 3-dekabrdagi 967-son 
qaroriga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar 
kiritilsin.



7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar 
va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan 
normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda 
ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha 
o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston 
Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri 
I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.



Ushbu Nizom oliy ta’lim muassasalarida 
o‘quv jarayoniga Kredit to‘plash va 
ko‘chirishning Yevropa tizimi (European 
Credit Transfer and Accumulation System — 
ECTS) asosida ta’limning kredit-modul 
tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.



Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash 
vazirligi tizimidagi oliy ta’lim 
muassasalari, oliy harbiy ta’lim 
muassasalariga, O‘zbekiston 
Respublikasi hududida o‘z faoliyatini 
yuritayotgan, nodavlat va xorijiy oliy 
ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq 
etilmaydi.



E’tiboringiz uchun rahmat

Document Outline

  • Slide 1: Jizzax politexnika insitituti Energetika va radioelektronika fakulteti Texnologik jarayonlarni Ishlab Chiqarishni Avtomatlashtirish va Boshqarish kafedrasi 451.23-guruh talabasi Mirzaliyeva Sevaraning Yo’nalishga kirish fanidan tayyorlagan slayd
  • Slide 2
  • Slide 3
  • Slide 4
  • Slide 5
  • Slide 6
  • Slide 7
  • Slide 8
  • Slide 9
  • Slide 10
  • Slide 11
  • Slide 12
  • Slide 13
  • Slide 14
  • Slide 15
  • Slide 16
  • Slide 17
  • Slide 18
  • Slide 19
  • Slide 20

Download 97.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling