1. Oʻrta Osiyolik allomalar hayotiga qisqacha nazar
Download 24.04 Kb.
|
Shodmonova 3E
Mavzu: Oʻrta Osiyolik va Yevropa Uygʻinish davri allomalarining tasviriy geometriya va perspektiv yasashlarga oid asarlari mazmuni. Gospar Monjning hayoti va ijodi Reja
1. Oʻrta Osiyolik allomalar hayotiga qisqacha nazar
Muhammad al Xorazmiy (783-850) Al Xorazmiyning to‘liq ismi Muhammad ibn Muso al Xorazmiy. U O‘rta Osiyolik mashhur matematik va astronom olimdir. Xorazmiy Xorazm (Xiva)da 783-yilda tug‘ilib, 850- yilda Bog‘dod (Iroq)da vafot etgan. Al Xorazmiy VIII asr oxirida Bag‘dodga keladi. Fanlarning rivojlanishi Xorun ar Rashid (786-809) va uning o‘g‘li al Ma’mun xalifalik qilgan (813- 833) davrga to‘g‘ri keladi. Al Ma’mun Bag‘dodda «Bayt al hikmat» («Donishmandlar uyi») ni qurdiradi. «Donishmandlar uyi» qoshida yaxshi jihozlangan rasadxona va boy kutubxona bor edi. Uni o‘z davrining Fanlar Akademiyasi deb atash mumkin. Xorazmiy Bag‘dodga kelgach, ilmiy tekshirish ishlari bilan shug‘ullanadi. Qadimgi yunon matematiklari Evklid, Arximed va Apolloniylarning hamda qadimgi hind astronom va matematiklarining ishlarini qunt bilan o‘rganadi. Uning Bag‘doddagi dastlabki tadqiqot ishi hindlarning «Sindxanta» nomli astronomik asarining arabcha tarjimasini tahrir qildi. Tez orada al Xorazmiy matematika, astronomiya, geografiya, tarix va tabobat ilmi buyicha butun O‘rta Sharqda shuhrat qozondi. U «Bayt al hikmat» dagi kutubxona, rasadxona va barcha ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik qildi. Agar «Donishmandlar uyi» ni Fanlar Akademiyasi desak, u holda Xorazmiy o‘sha Akademiyaning prezidenti lavozimida edi. Xorazmiy ham o‘zining arifmetika, algebra, astronomiya, geografiya, tarix, tibbiyot va boshqa sohalarga doyr asarlarini arab tilida yozgan, chunki bu davrda Yaqin va O‘rta Sharqda fan tili arab tili edi. Xorazmiyning matematikani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi beqiyos. Uning «Hind hisobi» nomli risolasi o‘nli sistema raqamlari (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) ga bag‘ishlangan bo‘lib «nol» sonini kiritib uni to‘ldirdi. Xorazmiy Hindistonda kashfetilgan bu raqamlarni soddalashtirdi va birinchi bor arab tilida bayon etdi. Bu raqamlar XI asrda Xorazmiyning risolasi tufayli xindlardan arablarga, keyinrok, Yevropaga o‘tdi. Xorazmiy algebra fanining asoschisi hisoblanadi. «Algebra» termini uning «Al jabr val muqobala» nomli asaridagi «Al jabr» so‘zining lotincha yozilishidan kelib chiqqan [26.25-26]. Bu asarida Xorazmiy birinchi bo‘lib, chiziqli va kvadratik teng-lamalarni sinflarga ajratdi va ularni yechish usullarini ko‘rsatib berdi. Matematikadagi «algoritm» termini ham Xorazmiyning nomi bilan bog‘liq, u «Al Xorazmiy» yoki lotincha «Algaritm» so‘zidan kelib chiqqan. Xorazmiy O‘rta Asr Sharqida yaratilgan eng birinchi zij-matematik va astronomik jadvallarning muallifi. U geografiyaga doyr «Er surati» nomli asar yozgan. Bu asar Xorazmiy tomonidan chizilgan bir nechta xarita va unga yozilgan sharhlardan iborat. Amerikalik sharqshunos D. Sarton Xorazmiyni «Barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri» deb ta’riflaydi. Abu Nasr al Forobiy (873-950) Forobiy O‘rta Osiyolik buyuk qomuschi olim. Uning to‘liq ismi - Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiy. U hozirgi Qozog‘istonning, Chimkent viloyatining Aris shahri yaqinida tug‘ilgan. Otasi turk qabilalaridan bo‘lib, harbiy xizmatchi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotni u o‘z ona yurtida, Toshkent (Shosh), Buxoro va Samarqand shaharlarida olgan. Keyinchalik ilm ishtiyoqi o‘sha davrning ilmiy markazi bo‘lgan Bag‘dodga etaklagan. Bag‘dodda Forobiy ham boshqa olimlar singari, avval o‘rta asr fani va turli tillarni o‘rgangandan keyin mustaqil asarlar yoza boshlagan. Forobiy o‘rta asr fanlarining turli sohalariga doyr 160 ga yaqin asar yozgan. Uni ko‘proq bilimlarning nazariy va falsafiy jihatlari qiziqtirgan. Forobiyning tabiiyilmiy fanlar sohasiga va matematikaga qo‘shgan hissasi kattadir. U «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» asarida o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan 30 dan ortiq fanning ta’rifini beradi va ularning har birining tutgan o‘rni haqida so‘z yuritdi Forobiy matematikaga buyumlarning miqdoriy va fazoviy nisbatlarini o‘rganuvchi fan deb ta’rif beradi va uni ettita qismga ajratadi. Birinchi qismI arifmetika - sonlar haqidagi fan bo‘lib u nazariy va amaliy qismlardan iboratdir. Ikkinchi qismi - geometriya mavjud narsalarning turli qismlari turli shaklda bo‘lganidan va ularni o‘lchashni o‘rganadigan fan zarurligidan bu geometriya fani paydo bo‘lgan. «Shunday qilib, geometriya o‘lchovchi fan, biz u orqali o‘lchovni bilamiz, chiziqlar, sirtlar va hajmlarni o‘zaro taqqoslaymiz» deb yozadi Forobiy. Uchinchi qismi - kuzatish haqidagi fan optika - u ham geometriyaga tegishli, u figuralarning shakllari, ob’yektlar orasidagi masofalarni yorug‘lik va nurdan foydalanib o‘rganadi. To‘rtinchi qismi - yulduzlar haqidagi fanga bag‘ishlangan bo‘lib bu astronomiya fani hisoblanadi. Beshinchi qismi - musiqa ilmi. Musiqa ilmining matematikaga kiritilishining sababi Forobiy kuylar garmoniyasining matematik printsiplarini o‘rganadi. «Musiqa hakida katta kitob» asarida kuylar garmoniyasining turli jadvallari va geometrik chizmalarini ham keltiradi. Bu asar faqat musiqa nazariyasidan iborat bo‘lmasdan unda Sharqda ma’lum bo‘lgan rubob, tanbur, nog‘ora, nay kabi musiqa asboblar va ularda kuy ijro etish qoidalari ham berilgan. Forobiy bundan tashqari matematikaga doyr anchagina asarlar yozgan. «Hajm va miqdor haqida so‘z», «Fazo geometriyasiga kirish haqida qisqartma kitob», «Tatbiqlar kitobi» va «Geometrik figuralarning nozik sirlari va aqliy mohir usullari kitobi» shular jumlasidandir [26.319-320]. Forobiy «Tatbiqlar kitobi»da asosiy trigonometrik chiziqlar, ularni hosil qilish va shu chiziqlar bilan bog‘liq trigonometrik jadvallarni tuzish qoidalarini beradi. «Geometrik figuralarning tabiiy nozik sirlari va aqliy mohir usullari kitobi»da esa turli geometrik figuralar: doyra, uchburchak, to‘rtburchak, kvadrat, sferalarni yasash usullari bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Forobiy Evklidning «Negizlar» kitobiga, Ptolemeyning «Almagest» asariga sharhlar yozgan. Abu ali ibn Sino (980-1037) Abu Ali al Husayin ibn Abdulloh ibn al Hasan ibn Ali (980.8, Afshona qishlog‘i - 1037.18.6, Hamadon sh., Eron) – jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan O‘rta Osiyolik buyuk qomusiy olim. G‘arbda Avitsenna nomi bilan mashhur. Xusayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxtBuxoroga ko‘chib keladi va uni o‘qishga beradilar. 10 yoshga yetar-yetmas ibn Sino Qur’on va adab darslarini to‘la o‘zlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shug‘ullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. Abu Ali tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini o‘zlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni o‘qidi, xususan, tabobatni sevib o‘rgandi va bu ilmda tez kamol topa boshladi. Ilmiy davraga 1005-yili ibn Sino ham kelib qo‘shildi. Xorazmda Ibn Sino, asosan, matematika va astronomiya bilan shug‘ullandi. Bu sohalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida ibn Iroq va Beruniy bilan bo‘lgan ilmiy muloqotlar katta ahamiyat kasb etdi. Ibn Sinoning Aristotel ta’limoti xususida Beruniy bilan va o‘zining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. Yevropada Uyg‘onish davrida (XIV-XVI asrlarda) muhandislik qurilishinshootlarining paydo bo‘lishi bilan qadimgi dunyoda ilk bor paydo bo‘lgan proyeksion tasvirlash usullari kengayib bordi. Bu davrda arxitektor, haykaltorosh va rassomlar rassomchilik perspektivasini geometrik asoslash kerakligini angladilar. Perspektivaning geometrik nazariyasini yaratish XV asrning birinchi yarmida paydo bo‘ldi. Shu davrdagi rassom va haykaltoroshlarning mashhur asarlari kuzatish perspektivasini rivojlanishini yuqori darajasiga erishganini ko‘rsatdi [7. 4-10]. Lorentso Giberti (1378-1455). Italiyalik me’mor suratkashlik perspektivasini yasashda ravon (silliq) tasvirlash printsiplarini ixtiro qildi. U Florensiyadagi soborlarning bronzadan yasalgan eshiklarning naqshlarini bajarishda ravshon tasvirlar bilan bajargan. Perspektiv tasvirlarni yasashda aniq va tushunarli geometrikqoidalarini qo‘llab chizishdi. Piero-Franchesko (1406-1492). Uning hozirgi zamon chiziqli perspektivasining otasi deb yuritiladi. U o‘zining 1458-yilda «Naqqoshlik perspektivasi haqida»gi asarida birinchi marta shaklning perspektiv tasvirlarini geometriya nuqtai nazaridan asoslab, «Predmetni ko‘rish konusi Bilan kartina tekisligining kesishuv natijasi» deb qaraydi. U predmet ko‘rinadigan tekis shishani kartina tekisligi deb qaraydi. Leon Batista Alberti (1404-1472) Italiyalik rassom, haykaltorosh perspektivani suratkashlikning matematik asosi deb qaraydi va perspektiv yasashlarga ba’zi bir nazariy asoslar keltiradi. Alberti o‘zining «Suratkashlik haqida», «Me’morlik haqida» asarlarida asliga qarab rasm solishga to‘r usuli yordamida perspektiva yasash kabi yangi usullarni keltiradi. Shu davrda asliga qarab rasm solishning ip yordamida, masshtab chizg‘ichsi, oyna va trubka yordamida chizish usullari ham mavjud edi. Albrext Dyurer (1471-1528) Buyuk nemis rassomi o‘zining «Nasihat» kitobida rasm chizishning to‘liq ishlanmasini beradi va ko‘pgina tekis va fazoviy egri chiziqlarning grafik yasashlar usullarini keltiradi. Predmetlarning perspektiv tasviriva soyalarini uning ortogonal proyeksiyalari asosida yasashni tavsiya etadi. Uyg‘onish davrining rassomlari perspektiv tasvirlar yasashga aniq tushunchalar kiritib uning matematik tahlil qilish darajasiga olib keldilar. Gvido Ubaldi (1545-1607) Italiyalik olim 1600-yilda perspektiva nazariyasi bo‘yicha «Perspektivadan olti kitobi» klassik asarini yozdi. Unda perspektivaningasosiy masalalarining barchasi yechilgandir. Bu asarlar perspektiva to‘g‘risidagi nazariy ishlarning o‘sha davrdagi sintezi hisoblanadi. Ubaldi to‘g‘ri va teskari masalalarni perspektivada yechish usullarini beradi. Bu bilan u hozirgi zamon fotogrammetriyasiga asos soldi. XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida perspektiv yasashlarni yaxshi bilgan italiyalik me’mor va teatr dekaratori Andrea Potstso (1642-1709) hisoblanadi. Uning 1693-yilda Rimda chop etilgan «Arxitektorlar va rassomlar uchun perspektiva» asarida perspektiv yasashlarga doir juda yangi usullar keltirilgan. Bu asarda u perspektiv yasashlarga doir o‘zigacha bo‘lgan davrdagi barcha ma’lumotlarni keltiradi. Kitobda u chiziqli, relyefli, teatrli va palofonli perspektivalarni bayon etadi. Perspektiv yasashlarda Potsso foydalangan metodlardan eng afzallari jism tekisligini tushirish metod iva yonboshdagi devor metodi hisoblanadi. Bu usullar murakkab ob’yektlarning perspektivasini yasashda qo‘shimcha chiziqlarni kam ishlatib bajarish imkonini beradi. 1711-yilda Golandiyalik matematik Grovezand tomonidan perspektiva nazariyasi bo‘yicha bir necha risolalar yozgan. U chiziqli perspektiva va perspektivaga soyalar yasashning to‘liq nazariyasini beradi. Leonardo da Vinchi (1452-1519). Italiyalik rassom, haykoltarosh olim. Uyg‘onish davrining yirik namayandasi. Rassom sifatida mayin nursoya vositasida yuz ifodasini chizishda katta moharotga erishgan. Me’mor sifatida turli xil gumbazli ibodat xonalari loyihalaga. Mexanik olim sifatida, yer kavlaydigan mashina, uchish apparatlari, suv osti kemasi, to‘quvchilik dasgohlari vaboshqalarin loyihalagan. Leonardo da Vinchi 1452-yilda Florensiyada tug‘ilgan. 1519-yilda Fransiyaning Turen shahrida vafot etgan. U Italiyaning o‘sha davrdagi buyuk rassomi va haykoltarosh olim sifatida hamda uyg‘onish davrining Yevropadagi yirik namoyandosi hisoblanadi. 1467-1972-yillarda ustozi A.Verrokodan ilmning turli sohalarini o‘rgangan Leonardo da Vinchi rassom sifatida o‘z davrining insonparvarlik g‘oyalariga javob beradigan mukammal inson qiyofasini yaratdi. Dastlabki asarlaridayoq Mayin nursoya vositasida shaklni hajmini ko‘rsatgan cheksiz kuzatishlari natijalarini turli usullarda bajarilgan chizmalarda ifodalagan. Ayniqsa shaxsning yuz ifodasini chizishda katta mahoratga erishgan. Inson yuzidagi nozik tabassum bilan odamlar chehrasini jonlashtirib, ularning ichki dunyosidagi nozik ko‘ngilini ifodalaydi. Leonardo da Vinchining «Qoyadagi madona», «Madona Benua», «Maxfiy kechalar»(devoriy rasm), «Anchyari jangi», «Mona Liza» (yoki Jokonda), «Ioani Krestitel» va h.k. chizgan rasmlari dunyoda eng noyob asarlardan hisoblanadi. Albrext Dyurer birinchi bo‘lib ortogonal proyeksiyalardan foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi. 1525-yilda u chizma geometriya faniga yaqinroq bo‘lgan risolasini yozadi. Bu risolada vint chizig‘i konus kesimlari va hokozalarni ortogonal proyeksiyalarda tasvirlanishni beradi. Shu bilan birga u geometrik chizmachilikning umumiy nazariyasini berishga harakat qiladi. Dyurer kubning ortogonal proyeksiyalaridan foydalanib uning perspektivasi va soyasini yasashni ko‘rsatadi. Shu davrdan boshlab, ortogonal proyeksiyalar yasashlari amaliyotda toshlarni qirqish inshootlarda keng qo‘llanila boshlandi. Fransuz muhandisi Freze (1682-1773) o‘zining «Toshlarni va yog‘och konstruktsiyalarini qirqishning nazarisi va praktikasi» risolasini 1738-1739-yillarda chop etgan va o‘zigacha bo‘lgan barcha ma’lumotlarni umumlashtiradi. U ikki tekislikdagi to‘g‘ri burchakli gorizontal va frontal proyeksiyalardan foydalanganFreze egri chiziqli sirtlarni (konus, tsilindr, sfera, ellipsoid, qiyshiq sirtlar) hosil bo‘lishida ularning yasovchilaridan foydalanilgan. U sirtlarni o‘zaro kesishuv chizig‘ini yasashda kesuvchi tekisliklardan ham foydalangan. Ba’zi bir qirrali va silliq sirtlarni yoyilmalarini yasashni ham keltiradi. Ammo Freze masalalarni grafik yechishning aniq va biror jidiy nazariyasini bermaydi. Bu masalani yechishga yangi davr ochgan, chizma geometriyani rivojlanishiga kata hissa qo‘shgan buyuk iste’ddodli olim Gospar Monj hisoblanadi. Har bir fanning paydo bo‘lishi va taraqqiyot yo‘llari bo‘lgani kabi chizma geometriya fani ham kishilik jamiyatinig rivojlanishi va turli ishlab chiqarish kuchlarini paydo bo‘lishi bilan hosil bo‘lgan. Bu fanning asoschisi fransuz olimi, matematik Gospar Monj hisoblanadi. Gospar Monj (1746-1818) shaxsining tarixdagi roli to‘g‘risida siyosiy va ijtimoiy fanlarda ko‘p aytilgan yoki yozib qoldirilgan. Biror aniq fanni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan shaxslar to‘g‘risida ham qiziqarli voqealar ko‘p yozilgan. Shunday shaxslardan biri Gospar Monj hisoblanadi. Geometriya fanining ba’zi bir proyeksion g‘oyalari va usullari XVIII asrda tez o‘sib borayotgan sanoat muammolarni yechishga qo‘llangan. Gospar Monj o‘zigacha ma’lum bo‘lgan barcha geometrik qonun-qoidalarni umumlashtirib, o‘z tadqiqotlari va ilmiy qarashlari bilan to‘ldirib, nazariy jihatdan asoslangan chizma geometriya fanini yaratdi. Evklid geometriya fanini yaratilishiga qanchalik salmoqli o‘rinda tursa G.Monj chizma geometriya fanini yaratilishiga ham shunday o‘rinda turadi. Evklid o‘z geometriyasini yaratishda qancha xizmatlar qilgan bo‘lsa, G.Monj ham Vitruviy, Frezr va boshqalarning to‘liq isbotlanmagan ko‘p sonli fiklarini yig‘ib, ularni takomilashtirdi va tadqiqotlar olib borib bir tizimga soldi. Evklidning hayoti to‘g‘risida to‘liq tarixiy ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa-da, G.Monj hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’lumotlar yetarlidir. 1746-yilda Burgundiyaning chiroylishaharlaridan biri hisoblangan Bon shahrida Jan Monj oilasidagi besh o‘g‘ilning birinchisi Gospar dunyoga keldi. Jan Monj o‘zining butun faoliyatini beshta o‘g‘liga ta’lim berishga harakat qildi. Bu uning o‘g‘illariga beradigan eng yaxshi boyligi bo‘lib, natijada, o‘g‘illaridan uchtasi fanlarning turli sohalari bo‘yicha professor bo‘ldilar. Monjning otasi o‘g‘li Gosparni 6 yoshligida tug‘ilib o‘sgan Bon shahridagi Oratormanlar maktabiga o‘qishga bergan. O‘zining qobiliyatligi, mehnatkashligi va ko‘p narsalarni o‘z qo‘li bilan yasashlik xislatlari tufayli u ko‘p narsalarga erishdi. Maktabni muvaffaqiyatli bitirgan G.Monjga u o‘qigan maktab ma’muriyati tomonidan 1762-yilda Leon shahridagi magistrlar kollejiga tavsiya beriladi. G.Monj o‘zi o‘qiyotgan kollejda 16 yoshidan boshlab, fizika fanidan dars berishiga ruxsat etiladi [10.28-47]. G.Monj 1764-yili o‘zi tug‘ilgan Bon shahrining rejasini har xil burchak o‘lchagich asboblari yordamida chizadi. Uning bu xayratda qoldiradigan ishi haqida Bon shahridan o‘tib ketayotgan Podpolkovnik dyu Vinyuga etkaziladi. Podpolkovnik yosh yigitchani qobiliyatini hisobga olib u bajargan ishini yuqori baholab, uni Mezerdagi harbiy muhandis maktabiga o‘qishga tafsiya etadi. Ammo bu maktabda faqat dvoryan bolalarini qabul qilinar edi. Shu jihatdan G.Monj uchun bu maktabga ofitserlik bo‘limiga o‘qishi mumkin emas edi. Shuning uchun G.Monj konduktor-ustalar bo‘limiga o‘qishga qabul qilindi. Harbiy maktabda algebra elementlari, geometriya, chizmachilik, tosh qirqish va svodlar maketlarni tayyorlash texnikasi kabi fanlari o‘qitilar edi. Harbiy maktabda o‘qish davrida fortifikatsiya (harbiy istehkomni uzoq muddatga chidamliligi) masalalaridan birini G.Monj juda qisqa vaqt sarflab yechdi. Bu tipdagi masalani odatdagi usullar bilan bunchalik qisqa vaqtda yechish mumkin emas edi. Uni yechishda G.Monj geometriyaning yangi usullaridan foydalandi. Mana shu masalani yechish jarayonidan boshlab yangi Chizma geometriya fani paydo bo‘la boshladi, desa ham bo‘ladi. G.Monjning fazoviy egri chiziqlar sohasidagi ilmiy ishlari va ba’zi bir ilmiy tadqiqotlari differensial geometriya va matematika sohasidagi boshqa salmoqli tadqiqotlari uchun 1772-yili Parij akademiyasining muxbir a’zoligiga saylandi. Bu davrda G.Monj iqtisodiy tomondan ancha yaxshi bo‘lgani uchun o‘zining asosiy vaqtini o‘zi sevgan fanlarni rivojlantirishga qaratdi. Uning ilmiy ishlar yo‘nalishlari fizika, himiya, extimollar nazariyasi, chizma geometriyaning amaliyotda qo‘llanilishi kabi fanlar sohalari bo‘lgan. 1780-yil G.Monj Parij akademiyasining xaqiqiy a’zoligiga saylandi. U akademiya komissiyalarida ishlab, o‘zining bilim sohalarini va ilmiy yo‘nalishlarini yanada kengaytirdi. 1780-yil G.Monj portlarni tozalovchi mashinilar, suvni qo‘tarish sistemasi, havoga uchish imkoniyatlari, shamol bosimi haqidagi ilmiy hisobotlar tuzdi. 1781-yil Monj fizika fani vakili sifatida D.Didro tuzgan entsiklopediyaning lug‘atlarini tahlil qilishda qatnashdi. Shu yillarda G.Monj matematika, fizika, kimyo, metallurgiya, statika kabi fanlarni turli yo‘nalishlarini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shdiG.Monj umrining oxirigacha chizma geometriya faniga, politexnika maktabiga va Napoleonga sodiq bo‘lib qolgan shaxsdir.G.Monj hayotidagi quyidagi asosiy sanalarni keltirishimiz mumkin. 1804-yili Fransiya fuqarolardan birinchi bo‘lib, Faxriy Legion ordenining sohibi. Uni Monjga imperator Napoleon topshirgan. 1805-yili Maas va Enn daryolari orasidagi kanal qurish loyihasi ustida Monj ish olib boradi. 1806-yili Monj bir yillik muddatda senat prizidenti etib tayinlanadi. U Poluoniy grafi unvonini oladi, hamda unga 100 000 frank pul bilan unga Prussiyadan yer mulki beriladi. 1808-yilda Monj Angliyaga havo desanti tushurish loyihasi bo‘yicha konsultatsiya beradi. 1811-yilda ximik olim Bertolle va matematik olim Laplaslar bilan birgalikda metallurgiya masalalarini yechish uchun kimyoviy tajriba o‘tkazadi. 1816-yilda G.Monj Fransiya Fanlar Akademiyasidan haydaladi. Uning huquqlari va unvonlari bekor qilinadi. O‘z taqdirini afsonaviy imperator bilan bog‘lagan va Fransiya uchun juda katta ishlar qilgan, fanning turli sohalarini rivojlantirgan G.Monjga mana shunday jazo beriladi. 1818-yil 28-iyunda G.Monj vafot etdi. Uni dafn qilishda eski do‘stlari Bertolle, Laplas politexnika maktabi o‘quvchilari qatnashdi. Monj o‘lgan bo‘lsa ham uning g‘oyalari o‘lmagan, tirik. Uni chizma geometriya fanining «otasi» desak hech qanday hato bo‘lmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Murodov Sh.K., Tashimov N.E. O‘zbekistonda chizma geometriyani rivojlantirish tarixidan. Pedagogik ta’lim// 2006-yil, № 5 2. Murodov Sh.K., N.E. Tashimov. Egri chiziqlar tarixini o‘rganish haqida// Pedagogik ta’lim, 2008-yil , № 5. 3.Murodov Sh., L.Xakimov, A.Xolmurzayev, Chizma geometriya, – T.: Iqtisod moliya, 2008. 4. Murodov Sh., Ismatullayev R., Tashimov N., Siddiqov B., Topografik chizmachilik. – T.: Cholpon, 2009. Murodov Sh.K., Urishev A., Tashimov N.E.. Qiziqarli geometrik yasashlar haqida//Jayhun. 2010-yil, 2-son. 5. . Otajanov R.K. Geometrik yasash metodlari. – T.: O‘qituvchi, 1965. 6. Савелов A.A. Плоские кривые. –М.: гос. Изд-во физико-математической литературы, 1960. Savollar, 1. Farobiy haqida maʼlumot 2.Lorentso Giberti Italiyalik olim fikrlari 3. Xorazmiy haqida maʼlumot 4. Leanordo da Vinchi ijodi haqida 5. Gospar Monj haqida maʼlumot Download 24.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling