Fikr –mulohaza,tushuntirish,izohlash,isbotlash
Download 32.43 Kb.
|
Fikr
Fikr –mulohaza,tushuntirish,izohlash,isbotlash Insonning olamni anglash jarayoni faqat olamni voqea- hodisalari to’g’risida tuhuncha hosil qilib tushunchalarning mohiyatini anglab olish bilan cheklanmaydi. U mazkur jarayonda tushunchaning boshqa tushuncha bilan munosabatini o’rnatib ,olam haqida yangi bilim olishga intiladi. Tushunchalarda ifoda etilgan bilimlar yangi jihatlari bilan tafakkurda ishtirok etib uning imkoniyatlarini chuqurlashtiradi.Inson o’z hayoti davomida kuzatadi, tahlil qiladi,o’rganadi,o’ylaydi natijada unda yangi tushuncha ya’ni fikr paydo bo’ladi.Bu fikrda nimadir qo’llab quvvatlanadi,nimadir inkor qilinadi. Bu jarayon fikrga munosabat bildirish orqali amalga oshiriladi.Munosabat bildirish o’sha voqea- hodisa haqida xulosaga kelish bu insonning shaxsiy mulohazaga ega bo’lishi demakdir.Mulohazaga ega bo’lish o’sha hodisa haqida ma’lumot ya’ni tushsuncha berish hisoblanadi. Agar voqea hodisa haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lsa, tushuncha yanada aniqroq bo’ladi.har kim o’z bilimi va dunyoqarashi asosida fikrlaydi.Dunyoqarshi keng, mulohazali insonning fikrlari yanada teranroq bo’ladi.
Download 32.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling