Mavzu: Faoliyatni turkumlarga ajratish Reja: : Faoliyatni turkumlarga ajratish
Download 26.1 Kb.
|
Mavzu.docx 1111
Mavzu: Faoliyatni turkumlarga ajratish Reja: : Faoliyatni turkumlarga ajratish . Shaxs faoliyati va uning yo`nalishi. SHaxsning ustanovkalari va muhim orientatsiyalari. Faoliyatning tuzilishi. Tashqi (amaliy) va ichki (aqliy) harakatlar. «Inson-muhit», «inson-ishlab chiqarish» va boshqa tizimlar murakkab ko`p tarkibli uyushmalardan (tizimlardan) hisoblanadi. Xavflarni o`rganish va tahlil jarayonida tarkiblarga ajratiladi. 2.2.-rasm. Faoliyat modeli: 1-inson; 2-muhit; 3-aks ta`sir qiluvchi aloqalar. Aniq faoliyat sharoitida bu turkumlar (elementlar) yanada ravshanlashadi. SHuning uchun faoliyatni loyihalashda uning turkumlarini (elementlarini) etarli darajada aniqlab, to`g’ri keladigan axborot manbalaridan foydalanib, ularning xavfli xususiyatlari topiladi. 2.3.-rasm. Faoliyatni turkumlarga ajratish: 1-inson; 2-mehnat quroli; 3-mehnat vositalari; 4-quvvat (energiya); 5-mehnat mahsulotlari; 6-texnologiya; 7-flora; 8-fauna; 9-ma`lumot; 10-tabiiy iqlim; 11- mehnatni tashkil etish; 12-jamoa; n-boshqalar. Инсон Муҳит Салбий оқибат Faoliyat subyektning olam bilan faol oʻzaro munosabatidir. Odam faoliyati falsafaning faoliyat falsafasi sohasida oʻrganiladi. Faoliyat — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat F. zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, F. shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy F. (insonning oʻz xavfsizligi taʼminlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi); ijtimoiysiyosiy F. (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish); maʼnaviy F. (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod va boshqa sohalardagi F.). Inson F.i shakllari, turlari, avvalo, mehnat taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining oʻsishi jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. F. elementlarini insonlar, inson ehtiyojlari va manfaatlari, F. predmeti, motivlari, F.ning maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va usullari tashkil etadi. F. muayyan yaxlit jarayon sifatida oʻzida mavjud olamni, ijtimoiy borliqni, amaliyotni oʻzgartirish va tushuntirish dasturi hamda undan kelib chiqadigan harakatlar majmuini mujassamlashtiradi. Keyingi davrlarda F. funksiyalarining murakkablashuvi, turlarining ortishi va chuqurlashishi kuzatilib, u ilmiy, amaliy, ijtimoiy ahamiyatga molik masalaga aylandi. Shu bois, F. bir qancha fanlar: psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy nazariya, huquqshunoslik, xususan, falsafaning ham maxsus tadqiqot obʼyekti sanaladi. Download 26.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling