Moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalarining servis qurilmalari
Download 86.34 Kb.
|
16 - Maruza. — копия (16)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi va ichki silindrik sirtlarni yo’nish
- Metall keskich asboblar bilan ishlov berish
- Shilib ishlov berish usuli
16 – MARUZA. MOSLANUVCHAN ISHLAB CHIQARISH SISTEMALARINING SERVIS QURILMALARI Aylanuvchi jism turidagi detallar uchun zagotovkalarga quyiladgin talablar va ularni olish usullari. Aylanuvchi jism turidagi detallarining bazalarini va yuzalariga ishlov berish ketma-ketligini tanlashning o‘ziga xos xususiyatlari. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda aylanuvchi jism turidagi detallariga ishlov berishni avtomatlashtirilgan jihozlari va texnologiyasi. Tayyorlash sifatini nazorat qilish. Tashqi va ichki silindrik sirtlarni yo’nish Tashqi va ichki silindr sirtlarga ishlov berish turli dastgohlarda bajariladi. Bularga: tokarlik, revolverli, yo’nish, koruselli, tokarlik yarimavtomat va avtomatlar, (bir- va ko’pshpindelli) gorizontal va vertikal joylashtirilgan shpindellari bilan, ko’pkeskichli tokarlik dastgohlar, tokarlik gidronusxalovchi va boshq. Metall keskich asboblar bilan ishlov berish Ma’lumki, tanavorlarga turli keskich asboblar bilan ishlov beriladi. 5.7-rasm. Metall keskichlar bilan: a -tashqi va b -ichki yo’nish 5.8 -rasm. Turli keskichlar bilan tashqi va ichki silindr sirtlarga keskichlar bilin ishlov berish sxemalari: 1, 7 ,2 -o’tuvchi o’ng va chap keskichlar; 3 -kesuvchi (ariqcha o’yuvchi) keskich; 4, 5 -to’g’ri o’ng va chap keskich; 6, 14 -fasonli keskich; 8, 9, 11, 12 -radiusli galtel, faska yo’nuvchi o’ng va chap keskichlar;10, 16 -rezba yo’nuvchi keskislar; 15, 17 -egilgan to’g’ri va o’tuvchi chap keskichlar Кeskichlar bilan ishlov berganda: shilib, qora, yarim toza va toza ishlov berish usullariga ajratiladi (5.7-rasm). Berilgan tanavor aniqligiga binoan, ayrim hollarda bir marta ishlov berish bilan ham chegaralaniladi. Aniq o’lchamlar olish va yuqori sifatli toza yuzalar olish uchun yupqa ishlov berish ham qo’llaniladi. Shilib ishlov berish usuli asosan erkin bolg’alangan, ayrim hollarda 3 sinf aniqlikdagi quyma tanavorlarga qo’llaniladi. Shilib olish bilan qora tanavorning fazoviy og’ishi va shakl xatoliklarini kamaytiriladi. Shilib ishlashda tanavorlar o’lchamlari: Bolg’alangan tanavor uchun IT13, IT 14 kvalitet, quyma uchun IT12, IT13 kvalitet aniqlik olinadi. Shilib ishlov berishda tanavor yuzasining ba’zi bir joylarida ishlov berilmay qolingan qoraliklariga ruxsat etiladi. Yirik tanavorlarga shilib ishlov berish ko’pincha, shu tanavor tayyorlab chiqaruvchi sexlarda yoki zavodlarning o’zida bajariladi va so’ngra asosiy mexanik ishlov beruvchi zavod va sexlarga keltiriladi. Bu holda tanavor yuzalaridagi nuqsonlari shu chiqariluvchi joylarda aniqlanadi va uning og’irligi kamaytiriladi. Natijada tashish uchun transport qulayligi yaratiladi. Sexlardan tashqarida uzoq yotishi natijasida tabiiy qarish muddati anchagina uzayishi mumkin. Download 86.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling