Murakkablashgan sodda gaplar
Download 68 Kb.
|
murakkablashgan sodda gap
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyushiq bo`laklar, ularning qo`llanish usullari.
- Uyushiq bo`laklarining ma`no munosabatlari.
Murakkablashgan sodda gaplar Reja: Murakkablashgan soda gaplar atamasi va tushunchasi. Soda gaplarni murakkablashtiruvchi birliklar. Uyushiq bo`laklar, ularning qo`llanish usullari va ko`rinishlari. Uyushiq bo`laklari gaplarda umumlashtiruvchi so`zlar. Uyushiq bo`laklarda tinish belgilari. Sodda gapning tarkibidagi bo`laklar, undalmalar, kirish va kiritma qurilmalar, ajratilgan bo`laklar, undalmalar, sifatdosh, ravishdosh o`ramlar, harakat nomli tizimlar qatnashib, soda gapni ham shakliy, ham mazmuniy jihatdan murakkablashtiradi. Bunday gaplar murakkablashgan sodda gaplar deb ataladi. Prof. G.Abduraxmonov tomonidan ilmiy adabiyotlarga olib kirilgan murakkablashgan soda gaplar atamasi ostida gaplar bilan qo`shma gaplar oralig`idagi gaplar ekanligi ta`qiqlanadi.i Murakkablashgan gaplarning soda va qo`shma gaplardan farqli, o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat: Murakkablashgan gaplar orqali birgina maqsad ifodalanmay, murakkab fikr o`z ifodasini topadi. Murakkablashgan gapni tashkil etgan bo`laklar gapning umumiy mazmuni bilan izohlash munosabatida bo`ladi. Murakkablashgan gapga ikki xil predikativ birlik, hukm bo`ladi. Bu predikativ birlikning biri asosiy bo`lib, ikkinchisi to`liq bo`lmagan hukmdir. Asosiy hukm gapning umumiy mazmunidan anglashilsa, to`liq bo`lmagan hukm gapning uyushiq, ajratilgan bo`laklari, undalma va kirish bo`laklar orqali ifodalanadi. Murakkablashgan gapni tashkil bo`laklar asosiy gapning umumiy mazmuni munosabatga kirishadi. Murakkablashgan gapni tashkil qiluvchi bo`laklar o`ziga xos intonatsiya bilan talaffuz etiladi. Bu intonatsiya boshqa gap bo`laklari intonatsiyaga o`xshamaydi, ular gap bo`laklaridan pauza bilan ajralib turadi. Murakkablashgan gaplarda shakliy va mazmuniy murakkablashuv va munosabat mavjud. Mazmuniy munosabatda ob`ektiv, sub`ektiv, vokativ va modal munosabat o`z ifodasini topadi. Murakablashgan gaplar o`ziga xos sintaktik qurilmalardan iborat bo`lib, shuning uchun ular soda va qo`shma gaplardan farqlanadi. Uyushiq bo`laklar, ularning qo`llanish usullari. Gap tarkibida bir turdagi bo`laklar birdan ortiq xolda qator keladi. Bu turdagi bo`laklar gapning uyushiq bo`laklarini tashkil etadi. Bunday bo`laklar ishtirok etgan gap uyushiq bo`lakli gap sanaladi: G`ijjak, tanbur, chang, ud, nay, daf va x.k yangradi (Oybek). Uyushgan bo`laklar bir xil so`roqqa javob bo`lib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bog`lovchilar yoki sanash intonatsiyasi yordamida birikadilar. Uyushgan bo`laklar o`zaro tenglashish, boshqa gap bo`laklari bilan tobelanish asosida sintaktik aloqaga kirishadilar: Sen menga havodan, suvdan xam zarursan, sen mening quvonchimsan, fikrim va orzu-umidim, baxtimsan, Po`lat! (“Sharq yulduzi”). Bu gapda havodan, suvdan, quvonchimsan, fikrim va orzu-umidimsan, baxtimsan, tenglashish asosida, birinchi gruppa uyushgan bo`laklar esa sen bilan moslashuv yo`li bilan sintaktik aloqaga kirishgan. Uyushiq bo`lak komponentlari odatda bir xil grammatik shaklda bo`ladi va bir xil sintaktik vazifani bajaradi. Uyushiq bo`laklar biror morfologik format yoki ko`makchi bilan kelishi kerak bo`lsa, ular ba`zan xar bir komponentga alohida-alohida qo`shiladi: Odamlar qorga ham, bo`ronga ham ayni fidokorlik bilan ishlar edilar (Oybek). Aka bilan ukani bir-biridan judo qilasan (S.Ahmad). Uyushiq bo`laklar ifodalangan narsa predmet ifodalangan narsa-predmetlarga alohida diqqat qilganda, har bir komponenti grammatik formant oladi. Bunday vaqtda har bir komponent mantiqiy urg`uli bo`lib, kuchli ta`kid bilan aytiladi: Na otasini, na akasini taniydi (“Sharq yulduzi”). Grammatik shaklning bo`laklarining har biriga yoki faqat oxirgisi qo`shilish bog`lovchilarining turiga, ularning qo`llanish xususiyatiga ham bog`liqdir: Ibodullo ayvonga chiqqach, Bo`ronbek bilan O`tapning yo`lini tusdi (X.G`ulom). Grammatik shaklning uyushiq bo`lak komponentlarning faqat bittasiga yoki hammasiga alohida-alohida qo`shilishi nutqning logik-grammatik va stilistik xususiyatlari bilan belgilanadi. Xullas, bir xil sintaktik qiymatga ega bo`lgan va ular gapning boshqa bo`lagiga tegishli bo`lib, shu bo`lakka nisbatan birday sintaktik munosabatda bo`lgan birdan ortiq gap bo`laklari uyushiq bo`laklari sanaladi: Gapning uyushiq bo`laklarni turli xil atama bilan ataydilar.ii Ayrim atamalar olimlarning asarlarida “uyushiq bo`laklari gaplar”, “gapning uyushiq bo`laklari”, “murakkab gaplar”, “uyushiq kurilmalar” atamalari ishlatiladi. Hozirgi o`zbek tilida gap uyushiq bo`laklarining qo`llanishi tasodifiy bo`lmay, balki tarixan shakllangan sintaktik xodisalardir. U o`zining quyidagi xususiyatlari bilan harakatlanadi: Uyushiq bo`lak gapda bir xil sintaktik vazifani bajaradi. Uyushiq bo`lak komponentlari o`zaro teng bo`ladi va teng bog`lovchilar yordamida bog`lanadi. Uyushiq bo`lak o`zi uchun umumiy hisoblangan bo`lak bilan bir xil munosabatda bo`ladi. Uyushiq bo`laklar sanash intonatsiyasi orqali talaffuz qilinadi. Uyushiq bo`laklar, odatda, bir xil so`z turkumlaridan sanaladi. Uyushiq bo`laklarining ma`no munosabatlari. Uyushiq bo`laklar gapda o`zaro teng bog`lovchilar bilan, pauza va sinash intonatsiyasi bilan aloqaga kirishadi. O`zaro bir-biri bilan teng bog`langan uyushiq bo`laklar o`rtasida, asosan, quyidagi ma`no munosabatlari mavjud bo`ladi: Uyushiq bo`laklar o`rin, joy jihati bilan o`zaro munosabatda bo`lgan predmet yoki xodisalarni ko`rsatadi: U yerda jilg`alar, daryolar, o`tib bo`lmaydigan botqoqlar, kishi oyoq bosmagan changilzorlar bor. (A.Muxtor). Uyushiq bo`laklar payt jihatidan birlashgan voqea-xodisalarni, predmetlarni ifodalaydi: Kechasi soat bir yarimgacha o`tirdim, yotdim, uxladim (A.Qaxxor). Uyushiq bo`laklar butunning bo`laklarini ko`rsatadi: ertaga Respublikamizning viloyat, shaxar, tuman, qishloq va ovul kengashlariga saylovlar kuni (“Xalq so`zi”). Uyushiq bo`laklar umumiy jins tushunchani tashkil qiluvchi tur tushunchalarni atab keladilar: Pastlikda baxor gullari: lolalar, chuchmomalar, binafshalar qiyg`os ochilib yotardi (P.Tursun). Uyushiq bo`laklar bir predmet yoki xodisaning turli belgilarni ko`rsatib keladi. Bunda sinonim va antonim ham ubshib keladi: Qiz yosh, kamtarin va go`zal edi. Ota o`ta ko`ngilchan va xushfe`l odam edi. (“Sharq yulduzi”). Uyushiq bo`laklar so`zlovchining predmet va xodisalarga bo`lgan munosabatni ko`rsatuvchi emotsionallikka ham asoslanadi. Bunda mantiqiy jihatdan har xil bo`lgan tushuncha va tasavvurlarni bildiruvchi so`zlar ham uyushib kelishlari va bir xodisani gavdalantirishlari mumkin: Rasuljonning qo`shig`i hayotday shirin, muxabbatay kuchli edi (“Sharq yulduzi”). Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling