1. Gnoseologiya qanday fan va nimani o’rganadi? Gnoseologiya


Download 26.62 Kb.
Sana20.11.2020
Hajmi26.62 Kb.
#148643

Savollarga javob bering!

1.Gnoseologiya qanday fan va nimani o’rganadi? Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini xal etish bilan shug`ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish extiyojlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar kuyadi. Хususan, XVII asr o`rtalarida yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, xaqiqiy ilmiy bilishlar xosil qilishning usullarini o`rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shug`ullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina xaqiqiy bilimdir, degan G`oyani olKa surdilar.

XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning xissiy bilishga nisbatan ustunligiga aloxida urKu berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining xaqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida baxs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin quyildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubxa bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldilar.

2. Bilishning asosiy turlari, shakllari va darajalarini izohlang? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o`zi to`g`risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o`zini kurshab to`rgan atrof-muxit to`g`risida bilim va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffakiyatli shug`ullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo`lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro`y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo`lgan ma’naviy extiyoj, hayotiy zaruriyatdir.

Insoniyat ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o`zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi.

Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar xosil qilish butun insoniyatga xos bo`lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy extiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug`ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial guruh vujudga keldi. Bo`lar — ilm-fan kishilari bo`lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug`ullanadilar.

Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.

Kundalik bilish usullari nixoyatda xilma-xil va o`ziga xos bo`lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushquldir. Hozirgi zamon Karb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim xosil qilish usullarini o`rganuvchi maxsus soxa — etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini o`rganish bilan shug`ullanadi. Nazariy bilishning ob’ekti, sub’ekti va predmetini bir-biridan farqlash muxim.
3. Hissiy bilish shakllari haqida ma’lumot bering? Hissiy bilishning uchta shakli mavjud: sezgi idrok, tasavvur. Sezgi predmetning alohida xususiyatiga, idrok predmetning bir butun xususiyatlari sistemasiga mos keladi. Masalan, biron bir meva ta’mini sezish bir butunlikda idrok etishga olib keladi. Sezgilar idrokdan tashqarida mavjud bo’lishi mumkin (masalan, sovuqni, qorong’ulikni sezish), biroq idrok sezgilarsiz bo’lishi mumkin emas. Idrokning gnoseologik zamini bo’lgan va mustaqil holda namoyon bo’lishiga qodir sezgilar baribir bir butun idrokning bir bo’lagi, qismi sifatida mavjud bo’ladi. Shuning uchun idrok tashqi predmetning obrazi bo’lsa, sezgilarga obrazlilikning u yoki budarajasi xos bo’lishi zarur. To’liqroq obraz, tabiiyki, idrokda bo’ladi, chunki idrok insonning tashqi muhitga faol munosabatining natijasidir. Amaliy faoliyatda alohida sezgilar muhim ahamiyatga ega. Biron – bir narsaning rangining individ tomonidan uni o’zi bilan o’zaro bog’liqligini anglanishi, masalan, bolaning dunyoni o’rganishda qo’llarining muayyan narsa sirti bo’ylab harakatlanishi tufayli shakllanadi. Bunda ko’zning bevosita faoliyati bo’lib tuyulgan, biroq endi sub’yektdan ma’lum masofada joylashgan narsa bilan bog’liq holda idrok etilayotgaьn rangni sezish holati sodir bo’ladi. Ob’yekt strukturasi to’g’risida aXborot beruvchi boshqa sezgilar ham ushbu holda ko’rish bilaьn birgalikda faoliyat yuritadi. O’z xarakteriga ko’ra idrok ob’yektga nisbatan izomorf holatini ifodalaydi.

4. Aqliy bilish shakllari haqida ma’lumot bering?  Aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish xissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavxumlashtirish orqali yangi xosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi.

Тushunchada insonning xissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Тushuncha aqliy faoliyat maxsuli sifatida vujudga keladi. Narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurrok kirib borishda tushuncha muxim vosita bo`lib xizmat qiladi.

Aqliy bilish xissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Aqliy bilishda narsa va hodisalarning tub mohiyatini bilish uchun ulardan fikran o`zoklashish talab etiladi. Masalan, insonning mohiyati uning sezgi a’zolarimiz kayd etadigan kelishgan kaddi-komati, chiroyli koshu ko`zi, ijodkor quli, oyoklari bilan belgilanmaydi. Insonning mohiyati avvalo, uning aql va tafakkurga, yaratish qudratiga, mexr-shafkat xissiga, mehnat qilish, so`zlash qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo`ladi.

Inson tushunchasi o`zida insoniyatning ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarining maxsuli sifatida shakllandi.



Har bir fan o`ziga xos tushunchalar apparatini yaratadi va ular vositasida mohiyatni bilishga intiladi. I. Kantning fikricha, narsalarning mohiyati so`z va tushunchalarda mujassamlashadi. Ya’ni biz so`z va tushunchalarni o`zlashtirish jarayonida biron bir bilimga ega bo`lamiz. Har bir inson dunyoga kelar ekan, tayyor narsalar, munosabatlar bilan bir qatorda tayyor bilimlar olamiga ham kirib boradi.
5. Falsafa metodlari haqida ma’lumot bering Metodlar ham umumiydan xususiyga qarab darajalanish xususiyatiga ega. Ana shu darajalanish belgisiga ko‘ra, yuqori sathni falsafiy metodlar (metaflzik, dialektik, fenomenologik, germenevtik va boshq.) egallaydi. Undan so‘nggi sathni umumilmiy metodlar tashkil qiladi. Garchi bu sathdagi metodlarning e’tirof etilgan tasnifi mavjud bolm asa ham, turli tasniflar ichidan eng muhimi sifatida «yuqori-dan quyiga» tamoyili asosida quyidagi uch kichik sathni ajratish mumkin: 1) umummantiqiy; 2) nazariy; 3) empirik.

Olamni ilmiy bilishda umummantiqiy metodlarning ahamiyati katta. Obyektni bilishning analiz, sintez, mavhumlashtirish, umumlashtirish, induksiya, deduksiya, analogiya, modellashtirish, sistem yondashuv singari usullari

umummantiqiy metodlar hisoblanadi. Analiz (yun. «ajratish») - obyektni mustaqil o‘rganish maqsadida qismlarga, ichki uzvlarga ajratishdir. Masalan,

gapni uni tashkil etgan ichki a’zolarga, so‘zni ichki tuzilish uzvlariga ajratish analiz metodi sanaladi.

To‘plamni sinflarga, sinflarni kichik sinflarga; to'dani turlarga bolish, ya’ni tasniflash ham analizning turi sanaladi. Masalan, so'zlarni turkumlarga, turkumlarni yana o‘z ichida muayyan tamoyil asosida guruhlarga ajratish. Xusu-

san, so‘zlarni mustaqil, yordamchi, oraliq (modal, undov, taqlid) singari guruhlarga, ularning har qaysisini yana turkumlarga, har bir turkumni ichki turlarga ajratish ham analizning bir ko‘rinishidir. Demak, analiz usuli obyektni ham sintagmatik, ham paradigmatik nuqtayi nazardan parchalashni o‘z ichiga oladi. Butunning ketma-ket munosabati bolgan qismlarini parchalash sintagmatik nuqtayi nazardan, butunning ustma-ust munosabatini qismlarga parchalash paradigmatik nuqtayi nazardan analiz qilish sanaladi. Xususan, gapni

qo‘shma, murakkablashgan, sodda gaplarga, bu guruhlarni yana ichki turlarga bolish; gap bolaklarini kesim va uning kengaytiruvchilariga bolish va hokazo. Shuningdek, leksema sememasini semalarga parchalash ham paradigmatik tahlilga mansubdir. Sintez. Ilmiy bilishda sintezning ahamiyati katta. Bilish jarayonida butunni qismlarga ajratish uning ichki tuzilishini obyektiv yoritishda qanchalik muhim bolsa, bolakni butunga, turni jinsga birlashtirish, ya’ni yiriklashtirish ham shunday ahamiyatli sanaladi. Bolakni butunga, turni jins­

ga birlashtirishni Yu.S.Stepanov yiriklashtirish deb nomlaydi. Umumilmiy tadqiqot metodlari fan tarixiy taraqqiyotida XX asrdan keng qollanila boshladi.
Download 26.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling