Mavzu: Avtomatlar va saqlagichlar. Reja: Avtomatlar va saqlagichlar: tuzilishi, vazifasi va ularga qo‘yilgan talablar. Nominal va qisqa tutashuv tokida saqlagichlarning ishlashi. Avtomatlar va saqlagichlarni tanlash
Download 467.85 Kb.
|
avtomat uzgichlar
Mavzu: Avtomatlar va saqlagichlar. Reja: 1.Avtomatlar va saqlagichlar: tuzilishi, vazifasi va ularga qo‘yilgan talablar. 2.Nominal va qisqa tutashuv tokida saqlagichlarning ishlashi. 3.Avtomatlar va saqlagichlarni tanlash.1. Avtomatlar va saqlagichlar: tuzilishi, vazifasi va ularga qoʻyilgan talablar. Avtomatlar. Avtomatlar oʻta yuklamalarda, qisqa tutashuvlarda, oziqlantirish manbaining juda ham pasayib ketishida, quvvat yoʻnalishi oʻzgarganda va hokazolarda elektr zanjirni uzishga ishlatiladi. Hamda yuklama nominal toklarini qoʻldda oʻchirish va ulash uchun ham ishlatiladi. Avtomatlarga qoʻyiladigan talablar: 1) Avtomatning tok zanjiri nominal tokni harqancha uzoq vaqt oʻtkazishi mumkin. bu normal rejim. Avtomatning tok oʻtkazuvchi sistemasi qisqa tutashuv katta toklari ta’siriga chidashi kerak ─ kontaktlar ulangan holda ham, mavjud qisqa tutashuv zanjiriga ulanishda ham.2) Avtomat yuzlab kiloampergacha qisqa tutashuv chegaraviy toklarini koʻp karrali oʻchirishni ta’minlashi zarur. Bu toklarni oʻchirgandan keyin avtomat nominal toklarni uzoq vaqt oʻtkazishga yaraydigan boʻlishi kerak. 3) Energoqurilmaning elektrodinamik va termik chidamliligini ta’minlash, qisqa tutashuv toklari sabab buzilishlar va boshqa oqibatlarni kamaytirish uchun avtomatlar oʻchirishi vaqti kichik boʻlishi shart. Taqsimlovchi qurilmaning gabarit oʻlchamlarini kichraytirish uchun va xizmat koʻrsatish xavfsizligini ta’minlash uchun yoy oʻchirish jarayonida qizigan va ionlashgan gazlarni chiqarib yuborish zonasi minimal boʻlishi zarur. 4) Avtomatning himoya elementlari zarur toklar va ishlab ketish vaqtlari (srabatыvaniya) va selektivligini ta’minlashi shart. Saqlagichlar. Saqlagichning asosiy xarakteristikasi eruvchan zveno erish vaqtining oqayotgan tokka bog’liqligini koʻrsatuvchi tok-vaqt xarakteristikasi.2. Nominal va qisqa tutashuv tokida saqlagichlarning ishlashi. Mukammal himoya uchun saqlagichning tok-vaqt xarakteristikasi (19rasm 1-chiziq) barcha nuqtalarda himoyalanuvchi zanjir xarakteristikasi (19-rasm 2chiziq)dan pastroq boʻlishi shart. Eruvchan zvenoning toki yuklama nominal tokidan kattaroq tanlanadi. Bunda 2 va 3 chiziqlar oʻzaro kesishadi (3-chiziq saqlagichning real xarakteristikasi).3. Avtomat va saqlagichlarni tanlash. 20-rasmda 200 amper va katta toklar uchun avtomatning tuzilish sxemasi keltirilgan. 200 A va undan katta toklar uchun avtomatda tok li zanjirlar asosiy 4 va yoy oʻchiruvchi 1 kontaktlar bor. Avtomatni qoʻl bilan ulash dastak 12 yoki elektromagnit 4 bilan amalga oshiriladi. Zvenolar 6, 7 va 13 tayanch erkin ajraluvchi mexanizmni tashkil etadi. Avtomatni oʻchirish dastak 12 yoki issiqlik va elektromagnit ajratgichlar 5, 8, 10, 11 bilan amalga oshiriladi. kontaktlarning zarur ajralish tezligi prujina 9 bilan ta’minlanadi.Yoyni oʻchirish kamera 2 da amalga oshadi. Avtomatlarning asosiy parametrlari: ─ oʻzining va toʻla oʻchirish vaqti. ─ muddatli nominal tok. ─ nominal kuchlanish. ─ oʻchiriladigan tokning yuqori chegarasi.Oʻzining oʻchirish vaqti deganda tok avtomatning ishlab ketishi qiymatiga erishgan momentdan kontaktlar ajralishining boshlanish momentigacha boʻlgan vaqt tushuniladi. Kontaktlar ajralgandan keyin yuzaga kelgan yoy boshqa qurilmalarga ziyon yetish xavfi boʻlmaydigan darajadagi kuchlanish yuklamasi bilan eng oz vaqtda oʻchirilishi kerak. Rotori qisqa tutashgan elektrodvigatelь uchun avtomat oʻchirish tokining ishga tushirish tokiga nisbati. ≥(1,5÷1,8) Iishga tushirish Faza rotorli elektrodvigatelь uchun avtomat oʻchirish tokining ishga tushirish tokiga nisbati. ≥(2,5÷3) Iishga tushirish21-rasmda PN-2 markali eruvchan saqlagichning tuzilishi koʻrsatilgan. 22-rasmda yopiq hajmda joylashtirilgan yoy oʻchirgichli saqlagich sxemasi tuzilishi koʻrsatilgan. 15 ─ dan 60 ─ ampergacha toklar uchun saqlagichlar sodda-lashtirilgan konstruktsiyaga ega. Eruvchan zveno 1 latun oboyma 4-ga qalpoq 5 chiqish kontakti bilan siqib oʻrnatiladi. Eruvchan zveno 1 ruxdan shtampalanadi, oson eriydi va korroziyaga chidamli material hisoblanadi. 60 amperdan katta saqlagichlarda eruvchan zveno kontaktlarga boltlar bilan mahkamlanadi. Eruvchan zveno germetik trubkali patronga joylashtirilgan. Patron fibrali tsilindr 3dan, latun oboyma 4-dan va latunь qalpoqcha 5-dan tashkil topgan. Oʻchish paytida eruvchan zvenoning toraytirilgan joylari yonib bitadi, keyin yoy hosil boʻladi. Harorat ta’sirida patronning fibra devorlaridan gaz ajraladi. Natijada yarim davrda patrondagi bosim 4 ─ 8 MPa-ga yetadi. Bosim ortishi bilan yoy tez oʻchadi. Saqlagichni tanlashda = 0,4 Iishga tushirish, ya’ni dvigatelni ishga tushirish toki bilan eruvchan saqlagichning kuyish toki nisbati olinadi.Download 467.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling