Fikr –mulohaza,tushuntirish,izohlash,isbotlash
Shaxsiy nutq unda nutq me’yorlariga amal qilish
Download 32.43 Kb.
|
Fikr
Shaxsiy nutq unda nutq me’yorlariga amal qilish
Har bir kishining faqat o’zigagina tegishli bo’lgan nutqi uning shaxsiy nutqi hisoblanadi.Bunday nutq tashqi va ichki bo’ladi.Tashqi nutq ko’pchilikka qaratilgan bo’lib, turli joyda turli xarakterda bo’ldi.Rasmiy davralarda ,majlislarda dars jarayonlarida,turli katta tadbirlarda so’zlanadigan nutqlar rasmiy tarzda bayon qilinadi.Turli bayramlar, tantanali kechalar, to’y marosimlarida so’zlanadigan nutq tantanali ruhda bo’ladi.Nutq mavzusining bu tarzda turli- tuman bo’lishi til vositalarining to’g’ri tanlanishiga o’z o’rnida ishlatilishiga bog’liqdir.Nutq so’zlanadigan vaziyatga qarab kishilarni ilhomlantiradigan,ularga tarbiya beradigan,yangi-yangi rejalarga ,ishlarga undaydigan,ularni his-tuyg’ulariga ta’sir qiladigan nutq ko’tarinki ruhdagi nutq elamentlari, motam marosimlarida so’zlanadigan nutq esa turli tomondan bir- biridan butunlay farq qiladi.So’zlovchi nutqini boshqalarga yetkazishda hatti-harakatidan tortib, kiyinishigacha vaziyat ruhiga mos bo’lishi lozim.Kiyimlar ham tadbir ruhiga mos bolishi shart.Insonning o’zi ham, tashqi ko’rinishi ham vaziyatga mos bo’lishi lozim.Chunki har bir nutqiy vaziyat so’zlovchidan alohida bir munosabatni talab etadi.so’zlovchi o’z fikrini yetkazishdan oldin qayerda ,qanday qaysi vaziyatda so’zlashi lozimligini rejalashtiradi.,oldiga ma’lum bir maqsad qo’yadi. Bunda nutqning ta’sirlilik darajasiga e’tibor qaratiladi.Ta’sirchan nutq vositalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratadi. Ichki nutq asosan badiiy asarlarda namoyon bo’ladi,va o’z navbatida badiiylik jihatidan ma’lum bir vazifani bajaradi.Yozuvchi qahramonni ichdan gapirtirish bilan uning ichki dunyosini o’y fikrlarini ochadi,xarakterining qirralari yorqin namoyon bo’ladi.Inson tashqi dunyo voqealaridan ta’sirlanganda qandaydir uning qalbi hissiyotlarga to’ladi ,natijada unda o’z-o’zidan ichki nutq yuzaga keladi. Tavsifiy matnlar ya’ni shaxs tavsifi monologi k nutqning turidga kiradi.Unda so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea- hodisa narsa,shaxs tavsifi haqidagi xabar ,ma’lumot beradi.Bunga maqola,ma’ruza,insho ,referat kabi hujjatlar kiradi.Bunday matnlarda muallif tomonidan mavzuga oida fikr- mulohazalar bildiriladi. Badiiy asarlarda yozuvchi badiiy-tasviriy vositalardan ilmiy asarlarda fikrlar dalillar bilan isohlanadi.Rasmiy hujjatlarda esa masalaning bayoni, maqolalarda bayon etiladi. Nutqning asosiy me’yorlari Nutqning to’g’riligi 2 me’yorga asoslanadi.So’zda urg’u va grammatik me’yor yetakchilik qiladi.O’zbek tilida urg’u asosiy hollarda so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi.So’zga qo’shimchalar qo’shilishi natijasida urg’uning o’rni ham o’zgaradi.Talaffuzda mana shi me’yorni saqlash lozim bo’ladi.Ba’zan urg’uning ko’chishi natijasida so’z ma’nosida ham o’zgarish bo’ladi.Urg’u orqaliginaso’zning qanday ma’no anglatayotgani aniqlanadi.Urgu 2 xil bo’ladi.So’z urg’usi so’z ma’nolarini farqlasa,mantiqiy ya’ni gap urg’usi gap tarkibidagi ma’lum bir so’zga tushib gapdagi qanday ma’no anglatayotganini o’sha urg’u tushgan so’z orqali aniqlab olamiz.Mantiqiy urg’u odatda kesimdan oldingi so’zga tushadi va ma’no farqlaydi.Masalan ,”Avtobusga ikki’ bolali ayol chiqdi”. “Avtobusga ikki bolali’ ayol chiqdi. Grammatik me’yorlarga rioya etish gap tuzish qoidalaridan to’g’ri foydalanish,gapning bosh bo’lakl;ari va ikkinchi darajali bo’laklarni to’g’ri joylashtirish ,shaxs va sonda ega va kesimning mos kelishi nazarda tutiladi. Nutqning aniqligi so’zning tildagi ma’nosiga muvofiq tarzda qo’llanishi ,so’zning voqelikdagi o’zi ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ sifatdir.Tavsiflanayotgan voqelikni yaxshi bilish, tildagi so’z ma’nolarini yetarli anglash, nutq mazmuniga e’tibor bilan qarash aniq nutq tuzish malakasining shakllanishi uchun imkon beradi.So’z ma’nosi ,uning nozikligini yaxshi o’zlashtirmasdan turib ,aniq nutq tuzib bo’lmaydi.Bunda so’zning qanday lesik ma’no anglatishini yaxshi bilish lozim.Aniq nutq tuzishda tildagi shakldosh, ma’nodosh, ko’p ma’noli so’zlar, paronimlar, so’zlarning uslubiy bo’yog’I kabilaridagi ma’no o’ziga xosliklarini yaxshi tasavvur etmoq lozim. Download 32.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling