Fikr –mulohaza,tushuntirish,izohlash,isbotlash
Fikrni ifodalashning mantiqiy-lisoniy asoslari
Download 32.43 Kb.
|
Fikr
Fikrni ifodalashning mantiqiy-lisoniy asoslari
Fikrni yuzaga kelishi tafakkur bilan bog’liqdir.Tafakkurda shakllangan fikr yuzaga chiqsa nutqqa aylanadi.har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborot va hissiy holatni if tinglovchiga yetkazish,shu yo’l bilan unga ta’sir qilishdan iborat.Til va nutq har doim bir-birini taqozo etadi.Lekin ular bir-biri bilan farqlanadi.Nutq ma'lum muddat tinglovchiga yetkaziladi va tugaydi.Til esa davrlar o'tishi bilan rivojlanib boyib boradi.Fikrni tilsiz ifodalab bo’lmaydi.Fikr tinglovchiga yetkazilganda aniq bo’lishi lozim.So’z va u ifodalagan predmet o’rtasidagi mutanosiblik nutqda ochiq va to’g’ridan to’g’ri bo’lmaydi.Oddiy nutqda Qor yonadi deyilsa ,nutqning aniqligi buzilgan bo’ladi.Chunki qor yonmaydigan narsa ,ammo Qalovini topsang ,qor yonadi degan maqolda fikr go’zal, obrazli ifodalangan.Fikr tarkibi va qurilishining to’g’ri ifodalanishi nutq mantiqiyligining asosidir.Nutqda til vositalarining mantiq va to’g’ri tafakkur qonuniyatlariga mos tarzda mazmuniy birikishi nutq mantiqiyligini yuzaga keltiradi.Ana shunga ko’ra mantiqiylik sifati nutqda so’zlar ,gaplar o’rtasidagi mazmuniy va grammatik aloqalarning fikr mohiyati hamda uning rivojlanib borishsiga qat’iy mosligi tarzda ta’riflanadi.Mantiqiy nutq tuzish uchun so’zlovchi fikr predmetini atroflicha bilishi , mantiqiy tafakkur qoidalaridan boxabar bo’lishi kerak.So’zlarning jumla tarkibida mantiqiy-mazmuniy birikishiga ,so’zning leksik-semantik mohiyatiga e’tibor qaratish lozim.Masalan,traktor va mashinalar yelday uchadi mantiqan to’g’ri deb bo’lmaydi,chunki unda mantiqiy-mazmuniy ziddiyat bor.Mashina yelday uchishi mumkin,lekin bu traktorga nisbatan qo’llash jumlada mantiqiylik sifatini buzilishiga olib kelgan. Aniqlik ham nutqning yetakchi mezonlaridan hisoblanadi. Agar nutqning to’g’riligini ta’minlashda lisoniy me’yorlar muhim o’rin tutsa nutqning aniqligiga tasgqi faktorlar ham ta’sir ko’rsatadi.ffaaga
Nutqning qisqaligi bu asosan ilmiy uslubga xos . Gaplar darak mazmunida bo’lib ,asosan sodda yoyiq holda bo’ladi.Nutq qisqa va lo’nda hamda jo’yali bo’lishi lozim. Download 32.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling